Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


Rossiya mehnat bozoriga asosiy ishchi kuchini yetkazib beruvchi


Download 0.59 Mb.
bet11/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

Rossiya mehnat bozoriga asosiy ishchi kuchini yetkazib beruvchi
davlatlar






2018

2019

2020

2015 yilda 2007 yilga nisbatan o’zgarishi (marta)

Jami xorijiy ishchi kuchi, ming kishi

213,3

460,4

2426,0

11,3

MDH davlatlaridan

106,4

221,2

1780,0

16,7

1.

O’zbekiston



24,1

344,6

56,5

2.

Armaniston

5,5

17,0

73,4

13,3

3.

Gruziya

5,2

3,8

4,7

4 9,04

4.

Moldova

11,9

22,7

93,7

7,8

5.

Ozarbayjon

3,3

9,8

57,6

17,4

6.

Tojikiston

6,2

23,3

250,2

40,3

7.

Turkmaniston

0,2

0,3

2,1

1,05

8.

Ukraina

64,1

108,6

209,3

32,6

9.

Qirg’iziston

0,9

8,0

109,6

12,3

10.

Qozog’iston

2,9

4,2

7,6

2,6

MDHdantashqari davlatlardan

106,9

238,5

645,0

60,3

11

Xitoy

26,2

94,1

228,8

8,7

12

Koreya Respublikasi

8,7

14,7

32,6

3,7

13

Vbetnam

13,3

41,8

79,8

6

14

Turkiya

17,8

48,0

131,2

7,37

Mehnat resurslari sonining jadal o’sishi, ulaming tarkibida yoshlar
salmog’ining ko’pligi, qishloq joylarida ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalaming mavjudligi ishsizlik muammosiga jiddiy munosabatni talab qiladi. Bunday sharoitlarda yuqori daromad topish, samarali bandlikka erishish maqsadida boshqa davlatlarga ish izlab chiqib ketish hollari kuzatilmoqda.
O’zbekiston asosan ishchi kuchini eksport qiluvchi davlat hisoblansa-da, lekin bir vaqtning o’zida u xorij ishchi kuchini import ham qiladi. Xorij ishchi kuchini qabul qilish ko’rsatkichlari O’zbekiston aholisining tashqi bandlik ko’rsatkichlaridan bir necha barobar kam. Asosan, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg’oniston, Xitoy va Markaziy Osiyo fuqarolari O’zbekistonda ishlash uchun kelishadi. Tadqiqot ishida O’zbekistonning tashqi mehnat migratsiyasidagi ishtiroki, bu borada o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tadqiq qilindi. Xususan, Rossiya mehnat bozoriga ishchi kuchi yetkazib berayotgan davlatlardan asosiylaridan biri O’zbekistondir.
Ushbu natijalar asosida aytish mumkinki, tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun bu jarayonda ishtirok etuvchi barcha sub’ektlar, ya’ni ishchi kuchini eksport qiluvchi va uni import qiluvchi mamlakatlar hamda ish beruvchilar, bandlikka ko’maklashuvchi organlar va mehnatkash - migrantlar manfaatlarining muvofiqligiga qaratilgan tarzda chora-tadbirlami amalga oshirish muhimdir. Xususan, migratsiya masalalari yuzasidan mamlakatlararo kelishuvlarni amalga oshirish va ushbu kelishuvlarda nafaqat bu mamlakatlar manfaatlari, balki mehnatkash - migrantlar manfaatlari qat’iy hisobga olinishi zarur.
Xulosa
Ishchi kuchi - bu insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta’siri ostida ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

  1. tugal migratsiya;

  2. tebranuvchi migratsiya;

  3. mavsumiy migratsiya;

  4. tasodifiy migratsiya.

Davlatlar o’rtasida ro’y bergan migratsiya tashqi (xalqaro) migratsiya deyiladi.
Mehnat migratsiyasi deyarli barcha milliy iqtisodiyotlarga xos jarayondir. Biroq uning jadallik darajasi jahonning u yoki bu hududlarida sezilarli farq qiladi. Mehnatkash-migrantlaming eng jadal oqimi ishchi kuchini eksport- import qiluvchi mamlakatlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasida va tabiiy demografik o’sish sur’atida jiddiy farq bo’lganda kuzatiladi. Migratsiyaning asosiy to’rtta yo’nalishlari ichida jami migratsiya oqimining hajmi bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlar tomon ishchi kuchlarini ko’chishi birinchi o’rinda turadi. Mutaxassislar quyidagi migratsiya oqimlarini alohida ko’rsatib o’tishadi: G’arbiy Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakatlari o’rtasida, sobiq sotsialistik mamlakatlardan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarga, rivojlanayotgan yoki o’tish davri iqtisodiyotli davlatlar o’rtasida (mas. Janubiy Amerika chegarasida, Ukrainadan Rossiyaga).
Ishchi kuchi migratsiyasi va uni tartibga solish bo’yicha turli iqtisodiy maktab vakillarining tadqiqot predmeti boTib, migratsiya jarayonlari rivojlanishidagi qonunga asoslangan iqtisodiy munosabatlami aniqlashtirish hisoblanadi. Ushbu sohada klassik olimlar Ye.Ravenshtayn, A.Lyuns, J.Frey, G.Ranis va neoklassik iqtisodchilar J.Xarris, M.Todaro, M.Todaro, L.Marujko,
O.SHtark, D.Messi, K.Espinoza, Dj.Teylor, Ye.Lee, D.Xarris, rossiyalik olim Ye.Tyuryukanova, R. Mandell, mamlakatimiz iqtisodchi olimlari L.P.Maksakova, R.A.Ubaydullaeva, O.B.Ata-Mirzaev kabi olimlar tomonidan ishchi kuchi migratsiyasi va uni tartibga solish bo’yicha o’ziga xos tadqiqotlar olib borilgan.
O'zbekiston Respublikasining demografik holati va ishchi kuchi salohiyati tahlili asosida aytish mumkinki, mamlakatimizda tugilish darajasi o’lim darajasiga nisbatan yuqori. Mavjud aholi tarkibida yoshlaming ulushi ko’proq. Demakki, kelgusida ishchi kuchi resurslarining soni va jami aholi tarkibidagi ulushi ham ortib boradi. Bu esa muayyan darajada migratsiya holatiga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.
Tadqiqot ishida mehnat migratsiyasining davomiyligi va davriyligi tahlil qilindi va mehnat migratsiyasi vaqtinchalik xarakterga egaligi, migrantning ish tugagandan so’ng o’z yurtiga qaytishi ta’kidlansa-da, mehnat qilish davri yanada uzayib ketishi, hatto bir necha yillarga cho’zilishi mumkin. Mehnat faoliyati olib borganlarning taxminan 1/3 qismi esa Rossiyada doimiy yashashni moTjallashgan. Qolganlari esa Rossiyaga yoki mavsumda, yoki aniq, tayinli ishga kelishni rejalashtirishgan.
Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarning bugungi kundagi ustuvor vazifalaridan biri ham bu- mehnat migrantlari uchun munosib ishlash sharoiti va ish xaqi bilan ta’minlay oladigan ish topishlariga yordam berish va ulaming haq-huquqlarining himoya qilinishiga erishidir. Bunday maqsadga erishishda mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi chor-tadbirlar va mehnat migratsiyasi sohasidagi zamr xizmatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat migratsiyasini milliy miqyosda tartibga solish hukumat tomonidan emigratsiya va immigratsiya haqidagi maxsus qonun va qarorlarni qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Ammo mehnat migratsiyasini boshqarishda xalqaro mehnat migratsiyasi muhitini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zamr.
XMTning bugungi kundagi asosiy vazifasi bu- erkinlik,adolat va barqarorlik sharoitida erkak va ayollaming munosib va samarali bandlikka erishishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishtirish va inson qadr-qimmatining hurmat qilinishinini ta’minlashdan iboratdir.
XMT konventsiyalari va BMT xalqaro konventsiyasini ratifikatsiya qilgan mamlakatlarda mehnat migratsiyasini tartibga solishning samarali shakllari faoliyat yuritayotgani hamda mehnat migrantlarining xuquqlarini ta’minlash imkoniyatlari kengayib borayotganini ko’rsatmoqda.
Xususan, bugungi kunda O’zbekiston tomonidan XMTning 13 ta konventsiyasi ratifikatsiya qilingan boTib, ulaming yettitasi mazkur tashkilotning asosiy konventsiyasi va bittasi “Bandlik sohasidagi siyosat to,g,risida,,gi usutuvor ahamiyatga ega konventsiyalardir. Biroq ta’kidlash joizki, mazkur konventsiyalaming O’zbekistonda imzolanishi mehnat migrantlarining huquqlarini kengaytiradi, nolegal migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish imkoniyatini yaratadi, milliy migratsiya siyosatining ishlab chiqilishi hamda mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro xamkorlik aloqalarini rivojlanishidagi yuridik asosni tashkil etadi.
Tadqiqot natijalari asosida aytish mumkinki, tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun bu jarayonda ishtirok etuvchi barcha sub’ektlar, ya’ni ishchi kuchini eksport qiluvchi va uni import qiluvchi mamlakatlar hamda ish beruvchilar, bandlikka ko’maklashuvchi organlar va mehnatkash - migrantlar manfaatlarining muvofiqligiga qaratilgan tarzda chora- tadbirlami amalga oshirish muhimdir. Xususan, migratsiya masalalari yuzasidan mamlakatlararo kelishuvlami amalga oshirish va ushbu kelishuvlarda nafaqat bu mamlakatlar manfaatlari, balki mehnatkash - migrantlar manfaatlari qat’iy hisobga olinishi zarur

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling