Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi
-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari
Download 433.32 Kb.
|
davlat soligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-modda. Uchastka soliq inspektori
8-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari
Oldingi tahrirga qarang. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida davlat hokimiyati vakili hisoblanadilar. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining soliq haqidagi qonunchilikka rioya qilish xususidagi talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart. Hech kim davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishlariga to‘sqinlik qilinish, ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning sha’ni va qadr-qimmatini haqoratlash, ularga qarshilik ko‘rsatish, tahdid qilish, zo‘ravonlik qilish yoki ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. (8-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi. 9-modda. Uchastka soliq inspektori Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar bo‘yicha belgilanadi. (9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda) Oldingi tahrirga qarang. Uchastka soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashlarini nazorat qiladilar. (9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 408-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 433.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling