Mundarija: Kirish 1 bob. Odil Yoqubovning yangi o’zbek taraqqiyotidagi o’rni va Odil Yoqubov ijodiga pafos masalasi
Download 198 Kb.
|
Odil Yoqubovning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 BOB. Oq qushlar oppoq qushlar romanida pafos masalasi.
Badiiy adabiyotda inson his tuyg’ulari va kechinmalari tasviri (Odil Yoqubovning oq qushlar oppoq qushlar romani misolida) MUNDARIJA: Kirish 1 BOB. Odil Yoqubovning yangi o’zbek taraqqiyotidagi o’rni va Odil Yoqubov ijodiga pafos masalasi. 1.1. Odil Yoqubov o’zbek nasrining yirik namoyondasi. 1.2. Adabiyotshunoslikda pafos masalasi. 2 BOB. Oq qushlar oppoq qushlar romanida pafos masalasi. 2.1. Oq qushlar oppoq qushlar romanida davr muhiti va qahramon ruhiyati va kechinmalari talqini. 2.2. Adibning “Oq qushlar oppoq qushlar” asarida pafos masalasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi mustaqil O'zbekistonda ilm-fan, ta'lim-tarbiyaga katta e'tibor berilmoqda. Ta'bir joiz bo'lsa, mamlakatimizning dolzarb masalalaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Shunday ekan, ta'lim-tarbiyaga ahamiyat bermasdan turib, taraqqiyot haqida gapirishning o'ziyoq quruq safsatadan boshqa narsa bo'lmaydi. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ta'lim-tarbiyaga oid fikrlari ahamiyatga molik: “Ma'lumki, ota- bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan”. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda ulkan o'zgarish va tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda har bir shaxs buyuk o'tmishimizni yaxshi bilgan holda kelajagimiz ravnaqi uchun eltadigan eng oqilona yo'llardan borishi kerak. Adabiyot shunday kuchki, u orqali inson tarbiyalanadi, olis ko'ngillar yaqinlashadi, qalbimiz, aqlu shuurimiz tozalanib, poklanib boradi. Bizga ma'lumki, sharqda adabiyot - adab hisoblanadi . Qo'liga qalam olgan odam birovga bir ibrat beradigan, nur sochadigan, ko'ngliga nur beradigan bir narsa yozgisi keladi, yozmoq ham kerak deb o'ylaymiz. Ana shu niyat juda buyuk hisoblangan. Odil Yoqubov ijodida pafos masalasi borasida ketar ekan, ijodkorning badiiy mahoratiga oid muhim xulosalar chiqarish imkoniyati yuzaga keladi. Ayni o`'zbek adabiyoti, umuman, jahon adabiyoti tarixi kuzatilganda bir haqiqat ayon bo'ladi: yozuvchi - shoir asosan o'z dunyosini, o'z his-tuyg'ularini kitobxonga ma'naviy ozuqa - mulk sifatida taqdim etadi. O.Yoqubov romanlarining umrboqiylik asoslarini eng avvalo adib shaxsiyatidan, dunyoqarashini shakllantirgan zamindan, adabiyotdagi adabiy mavzularning maromiga yetkazib tasvirlashidan, so'zning ruhiyatiga ta'siridan va shu singari ko'zga ko'rinib - ko'rinmay turgan hamda hisga ta'sir etib- etmay turgan qator unsurlardan izlash kerak. Download 198 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling