Mundarija Kirish 1 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tarixi


-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash


Download 433.32 Kb.
bet13/16
Sana16.06.2023
Hajmi433.32 Kb.
#1499056
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
davlat soligi

10-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bo‘limlarining boshliqlari, davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari davlat soliq xizmati tegishli organining rahbari tomonidan tayinlanadi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
11-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlari
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali inspektori;
soliq xizmatining II darajali inspektori;
soliq xizmatining III darajali inspektori;
soliq xizmatining inspektori.
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida nizom”ning V bobi.

Download 433.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling