Mundarija Kirish 3
Mavzu: Neftni ishlatish ob’ektida quduqlarning joylashishi
Download 1.2 Mb.
|
Mavzu: Neftni ishlatish ob’ektida quduqlarning joylashishiQuduqlar to’g’ri deb qazib chiqariladigan ob’ektda qazilgan oluvchi va haydovchi quduqlar majmuasining joylashishiga aytiladi. Ob’ektni oqilona qazib chiqarishda joriy qilinadigan quduqlar to’g’rining ahamiyati kattadir, chunki qilinadigan sarfning eng katta qismi quduqlar qazish maqsadga muvofiq emas. Shu bilan birga quduqlar soni olinishi lozim bog’langan miqdorni ta’minlash kerak, demak eng muvofiq to’g’riligini qazish kerak bo’ladi. Har bir ob’ekt o’ziga xoslikka ega bo’lgani uchun, o’ziga alohida quduqlar to’ri bilan burg’ulanadi. Razvedka ma’lumotlariga qaraganda aksariyat ob’ekt o’rtacha ma’lumotlar asosida ishlaydi, uning geologik tuzilishidagi ba’zi o’zgaruvchanliklar noma’lum bo’lib qoladi. Shu vajdan ob’ektlarni burg’ulash jarayonini ikki bosqichda amalga oshirgan maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda razvedka ma’lumotlariga asoslangan holda bir xil oraliqdagi quduqlar to’g’rini burg’ulash ta’qozo etiladi. Bunda o’sha ob’ektni qazib chiqarish loyihasining birinchi bosqichidaga qabul qilingan shartlar bo’yicha ish olib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa qo’shimcha quduqlar asosiy fondning 20-50% va undan ortiq miqdorida qaziladi. Bu ishlar rezerv fond hisobiga amalga oshiriladi. Albatta bu fond ko’lami konning o’rganilish va tuzilishining murakkabligi darajasiga bog’liq. Asosiy fond quduqlari qazib va o’rganib bo’lingach ulardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida asosiy fond quduqlari ta’sir o’tkazmaydigan bir chekka hamda murakkab tuzilishga ega bo’lgan maydonlarga qaziluvchi rezerv fondi quduqlarining joylashadigan joylari belgilanadi. Chegaralarning surilish darajasiga qarab qatlamga ta’sir qilishning har hil usullarini qo’llagan chog’larda ob’ekt markazida ham rezerv quduqlarning bir qismi qaziladi. Bunday ish suv bosganligi tufayli ishdan to’xtatilgan quduqlarning o’rnini bosish vazifasini ham bajaradi. Asosiy va rezerv fondi quduqlarining hammasi qazib bo’linganda ob’ektga qazilgan quduqlarning joylashish holati notekis bo’lganligi ko’zga tashlanadi, chunki quduqlar geologik tuzilish va qatlamning notekisligi ta’sirini yo’qotish maqsadida shunday qilinadi. Asosiy fond quduqlarining joylashish holatiga qarab tekis va o’zgaruvchan tekis ko’rinishlarga egadirlar. Quduqlar tekis joylashtirilganda ular orasidagi masofa bir xil bo’ladi. Bunday to’g’ri quduqlar qazish juda past ko’rsatkichli o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan va notekis geologik-fizik xossali qatlamlarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari suv-neftli zonasi juda katta bo’lgan yoki suvda suzib yuruvchi uyumlarda ham, tekis to’r bilan quduq qazishnadi, yana maydonli suv haydash hamda tanlangan suv haydash va bo’lakli suv haydash usullarida ham quduqlar bir tekis joylashtirilishi lozim. Bo’laklarga bo’lingan suv haydash usulida haydovchi quduqlar va oluvchi quduqlar qatorlari aslida yonma-yon joylashtiriladi. Bunday holat kam mahsuldor ob’ektlarni ishlatish jarayonida yangi usullar qo’llanganda ham amalga oshiriladi. Bir tekis qazilgan to’r bilan qatlamdan olinadigan mahsulot miqdorini hamda qazib chiqarish jarayonini boshqarish oson, lozim bo’lganda qayerga qo’shimcha quduqlar qazish masalasini hal qilish yoki qaysi bir quduqlarni haydovchi quduqlarga aylantirish zarurati ham osonlikcha hal qilinadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling