Lamiaceae oilasi turlarining hayotiy shakllari (Raunkiyer bo`yicha)
O‘simliklar hayotiy shakllari Raunkiyer sistemasi ancha sodda va oson bo‘lib, u 5 ta tipdan iborat. O‘simliklar hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo‘yicha quyidagicha joylashtirish mumkin: fanerofitlar (ya’ni daraxtlar) yo`q, xamefitlar bo‘yicha barcha yarimbuta, chalabuta va butalar bitta katta guruhga (chalabuta) bo‘linadi, ya`ni ular 73 turdan (30,6%) iborat. Eng ko‘p turlar ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar tipiga to`g`ri keldi (gemikriptofitlar 145 turdan iborat (61%). Kriptofitlar uchramaydi, terofitlarga 20 tur (8,4 %) o`simliklar mansubligi aniqlandi.Lamiaceae oilasi turlarining xalq xo`jaligida foydalanilishi va ishlatilishi bo`yicha tahlil qilinganda quyidagilar ma`lum bo`ldi, 238 turdan eng ko`p 143 tur asal-shirali 60%, 69 ta dorivor 29%, 100 ta efir moyli 42%, 27 ta dekorativ, ya`ni manzarali 11,3%, 19 ta oziq-ovqat 8% ni tashkil qildi. Oilaga mansub 74 tur o`simlikdan esa hozircha foydalanilmasligi ma`lum bo`ldi.
1.4-jadval
3.2. Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklari konspekti va tahlili
Yalpizdoshlar - Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklari konspekti dala tadqiqotlari, adabiyot ma’lumotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish asosida tuzildi. To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish O`zbekiston florasida 39 turkumga mansub bo‘lgan 238 turdagi Lamiaceae oilasining turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Konspektda har bir tur uchun birlamchi ma’lumot manbaiga ko‘rsatma, “Flora Uzbekistana”, “Flora Kirgizii”, “Flora Tadjikistana”, “Opredelitel rasteniy Sredney Azii” asosiy manbalar sifatida keltirilgan. Bundan tashqari, keltirilgan turlarning taksonomik statusini aniqlashtirishda Farg‘ona vodiysidagi Lamiaceae oilasi turlarini qamrab olgan ilmiy manbalardan hamda xalqaro elektron resurslardan (www.theplantlist.org, www.ipni.org) foydalanildi. Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston Respublikasi hududida tarqalgan Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari tur tarkibini aniqlashtirish va tarqalishini keltirishda G.A.Lazkov va B.A.Sultanovalarning asaridan foydalanildi. Konspektda oilalar gulli o‘simliklarni zamonaviy taksonomik tizimi APG IV (2016) asosida joylashtirilgan. Oila ichida turkumlar va turlar esa alfavit tartibida joylashtirilgan.
Lamiaceae oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`lib yetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |