Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi


-modda. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari


Download 433.32 Kb.
bet10/16
Sana16.06.2023
Hajmi433.32 Kb.
#1499056
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
davlat soligi

6-modda. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi;
(6-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) soliq to‘lovchilarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi;
3) soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar, hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibiga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ta’minlashi;
4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlarini ma’lum qilishi, shuningdek tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
5) soliq to‘lovchilarga o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari to‘g‘risida ma’lum qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
6) soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini o‘z vaqtida yetkazishi;
(6-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini yig‘ishi, tahlil etishi va baholashi hamda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga yo‘l ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritishi;
(6-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
9) soliqlar to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlar va boshqa axborotni tekshirishi;
(6-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10) davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga meros huquqi bo‘yicha o‘tgan xazinalar va mol-mulkning hisobini yuritishi, ularni baholashi hamda ularning o‘tkazilishini nazorat etishi;
11) davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi yuzasidan nazorat olib borishi, shuningdek davlat organlariga tekin o‘tkazilgan mol-mulk hisobini olib borishi;
Oldingi tahrirga qarang.
12) masalani hal etish davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda, qonunchilik buzilganligi faktlariga doir materiallarni prokuratura, ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati organlariga va sudlarga topshirishi;
(6-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13) valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga soliq to‘lovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
14) soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonunchilikka muvofiq sir tutilishiga rioya etishi;
(6-modda birinchi qismining 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15) o‘z bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
16) soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlarining ijro etilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishi;
Oldingi tahrirga qarang.
17) soliq to‘lovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish yuborishi;
(6-modda birinchi qismining 17-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18) ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga soliq to‘lovchining arizasisiz mustaqil ravishda hisobga olishi hamda bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida soliq to‘lovchini yozma shaklda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor etishi;
(6-modda birinchi qismining 18-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19) qonunchilikka muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi;
(6-modda birinchi qismining 19-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20) undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaga qaratishi;
21) yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobga qo‘yishi, shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalariga ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lovchilari sifatida (tegishli davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovchilari bo‘lgan subyektlar uchun) hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berishi hamda bu raqamni statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qilishi;
22) davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq to‘lovchilar aniqlangan taqdirda, ularga belgilangan tartibda hisobga turish to‘g‘risida talabnoma taqdim etishi;
23) jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, mazkur soliq to‘lovchiga taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi;
24) soliq to‘lovchining talabi bo‘yicha mazkur soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani, shu jumladan o‘zgarishlar kiritilgan hisob ma’lumotlari ham ko‘rsatilgan holdagi ma’lumotnomani berishi;
25) shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilishda soliq to‘lovchining talabiga binoan soliq hisobotining ko‘chirma nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yishi, soliq hisoboti telekommunikatsiya tarmoqlari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda esa, soliq to‘lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborishi;
Oldingi tahrirga qarang.
26) soliq to‘lovchilarni hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari to‘g‘risidagi axborotni kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga muvofiq 26-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27) soliq qarzi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qo‘yilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) to‘g‘risida axborot olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida merosxo‘rga (merosxo‘rlarga) soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart.
(6-moddaning birinchi qismi 26-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga muvofiq yigirma yettinchi band bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘ladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 433.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling