Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh tarkibi to'g'risida


Download 0.59 Mb.
bet7/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh tarkibi to'g'risida






2018 y.

20119 y.

2021 y.

soni

ulushi, %

soni

ulushi, %

soni

ulushi, %

Jami aholi soni

20607,7

100,0

29123,4

100,0

32120,5

100,0

shu jumladan:



















mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar

8883,7

43,1

9099,3

31,3

9665,7

30,1

mehnatga layoqatli yoshdagilar

10122,5

49,1

17804,7

61,1

19440,8

60,5

mehnatga layoqatli

1601,5

7,8

2219,4

7,6

3014,0

9,4

2021-yilda 2018 yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar ulushi kamayish tendentsiyasiga ega bo'lgan bo'Isa, mehnatga layoqatli yoshdagilar va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi esa o'sgan.


Respublika bo'yicha 2018 yilda aholining o'rtacha yoshi 23,3 yoshni tashkil etgan bo'Isa, 2021 yilga kelib bu ko'rsatkich 28,5 yoshni tashkil etmoqda, ya'ni respublika aholisining o'rtacha yoshi 5,2 yoshga keksayganligini kuzatish mumkin.
Aholining tabiiy harakati ko'rsatkichlarida ham o'zgarishlar kuzatilib, 2018-yilda respublikada 723,4 ming nafar bola tug'ilgan bo'lib, 1000 aholiga nisbatan tug'ilish koeffitsienti 34,5 promilleni, mazkur yilda 130,3 ming kishi vafot etgan bo'lib, 1000 aholiga nisbatan o'lim koeffitsienti 6,2 promilleni tashkil etgan bo'lib, aholining tabiiy o'sishi 593,1 ming kishiga, ya'ni 1000 aholiga nisbatan aholining tabiiy o'sish koeffitsienti 28,3 promilleni tashkil etgan.
4-rasm
O’zbekiston Respublikasi aholisining oxirgi 10 yillikdagi soni

2021-yil sentabrning yettinchi kunida O‘zbekiston aholisining soni 35 mln nafardan oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi xabar berishicha, ularning 17,5 mln nafarini erkaklar, 17,4 mln nafarini ayollar tashkil etmoqda.
Respublikada doimiy aholi sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi 2020-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra quyidagicha:

  • Samarqand viloyati — 3 million 928 ming 700 kishi;

  • Farg‘ona viloyati — 3 million 802 ming 700 kishi;

  • Qashqadaryo viloyati — 3 million 318 ming kishi;

  • Andijon viloyati — 3 million 172 ming 100 kishi;

  • Toshkent viloyati — 2 million 977 ming 800 kishi;

  • Namangan viloyati — 2 million 852 ming 300 kishi;

  • Surxondaryo viloyati — 2 million 667 ming 300 kishi;

  • Toshkent shahri — 2 million 654 ming 600 kishi;

  • Buxoro viloyati — 1 million 939 ming 600 kishi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 million 916 ming 100 kishi;

  • Xorazm viloyati – 1 million 884 ming 100 kishi;

  • Jizzax viloyati – 1 million 403 ming 200 kishi;

  • Navoiy viloyati – 1 million 9 ming 300 kishi;

  • Sirdaryo viloyati – 856 ming 900 kishi;

2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi soni yil boshidan 285 ming 900 kishiga ko‘paygani ma’lum qilingan edi. 2020-yil 1-yanvarda bu ko‘rsatkich 33 million 905 ming 800 ming kishini, 1-aprelda esa 34 million 36 ming 756 kishini tashkil etgan.


2.2. Xalqaro ishchi kuchi bozorida O`zbekistonning ishtiroki.


O’zbekiston Respublikasining xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuv istiqbollarini baholash va tahlil qilishda mazkur jarayonlaming bugungi kunda va kelajakda mamlakatimiz hamda jamiyat hayotidagi ahamiyati, u bilan bog’liq tendentsiyalarning o’zgarishi, uning aholi hayoti va turmush darajasidagi o’mi va roli, kishilaming unga bo’lgan munosabati va kayfiyatini o’rganish hamda bu borada xulosalar chiqarish zaruriyatini tug’diradi.
O’zbekistonda barqaror iqtisodiy rivojlanish sur’atlari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarining modemizatsiyalashuvi, islohotlar natijasida tarmoqlar tarkibidagi o’zgarishlar, ishlab chiqarish va boshqarish sohasiga zamonaviy texnika va texnologiyalaming kirib kelishi, mehnat resurslariga bo’lgan talabning o’zgarishi - milliy mehnat bozoridagi bosimning ortishiga olib keldi. Bu borada D.Rasulov aholining tabiiy ko’payishi va chekka hududlardan kelayotganlar salmog’ining kattaligi tufayli mehnatga layoqatli kishilaming soni ortib, ulami ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish va undan oqilona foydalanish muammosi kelib chiqqanini ta’kidlaydi.
Yuzaga kelgan vaziyatni samarli tartibga solish maqsadida davlat tomonidan yangi ish o’rinlarini yaratish, kadrlarni qayta tayyorlash, tadbirkorlik va xususiy biznes uchun keng imkoniyatlami joriy qilish, xorijiy investitsiyalami jalb qilishni qo’llab-quwatlash bilan bir qatorda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini shakllantirish va rivojlantirish chora- tadbirlari ham amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan mamlakatlaming ham xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlarida faol ishtirok etishi va undan samarali darajada foyda ko’rishi tobora kengaymoqda. Jahon xo’jaligida o’z o’rniga ega bo’lib borayotgan O’zbekiston ham xalqaro mehnat bozoriga faol integratsiyalashib bormoqda.
Bugungi kunda o’zbekistonlik mehnat migrantlari AQSH, Yevropa, SHarqiy Osiyo va Fors ko’rfazi mamlakatlarida faoliyat ko’rsatsalarda, ammo O’zbekistonning Koreya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bilan bu sohadagi rasmiy ravishdagi faol hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Xususan, bu borada O’zbekiston va Koreya o’rtasida 2018 yilda “Sanoat stajirovkasi” dasturi asosida,2019 yilda esa, “Erkin yollash tizimi” dasturi asosida o’zbekistonlik mehnat migrantlarini Koreyaga ishlash uchun yuborish to’g’risidagi kelishuvlar imzolandi.
2020 yilda esa, O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida mehnat migratsiyasi to’g’risidagi kelishuv, hamda undan so’ng noqonuniy migrantlami deportatsiya qilish, noqonuniy migratsiyani oldini olish va mehnat migrantlarining haq-huquqlarini himoya qilish masalalariga bag’ishlangan kelishuvlar kuchga
kirdi“'. 2021yildan boshlab ikki mamlakat o’rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarining me’yoriy-huquqiy asoslari yanada kuchaytirilib, o’zbekistonlik mehnat migratlari maxsus tayyorgarlikdan o’tgan holda Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirishlari belgilab olindi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling