Mavzuning o`rganilganlik darajasi. O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Yalpiznamolar qabilasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasiga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Yalpiznamolar qabilasiga umumiy tavsif;
─Yalpiznamolar qabilasining zamonaviy holatini o`rganish;
─Yalpiznamolar qabilasining turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;
taksonomik tahlil;
hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;
xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;
Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasi vakillari;
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Yalpiznamolar qabilasi ayrim vakillarining morfologiyasi, bioekologik xususiyatlari va ahamiyati ilmiy adabiyot manbalari asosida o`rganildi:
O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklarining 69 tur, 26 turkumdan iborat bo‘lgan zamonaviy konspekti tuzildi;
dala tadqiqotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish orqali Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari taksonomik tarkibi va alohida
turlarning tarqalishi haqidagi ma’lumotlar aniqlandi va to‘ldirildi;
- O`zbekiston florasidagi Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari hayotiy shaklining turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbatlari o‘rganildi;
Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklarining endemizm
ko‘rsatkichi aniqlandi, ular Lamiaceae oilasining 29% dan ko‘prog‘ini tashkil qilishi aniqlandi;
Natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalar Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o‘simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va uni saqlash tizimini ishlab chiqish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, u kamyob va yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simlik turlarining davlat kadastrini tuzish uchun, yovvoyi dorivor o`simliklarni madaniylashtirishga doir o‘tkaziladigan izlanishlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |