Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari
I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari
Download 0.59 Mb.
|
Kurs ishi
I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari.
1.1. Jahon ishchi kuchi bozorining mazmun mohiyati. Jamiyatda amalga oshirilayotgan har qanday ishlab chiqarish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarish hisoblanadi. CHunki, unda ishtirok etayotgan barcha ishlab chiqarish omillari- mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi hamda ishlab chiqarishning boshqa sharoitlari o’z tavsifiga ko’ra ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir tomondan, ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan stanok - bu o’tgan davrlar davomida yig’ilib kelayotgan ko’plab insonlar buyumlashgan mehnati hamda uni yaratishda bevosita ishtirok etgan ko’plab kishilar jonli mehnatining natijasidir. Boshqa tomondan esa, ushbu stanok vositasida yaratilayotgan mahsulot ham aniq bir kishining emas, balki bir-birlari bilan ishlab chiqarish aloqalari orqali bog’langan kishilar guruhi mehnatining natijasidir. SHuningdek, mazkur mahsulotning bozor sharoitida hali noma’lum bo’lgan iste’molchi uchun ishlab chiqarilishining o’zi ham mazkur jarayonning ijtimoiy tavsifini namoyon etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yalpi ishchi kuchi muhim va yetakchi omillardan hisoblanadi. Yalpi ishchi kuchi - bu jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. Yalpi ishchi kuchining takror hosil qilinishi jarayonlarini o’rganish muhim bo’lib, bunda eng awalo ishchi kuchining o’ziga to’xtalish maqsadga muvofiqdir. Ishchi kuchi - bu insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari ishchi va xizmatchilaming hozirgi avlodi ma’lum vaqt o’tishi bilan qariydi. Ulaming o’rinlarini bosadigan o’rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, farzandlari bo’lishi lozim, ulaming o’sib- ulg’ayishi, o’qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo’lishi zarur. Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnatga layoqatli bo’lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band bo’lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin. Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashib borishi bilan ishchi kuchining sifatiga bo’lgan talab ham ortib boradi. Hozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potentsial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan va ishlashga tayyor bo’lib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo’jaligida, boshqa har xil ishlarda band bo’lganlar potentsial qismi hisoblanadi. Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ulaming mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o’sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o’rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ulaming xodimlarga bo’lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to’la va samarali band bo’lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o’z ichiga oladi. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish ba’zan ilmiy adabiyotda «aholi nufusini takror ishlab chiqarish» tushunchasi bilan bog’liq holda ham ishlatiladi. «Nufus» atamasi asosan aholining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tavsiflarini bay on etishda qo’llanilib, bunda nufus qonuni ahamiyatli o’rin tutadi. Nufus qonuni - aholining o’sib borishi qonunidir. Nufus qonuni aholining tabiiy harakati, ya’ni o’lim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining uzayishi, tug’iHshning optimal darajaga yetishi, jamiyat va alohida oilalar manfaatlari o’zaro uyg’unligining ta’minlanishi orqali namoyon bo’ladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo’lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo’ladi. SHu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy o’sishi yoki harakati hisoblanadi. Aholining tabiiy o’sishi - bu aholining emigratsiya (fuqarolarning o’z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga ко’chib o’tishi) va immigratsiya (xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga ко’chib kelishi)dan tashqari harakatini ifodalaydi. U quyidagi umumiy koeffitsientlar orqali aniqlanadi: tug’ilish koeffitsienti (yil davomida tirik tug’ilgan chaqaloqlarning mavjud aholi o’rtacha yillik soniga nisbati); o’lish koeffitsienti (yil davomida o’lganlaming mavjud aholi o’rtacha yillik soniga nisbati); tabiiy o’sish koeffitsienti (tug’ilish va o’lish umumiy koeffitsientlari o’rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi o’rtacha har 1000 ta aholi soniga to’g’ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi. O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2022 yil 1 yanvar holatiga 35.27 mln. kishini tashkil etib, 1991 yilga nisbatan 14,67 mln. kishiga, ya'ni 71,2 foizga o' sgan. 2021-yil da respublikada 832,4 ming nafar kishi tug'ilgan, 1000 aholiga nisbatan tug'ilish koeffitsienti 26,2 promilleni, mazkur yilda 63,4 ming kishi vafot etgan bo'lib, 1000 aholiga nisbatan o'lim koeffitsienti 2,6 promilleni tashkil etgan. Aholining tabiiy o'sishi 712,4 ming kishiga, ya'ni 1000 aholiga nisbatan aholining tabiiy o'sish koeffitsienti 17,9 promilleni tashkil etgan. Respublikada 1991 yilda 130,3 ming kishi, 2001 yilda 132,5 ming kishi, 2021 yilda 63,4 ming kishi vafot etgan bo'lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o'lim koeffitsienti 6,2 promille, 5,3 promille, 2,6 promilleni tashkil etgan. Quyidagi jadvalda respublika aholisining tabiiy harakati ko'rsatkichlari keltirilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling