Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi


-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarini ijtimoiy himoyalash, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini muhofaza qilish


Download 433.32 Kb.
bet15/16
Sana16.06.2023
Hajmi433.32 Kb.
#1499056
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
davlat soligi

14-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarini ijtimoiy himoyalash, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini muhofaza qilish
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy davlat sug‘urtalanishi lozim.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 631-sonli “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdori to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari o‘z xizmat faoliyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq holda halok bo‘lsa, ularga tan jarohati yetkazilsa, tegishli ravishda, halok bo‘lgan shaxsning oilasiga yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 194-moddasi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsi o‘z xizmat faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablag‘laridan qoplanadi va bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti
(15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi — mansab maoshi, maxsus unvon, ko‘p yil xizmat qilganligi uchun to‘lanadigan ustama haqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda to‘lanadigan boshqa qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi.
Maxsus unvon berilgan shaxslar belgilangan normalar bo‘yicha bepul maxsus formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarida maxsus fond tashkil etilishi mumkin, uni hosil qilish tartibi qonunchilikda belgilab qo‘yiladi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’tillar beriladi. Davlat soliq xizmati organlarining o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga davomiyligi besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga esa davomiyligi o‘n kalendar kun bo‘lgan qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’tillar beriladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 433.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling