Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


III bob. Jahon ishchi kuchi bozori va uni takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari


Download 0.59 Mb.
bet9/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

III bob. Jahon ishchi kuchi bozori va uni takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari.
3.1 Ishchi kuchi migratsiyasining ijobiy va salbiy oqibatlari
Iqtisodiy adabiyotdagi ishchi kuchi migratsiyasi milliy iqtisodiyotga, jahon iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri va uning salbiy oqibatlarini chuqur tahlil qilish
natijasida quyidagicha umumlashtirildi:
Ishchi kuchi migratsiyasining ijobiy va salbiy oqibatlari

Migratsiyaning rivojlanish

Migratsiyaning rivojlanish

  • ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarda ishsizlar soni qisqarishi;

  • ish o’rinlari yetishmovchiligi va shu bilan bog’liq aholi o’rtasidagi xavotirlikni ma’lum bir davrgacha yumshatish;

  • turli mamlakatlar o’rtasidagi ish haqi darajasining yaqinlashishi;

  • transmilliv faolivat:

  • “aqllarning oqishi”;

  • ijtimoiy: oilaviy aloqalaming uzilib ketishi, turli xalqlar qadriyatlarining yo’qolib ketishi;

  • ishchi kuchi eksporti iqtisodiy tebranishlarga tez reaktsiya

bildiradi;

  • mahalliy iqtisodiyotlarga inflyatsion ta’sir:


Hozirgi kundagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining migratsiyaga salbiy ta’siri quyidagilardan iborat:


ish bilan bandlikning qisqarishi, qurilish, qayta ishlash sanoati, moliyaviy sektor, chakana savdo, turizm kabi sohalarda yaqqol namoyon bo’lmoqda va ushbu tarmoqlarda band bo’lgan migrantlaming ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatdi;


kompaniyalarning va ish beruvchilaming sarf-xarajatlarini qisqartirishga urinishlari natijasida ish haqining qisqarishi hamda mehnat sharoitlarining yomonlashuvi migrantlaming turmush sifatiga va darajasiga salbiy
ta’sir ko’rsatadigan darajada qisqardi;
past malakali migrantlaming mehnat bozori segmentlarida ко’chib kelish mamlakati fuqarolarining ish joylarini egallab olayotganlari to’g’risidagi noto’g’ri tasavvurlarga bog’liq holda kamsitish holatlarining yuzaga kelishi xavfi;
ishsiz qolgan migrantlar o’z mamlakatlariga qaytishlarida, ko’p hollarda bu yerda ham iqtisodiy sharoitlaming yomonlashuviga duch keldilar. Bu esa iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka noxush ta’sir ko’rsatishi mumkin; ammo bunda migrantlar va ularning oila a’zolari uy-joyga ega bo’lgan va mustahkam ijtimoiy ta’minot tizimi sifatidagi kam ta’minlanganlami ijtimoiy himoyalash mexanizmidan foydalanayotgan mamlakatlardan qaytib ketishlari ehtimoli nihoyatda kam;

  • ishchi migrantlaming ishsiz qolishlari tufayli ularning rivojlanayotgan mamlakatlarga jo’natayotgan pul o’tkazmalari hajmining qisqarishi va o’rtacha bir pul o’tkazmasi miqdorining kamayishi kambag’allik ko’lamlarining o’sishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot muammolarining keskinlashuviga olib keladi. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko’ra, migrantlaming pul o’tkazmalari rivojlanayotgan mamlakatlarga yo’naltirilayotgan savdodan olinadigan daromadlar, to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalarga nisbatan kamroq miqdorda qisqaradi: 2009 yil oxirigacha pul o’tkazmalarining hajmi 0,9% ga qisqardi. Bu ko’rsatkich 6% ga yetishi kutilmoqda. Bundan tashqari migrantlar bank tizimlarining barqarorligiga ishonchsizliklari tufayli rasmiy yo’llar orqali o’z vatanlariga tobora kamroq pul mablag’lari yuborishlari mumkin;

  • ichki mehnat bozorini himoyalash uchun va xorijiy ishchi kuchiga bo’lgan talabning qisqarishi munosabati bilan migratsiyani yanada faolroq cheklash siyosatini o’tkazish (Italiya, Buyuk Britaniya). Ispaniya hukumati esa ishsiz migrantlami vatanlariga qaytishga ko’ndirish maqsadlarida moliyaviy rag’batlantirish tadbirlarini ko’rmoqda;

mehnat migratsiyasi oqimlari qisqardi;

  • noqonuniy migratsiyaning o’sishi va ishsiz migrantlar ко’chib kelgan mamlakatlarida rasmiy ruxsatsiz ishga joylashishga urinishlari tufayli norasmiy mehnat bozorining mustahkamlanishi oqibatida qonuniy mehnat migratsiyasi uchun imkoniyatlar qisqardi. Inqirozdan ko’proq darajada jabr ko’rgan mamlakatlardan chiquvchi emigrantlar oqimi esa o’sib boraveradi;

  • hozirgi inqiroz erkak va ayol migrantlarning moddiy holatiga turlicha ta’sir etmoqda.

SHu bilan birga yumshagan oqibatlar ham qayd etilmoqda:

  • ko’chib kelish mamlakatlarida mehnatkash migrantlarga boTgan talab ayrim sektorlarda, mehnatkash migrantlarga tarkibiy talab mavjud boTgan sohalarda, xususan tibbiyot xodimlariga, uy xizmatkorlariga, ayrim mamlakatlarda esa qishloq xo’jaligida ishlovchilarga boTgan ehtiyoj barqaror bo’lib qolishi mumkin;

  • inqirozdan qattiq jabr ko’rgan mamlakatlarga migrantlarning pul o’tkazmalari hajmi xuddi investitsiyalar va savdo hajmi ko’paygani kabi ortishi mumkin.

Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati kelib chiqadi.
Jahon iqtisodiyotida awal sodir boTgan inqirozlar shundan dalolat beradiki, inqirozlar holatida ham migratsiya saqlanib qoladi, noqonuniy migratsiya esa hatto ortishi ham mumkin. CHunki iqtisodiyotning ayrim sektorlarida hattoki ishsizlikning umumiy miqdori ortib borishiga qaramasdan, ishchi kuchiga boTgan tarkibiy talab saqlanib qoladi. Bu talab bir jihatdan keng demografik omillar bilan bog’liq, ya’ni rivojlanayotgan ko’plab mamlakatlaming aholisi о’sib borishi bilan birga barcha sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar aholisining keksayishi va qisqarib borishi kabilar kuzatiladi.
Jahonda ro’y bergan awalgi moliyaviy inqirozlar tajribasi shuni ko’rsatdiki, migrantlar mehnat migratsiyasi uchun ochiq bozorlaming saqlab qolinishi - iqtisodiy o’sishni rag’batlantiruvchi muhim omildir.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitida bandlik haqidagi davlat siyosati muhim vazifalardan biri hisoblanadi, ushbu siyosat ish joyiga boTgan o’sib borayotgan ehtiyojni doimo ta’minlay olish holatida emas. Bozor iqtisodiyotida davlat nazorati hamisha o’z chegarasiga ega, ayniqsa mehnat va bandlik sohalarida.
Mehnat migratsiyasi davlatning mehnat bozorini tartibga solishdagi imkoniyatini to’ldiradi. Tadqiqot jarayonida dissertatsiya maqsadi va vazifalariga muvofiq, Toshkent shahrida (aeroportda - Moskva, Dubay, Yevropa, Seul reyslari bo’yicha Toshkentga qaytib kelayotgan yo’lovchilar orasida), Samarqand viloyatining qator tumanlarida (Urgut, Pastdarg’om, Kattaqo’rg’on) 1000 ta respondentlar, 617 ta erkak va 383 ta ayol o’rtasida so’rov o’tkazildi. Erkak respondentlardan ko’proq ish haqi, yashash sharoitlari, xatar darajasi, mashg’ulot turlari to’g’risida ma’lumotlar to’plandi. Ayol mehnat migrantlari orasida ko’proq tijorat, savdo maqsadida qisqa muddatga borib ishlab kelish hollari kuzatildi.
Migrantlar orasida turmush qurgan, oilalilarning ulushi ko’proq (79%). Bu narsa shu narsadan dalolat beradiki, o’zbek oilalarida erkaklar asosiy ta’minlovchi rolini bajarishadi, turmush qurmagan, lekin turmush yoshidagi yigit va qizlar ota- onaning qaramog’ida bo’lishi hozirgacha saqlanib qolgan. Mehnat migrantlari orasida 30-40 yoshdagilaming salmog’i yuqori. Anketa so’rovlari natijalariga ko’ra, 30 yoshgacha bo’lganlar 20% dan kam, 30 dan 40 yoshgacha bo’lganlar 45% ni, 40 yoshdan kattalar 35% ni tashkil etadi. Xorijda mehnat qilib qaytganlarning ma’lumotlilik darajasi turli, ulaming aksariyat qismini pedagogika, texnika yo’nalishidagi o’rta maxsus va o’rta ma’lumotlilar tashkil etadi. Oliy ma’lumotlilar 33,3%, o’rta maxsus 26,3%, o’rta ma’lumotlilar 31%, to’liq bo’lmagan o’rta 9,4% ni tashkil etadi.
Ijtimoiy so’rovnoma tahlili ko’rsatishicha, respondentlaming jiddiy qismi borgan mamlakatning tili, madaniyati, tarixini yaxshi bilmasligi aniqlandi. Respondentlar orasida mehnat shartnomasi orqali Koreya, Rossiyada ishlab qaytganlar ham bor, ishga joylashish paytida lavozim majburiyatlaridan tashqari yana bir qancha shartlar to’g’risida kelishib olingan, masalan, hamma borganlaming 94% i ish haqi miqdori, 97% i yashash joyi bilan ta’minlanishi, 78% i ish haqini to’lash muddatlari, 72% i oziq- ovqat bilan ta’minlash, 57% i ish vaqtining davomiyligi, 33% i ishni tugallash muddati to’g’risida kelishib olganlar.
Rossiyaga borib ishlaganlar esa ulardan farqli ravishda, 88% i ish haqi miqdori, 48% i yashash joy bilan ta’minlash, 72% i ish haqini to’lash muddatlari, 28% i ish vaqtining uzunligi, 72% i ishni tugallash muddati to’g’risida kelishib olganlar.
Retsipientlarning ko’pchilik qismi shartnoma asosida borish uning ijtimoiy jihatdan himoya qilinganligini bildirishini tushunib yetgan. So’ralganlaming 77 foizi kelgusida qonuniy asosda, shartnoma tuzgan holda xorijga ishga borishini ta’kidlashgan.
Mehnat daromadini nima maqsadlarga sarflashlari, ko’zlagan maqsadlariga qay darajada erishganligi to’g’risida ma’lumot olish uchun “Xorijda ishlab topilgan daromadingizni nimalarga sarfladingiz?” mazmunidagi savol berildi. Migrantlaming 32,5%i oziq-ovqat mahsulotlari, 22,7%i kiyim-kechak sotib olishgan, 18,0%i pul mablag’larini uy-joy ta’mirlash va qurishga, 14,5%i maishiy texnika sotib olishga, 12,3%i esa daromadlarini davolanish va dori-darmon xarid qilishga sarflashgan.
“Endi nima bilan shug’ullanmoqchisiz?” degan savolga yaxshi daromadga ega bo’lganlaming katta qismi (37%) xususiy biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanish niyati borligini, mehnat sharoitidan qoniqqanlar (33%) yana borish istagi borligini bildirishdi.
Respondentlaming 15% i (20-29 yoshdagilar) yana chet ellarda ishlashni rejalashtirmoqda, ulardan 42,7%i Rossiyaga, ll,8%i G’arbiy Yevropaga, 16,4%i AQSHga, qolgan 29,l%i Koreya Respublikasi, Turkiya davlatlariga borishni xohlashadi.
“Siz borgan joyingizda o’z ma’lumotingiz, ixtisosligingiz bo’yicha ish topa oldingizmi?” savoliga 3% retsepientlar “ha, ish topdim”, 68%i “men butunlay boshqa sohada ishladim”, 10%i “ixtisosligimga yaqin sohada ishladim”, 19%i “to’g’ri kelgan ishni qildim”, deb javob berishdi.
Olib borilgan sotsiologik tadqiqot natijalari, uning tahliliga asoslanib shuni ta’kidlash lozimki, mehnat migratsiyasi sohasida uchraydigan turli salbiy holatlarning oldini olish, uning salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha davlatimiz, tegishli tashkilotlar oldida katta vazifalar turibdi. Mehnat migratsiyasi muammosi, migratsiyani legallashtirish va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish bo’yicha hukumatlararo bitimlar tuzishni talab qiladi.
Tadqiqot ishida mehnat migratsiyasining davomiyligi va davriyligi tahlil qilindi va mehnat migratsiyasi vaqtinchalik xarakterga egaligi, migrantning ish tugagandan so’ng o’z yurtiga qaytishi ta’kidlansa-da, mehnat qilish davri yanada uzayib ketishi, hatto bir necha yillarga cho’zilishi mumkin. Mehnat faoliyati olib borganlaming taxminan 1/3 qismi esa Rossiyada doimiy yashashni mo’ljallashgan. Qolganlari esa Rossiyaga yoki mavsumda, yoki aniq, tayinli ishga kelishni rejalashtirishgan.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling