Internet tarmog’ida ishlash
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish extiyoji global kompyuter tarmoqlarni mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Dunyo miqyosida ilmiy va maorif maqsadlari, hamda biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkiol etilgan. Ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyati axborot tizimiga kirish imkonini beruvchi tarmoq bu – Internet dir. Internet foydalanuvchishga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanish kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan har bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlarning ko’pi bilan foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan Windows OT muhitida ishlaydi.
Grafik interfeysli dasturlar muhim hususiyatlara ega. Ular foydalanuvchiga barcha tizimli arxitektura bilan va har qanday kompyuter platformasida saqlanadigan ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
AQSH o’zining maxsus kompyuter tarmog’i loyihasini yaratdi. Bu tarmoq ARPAnet deb ataladi. Ushbu tarmoqning dastlabki foydalanuvchilari AQSH universitetlarining xarbiy ta’lim kafedralari bo’ldi. 1972 yilda ARPAnet kompyuter tarmog’i Angiliya bilan Norvegiya o’rtasiga (taxminan 200 km masofada) o’rtanildi. SHunday qilib, bu tarmoq xalqaro kompyuter tarmog’iga aylandi. Ushbu tarmoq foydalanuvchilari soni juda ko’payib ketdi. Ushbu tarmoq AQSH mudofaa vazirligi tomonidan takomillashtirildi va unga Internet project nomi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |