Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi


-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish


Download 433.32 Kb.
bet14/16
Sana16.06.2023
Hajmi433.32 Kb.
#1499056
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
davlat soligi

12-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladilar:
(13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi uchun;
o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi uchun;
(13-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
boshqa huquqbuzarliklari uchun.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chog‘idagi g‘ayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15 va 990-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq organlari xodimlarining o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilab qo‘yilgan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181—184-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVI1 bobi (“Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik”), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII1 bobi (“Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar”) va 205—214-moddalari.

Download 433.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling