Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi


-modda. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi


Download 433.32 Kb.
bet11/16
Sana16.06.2023
Hajmi433.32 Kb.
#1499056
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
davlat soligi

7-modda. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga ko‘maklashishlari shart.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘yicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida banklar:
(7-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1) xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi mijozlardan belgilangan muddatda to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga doir, shuningdek hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘lari o‘tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda bajaradilar;
(7-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
4) soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‘tkazadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi beshinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6) soliq to‘lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha to‘xtatib qo‘yadi. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(7-modda to‘rtinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-242-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 557-modda)
7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga:
yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadilar;
(7-modda to‘rtinchi qismi 7-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra ularga so‘ralayotgan davr mobaynida soliq to‘lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablag‘larining bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir ma’lumotlarni va qonunchilikda belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
(7-modda to‘rtinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2467, 12.06.2013-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalari o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e’tiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan o‘ninchi band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organlariga boshqa axborotni ham taqdim etadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni asosida 11-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar soliq to‘lovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o‘tkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi.
Bank aybi bilan soliq to‘lovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni o‘tkazish haqidagi topshirig‘i bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun o‘tkazilmagan soliqlar summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
(7-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)

Download 433.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling