Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi


Download 433.32 Kb.
bet9/16
Sana16.06.2023
Hajmi433.32 Kb.
#1499056
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
davlat soligi

Oldingi tahrirga qarang.
81) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turish;
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan 81-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82) soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror vujudga kelguniga qadar banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilgan shart-sharoitlarni o‘z ichiga olishi kerak.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 82-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilangan tartibda:
(5-modda birinchi qismi 9-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliqlarga oid huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo‘llaniladi, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno;
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 168, 218-moddalari.
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 264-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
10) soliqlarga oid huquqbuzarliklarning aniqlangan faktlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
(5-modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11) soliq to‘lovchilarning g‘ayriqonuniy ravishda olgan mablag‘larini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’volar qo‘zg‘atish;
12) soliq to‘lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risida talabnoma yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
13) soliq to‘lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan ariza bermagan taqdirda, soliqlarning ortiqcha to‘langan summalarini boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha soliq qarzini, penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
(5-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
14) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda, agar hujjatlar chet tilida tuzilgan bo‘lsa, ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab qilish;
15) taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘liq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-256-sonli Qonuniga muvofiq 16-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish, ular bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atish, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish.
(5-moddaning birinchi qismi 17-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham egadirlar.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga, 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar faqat davlat soliq xizmati organlari boshliqlariga va ularning o‘rinbosarlariga, 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa davlat soliq xizmati organlarining qonunchilikda vakolat berilgan bo‘linmalari mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda beriladi.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, ma’lumot va boshqa tashkilotlarining soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni berish yuzasidan ko‘rsatadigan xizmatlari (bajaradigan ishlari) uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi.

Download 433.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling