Mundarija: kirish 1 I. Web texnologiyalarining imkoniyatlari 3
Web texnologiyalarni KHKlarida o’qitish jarayoni
Download 1.99 Mb.
|
Olimova Odina
1.2. Web texnologiyalarni KHKlarida o’qitish jarayoni.Ma’lumki oxirgi paytda jamiyatimizni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish sohasi O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining 2002 yil 30maydagi PF-3080 farmoni, Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 5-iyundagi qarori axborotlashtirish konsepsiyasi programmalash axborotlashtirish bo‘yicha davlat qonuni va boshqalar kiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimizni XXI asr arafasida rivojlanish strategiyasini oliy ustivor 6 ta yo‘nalishga bo‘lib, har biri to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi: «…..Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi». Axborot texnologiyalari bo‘yicha kompyuter texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi ekanligini alohida uqtirdilar. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida bu borada quyidagilarga e’tiborni qaratdi: yangi darsliklar, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida chiqishi va uni amalga oshirishni ta’minlash; yuqori malakali pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, ularni sifatini oshirish, islohot davrida, o‘rta maxsus kasbhunar ta’limi uchun 86 ta yangi muxandis-pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha 50 mingdan ortiq pedagog kadrlar lozimligini ta’kidladi. Shuni aytib o‘tish lozimki, respublikamiz milliy kadrlar tayyorlash dasturida axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan. Kompyuter texnologiyalari jadal suratlar bilan tez rivojlanayotgan fan yo‘nalishi bo‘lib, hozirda u qamrab olmagan biror sohani topish qiyin. Bularga Vazirlar Maxkamasini qarorlari va qator hujjatlari imzolandi. Bu hujjatlarda jamiyatimizning barcha sohalariga axborot va kompyuter texnologiyalarining keng ko‘lamda joriy qilish vazifasi qo‘yiladi ta’lim muassasalarinig zimmasiga esa axborot ta’lim resurslarining ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun joriy qilish vazifasi yuklanadi.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling