Mundarija Kirish 3


Mavzu: Neft-gaz va kondensatning xalq xo'jaligidagi ahamiyati


Download 1.2 Mb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1536744
1   2   3   4   5   6   7   8

Mavzu: Neft-gaz va kondensatning xalq xo'jaligidagi ahamiyati


Nafaqat yurtimizda balki butun yer yuzida yoqilg'i energetik balansi, neft-gaz va kondensati yuqori o'rinda turadi. Sanoatning tez o'sishi tufayli neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj borgan sari ortib borayapti. Sintetik kauchuk, tola, sirt aktiv moddalari, yuvish vositalari, bo'yoq va boshqalar ishlab chiqarish ko'paymoqda.


Shu maqsadlarda dunyo miqyosida olinayotgan neftning 8 % sarflanayotganligi
ma'lum. Neft kimyosi va asosiy organik sintez texnologiyasida bu xomashyolardan ishlab chiqarilayotgan yuzlab mahsulotlar xalq xo'jaligida keng ishlatilmoqda.
Respublikamiz korxonalarida ushbu mahsulotlardan olinayotgan polietilen va polipropilen plyonkalari, o'g'itlar, turli kimyoviy preparatlar qishloq xo'jaligida asqotyapti. Neftdan olinayotgan moylar (mineral moylar), erituvchilar (nefraslar), smolalar va boshqalar yiliga millionlab tonna miqdorda ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda asfaltlar (asfaltenlar), bitum va boshqa qoldiq neft mahsulotlari yo'l qurilishida, fundamentni mustahkamlashda, mastika, plastifikator, antioksidant va antiseptik ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bundan shu ayon bo'ladiki, neft-gaz va kondensatlardan xalq xo'jaligining deyarli barcha sohalarida keng va unumli foydalanib, texnikaning asosiy xomashyolari hamda ajralmas komponentlari sifatida ishlatilmoqda. Yer qa'rida, asosan, qora rangli yog'simon suyuqlik bo'lgan neft uchraydi. U yonuvchi minerallardan hisoblanib, quyosh nurida tovlanadi, soviiqda qota boshlaydi, isitilganda birmuncha suyulib, harakatchan bo'lib qoladi.

Qovushqoqligi keng ko'lamda o'zgarib, o'rtacha olganda 5 dan 100 sst (10"6 m 2


/sek) gacha boradi, zichligi suvnikidan biroz pastda bo'ladi. Neft bir jinsli suyuqlik bo'lmay, tarkibida turli molekula og'irligiga ega uglevodorodlar aralashmasini saqlaydi. Tarkibi ham bar xil bo'lib, oltingugurtli, kislorodli, azotli va smolasimon moddalarni o'z ichiga oladi. Neft haydalganda 40—50°C atrofida qaynaydi.
Haydalgandan keyin qoluvchi qoldiq modda gudron nomi bilan ma'lum bo'lib, yarim qattiq massadir. Neft yondirilganda, deyarli kul hosil qilmaydi, uning issiqlik

sig'imi 4,2~10
𝐽



𝑘𝑔
atrofida bo'lib, qattiq holdagi yonuvchi moddalarnikidan

birmuncha yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling