Mundarija kirish adabiyotlar sharxi


Download 266.95 Kb.
bet13/21
Sana23.04.2023
Hajmi266.95 Kb.
#1383076
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
XROMATOGRAFIYASI 
Ma'lumki, alkilfruktozidlar fruktoza va spirtlarni qo'shilishidan hosil bo'luvchi efir moddalardir. Fermentativ usulda alkilfruktozidlar invertaza fermenti suv-organik muhitda dastlab saxarozani glyukoza va fruktozaga parchalab, mahsulot hisoblangan fruktozani sivush spirtlariga fermentative bog'lashi natijasida hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan alkilfruktozidlarni yupqa qavatli xromatografiya usulida osongina aniqlash mumkin. Kerakli asbob-uskunalar va reaktivlar: etil spirti, saxaroza eritmasi, silufol plastinkalari, ferment preparati, butanol, sirka kislota, mochevinani spirtdagi eritmasi, xlorid kislota, termostat, probirkalar, xromatografik kamera, oynali tomizgichlar. 

Ishni bajarilishi. Alkilfruktozidlarning yupqa qavatli xromatografiyasi Oparin [Oparin A.I., 1955] usuli bo'yicha olib boriladi. Unda eritma 10-15 % saxaroza va 25-40 % etil spirtdan tayyorlanib ikkiga bo'linadi. Birinchi (namuna) portsiyaga fermentning 1-2 ml eritmasi (0,4 mg/ml), boshqasiga (solishtirma) - qaynatilib inaktivatsiyaga uchratilgan fermentning xuddi shu miqdorida qo'shiladi. Inkubatsiyalash tugatilgach, namuna va solishtirma eritmalaridan olingan namuna silufol (Silufol UV, Chexoslovakiya) plastinkalarga 20-25 marotabagacha tomiziladi. Fermentni erituvchisi sifatida butanol, sirka kislota va suv (5:4:1) eritmasi qo'llaniladi. Tajriba natijasida hosil bo'lishi kutilayotgan alkilfruktozidlar, fruktoza va saxaroza yaxshiroq fraktsiyalarga ajrashi uchun erituvchi silufol plastinkasidan ikki marta o'tkazilishi maqsadga muvofiq. Fruktozidlar rangli "dog'larini" aniqlash uchun mochevinani spirtdagi eritmasi va xlorid kislota qo'llaniladi (5 g mochevina, 20 ml 2 N HCl, 100 ml etil spirti). Plastinkalar xromatografiyadan so'ng ushbu eritma bilan ishlov berib, 5 daqiqa 105oC termostatda qizdiriladi. Xromatogrammada alkilfruktozidlarga tegishli jigarang dog'lar paydo bo'ladi. [Kovaleva T.A., 2001]. 
6-rasm. Alkilfruktozidlarni xromatogrammada ko'rinishi 
3. ASOSIY QISM 

Download 266.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling