Mundarija kirish; Art terapiya tushunchasi va mohiyati
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Art terapiya kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
Prinzxorn toʻplami. Jan Dyubuffening begonalar sanʻatiga
qiziqishini uygʻotgan monografiyalardan biri nemis Xans Prinjornning “Ruhiy kasallarning badiiy asari” edi. U 1922-yilda nashr etilgan va oʻsha vaqtga qadar Prinzxorn Xendelberg universiteti psixiatriya klinikasining 400 dan ortiq bemorlari tomonidan yaratilgan 5000 dan ortiq rasmlar, kollajlar, haykallar, eskizlar va qo`lyozmalarning taʻsirchan asarlarni toʻplashga muvaffaq bo`ldi. Prinzxorn vafotidan keyin kolleksiya oʻsishda davom etdi: Polsha, Fransiya, Avstriya, Italiya va Yaponiyadan ruhiy kasal rassomlarning asarlari kelib qoʻshildi. Eng qadimiy eksponatlar 1880- yillarga tegishli. Koʻplab asarlar yirik xalqaro koʻrgazmalarda qatnashgan. Biroq muzeyning oʻzi Xeidelbergda faqat 2001-yilda ochilgan. Nazorat savollari. 1. Art terapiya qoʻllanuvchi muzeylarni sanang? 56 2. Art terapiya qanday hollarda qo`llaniladi? 3. Muzeylar faoliyatida ertakterapiyani qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlarini sanang. 4. Art terapiya metodlarini izohlang. 5. Rus muzeyi faoliyatiga toʻxtaling. 6. Ruhiy kasallar asarlari saqlanadigan muzey faoliyatini yoriting. 7. Intutitni paydo boʻlish tarixini soʻzlab bering. 8. Art terapiya dasturlarini izohlang. II BOB. ERTAKTERAPIYANING KICHIK VA KATTA YOSHDAGI TASHRIFCHILAR BILAN ISHLASHDA QOʻLLASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Tayanch tushunchalar: ertakterapiya, qoʻgʻirchoq terapiya, dramaterapiya, psixoterapiya, psixokorrektsiya, didaktik ertak. Psixoterapiya usuli sifatida ertakterapiya ming yillar davomida insoniyatga maʻlum boʻlib, soʻnggi paytlarda zamonaviy psixoterapiya kursi sifatida paydo boʻldi. Agar siz axborot manbalarida ertakterapiyaning taʻrifini topishga harakat qilsangiz, maʻlum qiyinchiliklarga duch kelasiz. Buning sababi turli kontekstlarda bu atama boshqacha ishlatiladi. Ertakterapiya taʻlim- tarbiya, ishlab chiqish, mashgʻulotlarda va psixoterapiya vositasi sifatida qo`llaniladi. Ularni bir-biridan ajratishga harakat qilish mumkin: 1. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling