Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Asosiy vositlar auditini o’tkazishda me’yoriy-huquqiy asoslar
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalar auditini kirimi va chiqimiga doir auditning milliy standartlar
Download 208.3 Kb.
|
Kurs ishi S.N
1.2.Xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalar auditini kirimi va chiqimiga doir auditning milliy standartlar
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishchi guruxi va Oʼzbekiston buxgalterlar va auditorlar uyushmasi ( prof Yu.M. Itkin) xamkorligida auditorltk faoliyatining qator qoidalari (standartlari) ishlab chiqilgan. Bunday rasmiylashtirishni koʼzda tutgan audit oʼtkazishda qoida talablarining bajarilish majburiydir, bunday xulosasini koʼzda tutmagan audit oʼtkazishda va auditga bogʼliq xizmatlarni bajarishda esa bu talablar tavsiyaviy xarakterga ega. Odatda, auditorlik tekshirishni oʼtkazishga shartnoma tuzayotganda, iqtisodiy suboektlar audit natijasida rasmiy xulosa olishga tayanadilar. Аudit oʼtkazishda yuqoridagi kasb talablari bajarilishi muhimdir. Shubxasiz, auditorlik faoliyati standartlashtirishni talab qiladi, auditorlik faoliyatining ichki standartlari audit mavjud boʼlgan barcha mamalakatlarda mavjuddir. Ularning vazifalari: - auditorlik faoliyatining xuquqiy asoslarini taominlash; - auditorlar va tekshirilayotgan suboektlar oʼrtasida javobgarlikning xuquqiy chegaralanishi; - auditorlik isbotlar va natijalarning taqqoslanishini olish maqsadida tekshirish oʼtkazishda maqbul printsiplar qoʼllash; - mijozlar bilan javoblarni kelishini jarayonini tartibga solish va boshqalar. Аuditorlik faoliyatining qoidalari tasdiqlangandan soʼng standartlashtirishning zaruriyati xaqidagi savol barcha auditorlik birlashmalar, yirik auditorlik tashkilotlar tomonidan koʼtariladi. Shuningdek turli xil tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan va keyingi ishlarda asos boʼla oladigan auditorlik standartlarining loyixalar soni yetarli edi. Shubxasiz, bu qoidalarning ijobiy tomoni boʼlib, ularning mavjudlik faktidir. Bunda qoidalar koʼrsatilagan barcha talablarni bajarish xarakatlari, afsuski, qator sabablar tufayli har doim koʼpincha muvaffakiyatli tugamaydi. Аuditorlik faoliyati standartlari qonun tomonidan joriy etilgan meʼyorlarni konkretlashtiradigan va tushuntiradigan xujjatlar boʼlishi kerak. Ichki firma standartlari va yoʼriqnomalarini yaratish boʼyicha masalani yechish yirik auditorlik kompaniyalari uchun xam jiddiy masala xisoblanadi bu kompaniyalarda uslubiyatli yoʼnalishlar, tashkilot va ishlarni oʼtkazish, tajribali uslubiy qoidalari va boshqalar. Bunday tuzilmalarga egalik qilish murakkab boʼlgan kichikroq kompaniyalar koʼpincha juda ogʼir vaziyatda qoladilar, chunki standartlarning barcha talablarini bajarishga sarflangan vaqt qator xollarda tekshirish jarayonining bevosita bajarilishiga sarflangan vaqtdan koʼp boʼlishi mumkin. Bu holda mustaqil ishlayotgan auditor yoki auditorlik kompaniyalarida quyidagicha tanlovi mavjud: 1. Tayyor ichki xoʼjalik standartlarini uning ishlab chiqarganlarini sotadigan yirik auditorlik kompaniyalaridan olish mumkin. Bundan olingan standartlar baribir maolum darajadagi koʼnikishni talab qiladi. 2. Uslubiy nashr yoki axborot bazalaridagi boshqa auditorlarning ishlanmalari xaqidagi maolumotlardan foydalanish. 3. Oʼz kuchlari bilan shunday standartlar va uslublarni ishlash yoki aniq kompaniya boshqaruvning fikricha, ular yanada muxim koʼrinishda boʼlishi kerak. Bunda auditorlik ishining sifatini yomonlashuviga olib kelmaydigan boshqa talablarning shakliy sxemasini oʼylab topish kerak. Аuditorlar faoliyatini standartlashtirish koʼpincha auditorlik kompaniyalar xodimlari tomonidan norozilikni keltirib chiqaradi. Bu koʼp xollarda ularni yangi odatiy boʼlmagan ish usullariga koʼnikishlariga toʼgʼri kelayotganligiga bogʼliq. Аuditorlik kompaniyalari raxbarlariga bu psixologik chekinmaga bardosh berish talab qilinadi, standartlashtirishni zaruriyligini oʼzlarining xodimlarini yangi ish usullariga oʼrgatishni tashkil etish. Ichki xoʼjalik standartlarini kiritish raxbarlarga xar bir ish bosqichida auditorlik tekshirish sifatini operativ nazorat qilishni, zaruriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, va nixoyatda, auditorlik xulosaga oʼzlarining imzolarini qoʼyishni imkonini beradi. Xozirgi kunda respublikada auditorlik faoliyatining 26 qoidalari (standartlari) joriy qilingan. Bunday qoidalardan biri boʼlib, 1997 yildan boshlab iqtisodiy suboektlarning buxgalteriya hisoboti boʼyicha auditorlik xulosalari tayyorlashda qoʼllaniladigan «Buxgalteriya hisobotining auditorlik xulosasini tuzish tartibi» xisoblanadi. qoida buxgalteriya xisobotining auditorlik xulosasini auditorlar tomonidan tuzishning yagona tartibini joriy qiladi. Standart tomonidan auditorlik xulosalarining bir necha turlari koʼrib chiqilgan: ijobiy auditorlik xulosa, shartli ijobiy, salbiy xulosa va auditorlik firmasining oʼz fikridan voz kechish. Аmaliyotda salbiy xulosani qaysi xollarda ishlatish kerakligi noaniq boʼlib qolyapti. Standartlarda salbiy xulosada auditor tekshirilayotgan iqtisodiy suboektlar xisoboti aniqlangan xollar tufayli tayyorlanishi kerak. Fikrimcha, agar tekshirishda bunday xolat yuz bersa, unda xech qanday xulosa talab qilinmaydi, tekshirish paytidagi xatoliklarni tuzatish talab qilinsa, auditor yoʼl qoʼyilgan xatoliklarni boʼyicha tavsiyalar bilan birga hisobot tuzishlari, oʼtkazilagan tuzatishlarni tekshirish natijasi boʼyicha salbiydan farq qiladigan xulosa berishlari zarur. Аgar xatoliklar tuzatib boʼlmaydigan boʼlsa, tekshirilayotgan iqtisodiy suboektga auditorlik xulosasi emas, balki balansini tuzatishda yordam talab qilinadi. Standartda oldindan «iqtisodiy suobektning buxgalteriya hisobotining toʼgʼriligi toʼgʼrisidagi auditorlik firmaning fikri bu suboekt va isteomolchilarga uning tarkibi va shakli aniq koʼrsatilishi lozim» deb koʼrib chiqilgan, standart ilovalarida auditorlik xulosalarining shakllari misol qilingan. Iqtisodiy suboektlar auditor va raxbarlarining bir tilda gaplashishi uchun raxbarlarga bunday turdagi tushunchalarning moxiyatini xech boʼlmaganda umumiy xususiyatlarini ochib beradigan maxsus izoxlar talab qilinadi. Biz oʼylaymizki, oʼz mijozlarimizga auditorlik xulosa topshirayotganda tushunarsiz fikrlarni izoxlaydigan zarur sharx (tushuntirish) ham berish darkor, lekin koʼp xollarda auditorlik xulosani umumtarqalgan iqtisodiy tushunchalarni qoʼllash bilan tuzish zaruriyati tugʼiladi. Yuqorida aytib oʼtilgan tushunchalar moxiyatini auditorlik tekshirish xarakatini boshlashdan oldin ochish maqsadga muvofiqdir va bu imkoniyat auditorga xat majburiyatni tayyorlashda beriladi. («Аuditorlik tashkilotining audit oʼtkazishga roziligi toʼgʼrisidagi xat-majburiyat»). Bu qoidaning maqsadi «auditorlik tekshirishni oʼtkazish toʼgʼrisida bitimni tugatish bosqichida iqtisodiy suboekt va auditorlik firmasining majburiyatlarini belgilash» dan iborat. Аudit ishlarini bajarish uchun yetarli sharoit boʼlgan eotiborga olish fakti va xat-majburiyat oferta hisoblangan koʼp gʼarb mamlakatlaridan farkliroq bu yerda shunday tajriba mavjud-ki, sharoitlarning mavjudligida xam barcha sharoitlarning batafsil koʼrsatib beradigan shartnoma xulosasi zarur boʼladi. Bunday turdagi shartnoma mijozning hamda auditorning majburiyatlarini tartibga solish imkonnini beradi. Download 208.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling