Mundarija Kirish 3
Neft tarkibidagi suv miqdorini o‘lchash
Download 1.2 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
Neft tarkibidagi suv miqdorini o‘lchash.Yaqin - yaqingacha neft tarkibidagi suv miqdorini aniqlash uchun Dina – Stark apparatidan foydalanilgan. Bunda 100 gr suvlangan neftni 100 sm3 erituvchi bilan aralashtirib kolbaga quyamiz va qizitamiz. Erituvchi bug‘lanib, o‘zi bilan birgalikda neft tarkibidagi suvni olib ketadi. Suv u va erituvchining bug‘laridan so‘ng, qolgan suv qopqon-qabul qilgichda yig‘iladi. Bu yerda yig‘ilgan suv miqdori bo‘yicha uning neftdagi protsent miqdorini aniqlash mumkin. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi: 𝑊 = 100 ∙ 𝑉 𝐺 bu yerda: V - qopqon – qabul qilgichdagi suvning hajmi, ml; G – olingan namunani hajmi, ml; Boshqa davlatlarda neftning suvlanganligini aniqlashning suyuqlikni elektr o‘tkazuvchanligiga asoslangan usuli keng tarqalgan. Bizga ma’lumki, suvsiz neft yaxshi dielektrik hisoblanadi va uning elektr o‘tkazuvchanligi - 2,1-2,5 ga teng. U holda minerallashgan suvning dielektrik o‘tkazuvchanligi 80 gacha yetishi mumkin. Neft va suvning dielektrik o‘tkazuvchanligi orasidagi bunday katta farq yuqori sezuvchanlikka ega vlagomer yaratishga imkon berdi. Bunday vlagomerning ishlash prinsipi kondensator idishi sig‘imini o‘lchashdan iborat. Kondensator idishi tekshiriladigan suyuqlikka tushirilgan ikkita elektroddan tashkil topgan. Kondensator sig‘imi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 𝐹 ∙ 𝜀 𝐶 = 𝐿 bu yerda, F kondensator yuzasi; dielektrik o‘tkazuvchanlik; L elektrodlar orasidagi masofa. Agar F va L o‘zgarmas bo‘lsa, u holda kondensat sig‘imi С neftdagi suvni miqdorini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. XULOSAGaz va neft olishni usullarini kopaytirish usulari bilan neft va gaz beruvchanlikni oshirishga erishmoq mumkin boladi. Uyum qatlamning tabiiy ish tarzi bo’yicha ishlatiladigan erishiladigan neft beruvchanlikni adabiyotlarda aksariyat birlamchi neft beruvchanlik deb ataladi. Uyimning ishlatish jarayonida unga dastlabgi vaqtlardan suv haydash usuli qo’lanilsa va shu tariqa uyum ishlatilishi oxiriga chiqilib borilsa bu hollarda erishilgan neft beruvchanlik birlamchi va ikkilamchi usullar bilan erishilgan deb hisoblanadi. Agar qatlamda suv haydash qazib chiqarish jarayonining boshlag’ich erishilgan neft beruvchanlikni birlamchi, suv haydash jarayoni boshlangandan keyingisi ikkilamchi neft va gaz beruvchanlik deb hisoblanadi. Bu ishlardan ko’zlangan asosiy maqsad neft va gaz qazib olish jarayonini tubdan yangilash va yangi islohatlarni qo’shishga olib kelinadi. Demak ko’rinadiki yoshlar va olim shu gaz va neft soxasidagi tadqiqotlarni ko’paytirib ko’proq ustida ishlash kerakligi ko’zda tutiladi. Uyumni ishlatish jarayonida aksariyat quduqlar mahsulotni oshirish uchun qilingan har bir muolajaa malum miqdorda neft beruvchanlik oshiriladi. Bu ishlar qatlam (uyum) bo’yicha bir guruh quduqlarda galma-galdan amalga oshirilib, neft chiqarish ishlariga ko’mak beradi, quduqlar deb demak neft beruvchanlikni oshiradi. Bu usullar adabiyotlarda aksariyat neft beruvchanlikini oshirishning uchlamchi usullari deb nomlangandir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling