Mundarija kirish asosiy qisim II bob. O`Zbekistonda tarqalgan yalpiznamolar qabilasiga mansub yalpizdoshlar –lamiaceae L. Oilasi o‘simliklarining sistematik tarkibi


-rasm. Ziziphora 2-rasm.Z. tenuior L. pedicellata Pazij


Download 0.57 Mb.
bet8/10
Sana23.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1113972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
aziza kurs ishi

1-rasm. Ziziphora 2-rasm.Z. tenuior L. pedicellata Pazij

3-rasm. Prunella vulgaris L 4-rasm. Origanum tytthanthum Gontsch.


XULOSALAR
Men bu kurs ishini yozib shuni xulosa qildimki, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ilmiy tibbiyotda va halq tabobatida 120 mingdan ortiq o‘simliklar turlari ishlatiladi. Jumladan O‘zbekiston florasida 1000 dan ortiq turlarning dori–darmonlik xususiyatlariga ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bor ekan.Yalpizdoshlar – Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarini o`rganish boyicha tadqiqot ishi birinchi marotaba qilindi.
Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarining 26 turkum va 69 turdan iborat ekanligi aniqlandi.Turkumlar bo‘yicha turlar bir hil tarqalmagan. Turlarning ko‘pligi jihatidan Phlomoides Moench. turkumi vakillari (45) ajralib turadi. Ikkinchi o`rinda Scutellaria L. (38), uchinchi o`rinda esa Salvia L. turkumi (21) turlari ko`p tarqalishi jihatidan yetakchi o`rinlarda turadi. O`zbekistonda tarqalgan Lamiaceae -Yalpizdoshlar oilasiga mansub turkum va turlar tahlil qilinganda Phlomoides Moench. turkumining 45 turi oilaga mansub turlarning 19 %, Scutellaria L. 38 turi 16%, Salvia L. 21 turi 8,9 %, Nepeta L. 19 turi 8%, Lagochilus Bunge ex Benth. 18 turi 7,5 %, Dracocephalum L. 16 turi 6,7%, Phlomis L. 15 turi 6,3%, Ziziphora L. 8turi 3,3 %, Lophanthus Adans. 6 turi 2,5 %, Otostegia Benth. 5 turi 2,1 %, Leonurus L., Stachys L., Perovskia Kar., Thymus L.turkumlarining 4 tadan turlari 1,7 % dan 6,8% ni, Mentha L. 3 turi 1,3%, Lycopus L., Hypogomphia Bunge, Lamium L., Stachyopsis Popov et Vved. turkumlari 2 tadan turga ega bo`lib 0,8 % dan 3,2% ni, qolgan 20 ta turkum faqat 1 tadan turga ega bo`lib 0,4 % dan 8% ni tashkil qildi.
Lamiaceae oilasining O`zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritilgan 30 tur o`simligidan Farg`ona vodiysi florasida faqat 1 turi ya‘ni, Salvia margaritae Botsch. uchraydi xolos.

Yalpizdoshlar oilasiga mansub 238 turdan 144 ta ko`p yillik o`t, 73 ta chala buta, 20 ta bir yillik, faqat 1 ta ikki yillik hayotiy shaklga ekanligi, oilada fanerofitlar uchramasligi aniqlandi. O‘simliklar hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo‘yicha fanerofitlar (ya’ni daraxtlar) yo`q, xamefitlar 73 tur (30,6%), gemikriptofitlar 145 tur (61%), kriptofitlar uchramaydi, terofitlarga 20 tur (8,4%) o`simliklar mansubligi aniqlandi. Lamiaceae oilasi turlarining xalq xo`jaligida foydalanilishi va ishlatilishi bo`yicha tahlil qilinganda quyidagilar ma`lum bo`ldi, 238 turdan eng ko`p 143 tur asal-shirali 60%, 69 ta dorivor 29%, 100 ta efir moyli 42%, 27 ta dekorativ, ya`ni manzarali 11,3%, 19 ta oziq-ovqat 8% ni tashkil qildi. Oilaga mansub 74 tur o`simlikdan esa hozircha foydalanilmasligi ma`lum bo`ldi. Lamiaceae oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`lib yetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi.


Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklarning taksonomik tarkibi aniqlanib keng tarqalgan turlarining konspekti tuzildi.
Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simlik turlari taksonomik, geografik va fitotsenologik tahlil qilindi. Ularning turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbati aniqlandi.


TAVSIYALAR

Qoraqalpoq hududlarida madaniylashtirish va kelajakda atroflicha o‘rganish uchun yalpizdoshlar oilasining Salvia, Nepeta, Leonurus, Ziziphora, Thymus, Origanum kabi istiqbolli dorivor o‘simliklarini tavsiya qilish mumkin.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling