Mundarija kirish adabiyotlar sharxi


Tadqiqot ob'ekti va predmeti


Download 266.95 Kb.
bet2/21
Sana23.04.2023
Hajmi266.95 Kb.
#1383076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Tadqiqot ob'ekti va predmeti: bitiruv malakaviy ishida tadqiqot ob`ekti sifatida vilolyatda yetishtirib kelinayotgan topinambur o'simligi va fermentatsiya jarayonida ishtirok etuvchi produtsentlar olingaн bo’lsa, predmeti sifatida ishda keltirilgan biotexnologik uslublar va texnologiyalar majmuilari olingan. 
Ilmiy yangiligi: mazkur tadqiqot ishida topinambur asosida turli polisaxaridlarni biotexnologik usullar bilan ajratib olish va ularni oziq-ovqat va tibbiyot maqsadlari uchun qo'llashga tavsiya etish kabi masalalar ishning ilmiy yangiligini tashkil qiladi.
BMI ning ilmiy va amaliy ahamiyati. Biotexnologik usullar yordamida olingan polisaxaridlar kichik tsexlardа yoki tadbirkorlar tomonidan kam kaloriyali ichimliklar yoki djemlar ishlab chiqishda hamda tibbiyot maqsadlarida turli moddalar almashinuvi kasalliklarini oldini olishda va da`volashdaqo'llanilishi mumkin.Tadqiqot asosida olingan natijalar ilmiy-tadqiqotlar uchun uslubiy ko’rsatma sifatida ham tavsiya etiladi.
BMI ning tarkibiy tuzilishi mazkur bitiruv malakaviy ishi 3 ta bob, 6 ta bo'lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan bo'lib, ish komp'yuterda sahifalangan 62 sahifadan iborat. I. ADABIYOTLAR SHARXI 
1.1.TOPINAMBUR (HELIANTUS TUBEROSUS L.) O'SIMLIGI 
BIOLOGIYASI 
Topinambur (Helianthus tuberosus) murakkabguldoshlar (Asteraclae) oilasiga mansub bo'lib, ko'p yillik tuganakli o'simlik hisoblanadi. Bo'yi 1,5-2 metrga etadigan o'simlik. Poyasi serbarg, g'adir-budur tukli, yuqoriga qarab shoxlagan. Barglari yirik, sertuk, uzun bandli, barg plastinkasi tuxumsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, poyasi qarama-qarshi joylashgan. Gullari savatchaga to'plangan bo'lib, yakka-yakka joylashgan. Savatchaning o'rtasida naychasimon chetlarida soxta tilsimon gullar joylashgan.Gullarning rangi tiniq to'q sariq rangda bo'ladi. Bu o'simlik urug' bermaydi. Iyul-avgust oylarida gullaydi [Otaboeva X. 2001]. 
1-rasm. Topinambur o'simligini tashqi ko'rinishi 

Download 266.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling