Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


a) davomiyligiga ko’ra - vaqtinchalik, mavsumiy va doimiy; b)


Download 0.59 Mb.
bet5/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

a) davomiyligiga ko’ra - vaqtinchalik, mavsumiy va doimiy;
b) ijtimoiy tarkibiga ko’ra - malakasiz ishchilar, o’rta texnik va servis xodimlari, c)talabalar (ta’til paytida), mutaxassislar, fan, madaniyat va sport arboblari, tadbirkorlar;
d) tabiatiga ko’ra - bevosita va bilvosita (TMK doirasida firma ichida);
e) mehnat shartnomasi ko’rinishiga ko’ra - shaxsiy va jamoaviy;
f) qabul qiluvchi mamlakatda xuquqiy holatga ko’ra - assimilyatsion (keyinchalik fuqarolik berilishi) va neassimilyatsion.
Xalqaro statistika ma’lumotlariga ko’ra, migrantlarning asosiy qismini ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligida band bo’lgan kam malakali ishchilar tashkil etadi. SHunday bo’lsa-da, mutaxassislaming, ya’ni TMKlar tuzilmasida e’tiborli va yuqori xaq to’lanadigan mansablami egallagan yuqori malakali ishchi kuchining migratsion oqimi o’sib bormoqda (gap «aqllilaming ketib kolishi» to’g’risida bormoqda). Bundan tashqari yildan yilga Yevropa Ittifoqi kabi integratsion birlashmalarda ayollar va yoshlaming safarbarligi kuchaymoqda.
XIMda migratsiya oqimlarini kuchayib borishi tufayli ulaming qabul qilib oluvchi va jo’natuvchi davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri yanada sezilarli bo’lib bormoqda. SHuning uchun jahon ishchi kuchi bozorini ana shu nuqtai nazardan ko’rib chiqish joiz.
Ishchi kuchi eksporti milliy iqtisodiyotda ijobiy oqibatlar bilan bir qatorda salbiy oqibatlar xam qoldiradi. Bu eng awalo «aqlli kishilaming ketib kolishi» deb ataluvchi yuqori malakali mutaxassislaming xorijga ketib qolishi bilan bog’liqdir. Bu jarayonning mohiyati shundaki, mutaxassislar turmush darajasi past davlatlardan yuqori ish xаqi, yаxshi mehnаt shаroitlаri, ijodiy imkoniyatlаmi аmalgа oshirishgа yetarli shart-sharoit va nihoyat ijtimoiy kafolatlаr yаrаtib berа olаdigan mamlakatlarga ketib qoladi.
Ishchi kuchini jo’natuvchi davlat uchun salbiy bo’lgan jihatlar qabul qilib oluvchi mamlakatlar uchun ijobiy hisoblanadi. Chunki kirib keluvchi ishchilaming aksariyat qismini yuqori darajada ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faol bo’lgan yoshlar tashkil etadi. "Intellektual migratsiya" jami ishchi kuchi migratsiyasi miqdorining 3—5 foiziga teng bo’lsa-da, hozirgi paytda bu ulushning yildan-yilga ortib borishi kuzatilmoqda, binobarin jo’natuvchi mamlakat uchun iqtisodiy zarar miqdori xam oshib boryapti. Bu zarar ba’zi bir mamlakatlaming milliy daromadining 10 foizigacha teng bo’lmoqda. Mutaxassislami chetga chiqib ketishi jahon bozoridagi raqiblaming mavqeini kuchaytiradi, chunki bu mutaxassislaming ko’pchiligi yirik transmilliy korporatsiyalarga ishga joylashadi.
«Yuqori sifatli» ishchi kuchini o’ziga jalb qiluvchi asosiy markazlar eng boy mamlakatlar: AQSH, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, SHvetsiya, kamroq darajada Yaponiya, Singapur, Tayvan sanaladi. Aqlli kishilami chiqib ketishining asosiy kanallari birinchidan, xorijiy talabalar va aspirantlarni chet eldagi universitetlari tomonidan jalb etilishi, ikkinchidan, tajribali mutaxassislami xalqaro kompaniyalarda ishga taklif etilishi hisoblanadi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling