Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Soliqning asosiy vazifalari va iqtisodiy ahamiyati
Download 154.01 Kb.
|
Soliq
Mutanosib soliqlar – uning miqdorini tabaqalashtirishni hisobga olmasdan soliq obyektiga bir xilda foizli nisbatda amal qiladi.
Progressiv soliqlarning o‘rtacha stavkasi daromad oshishiga qarab oshib boradi. O‘rtacha stavkasi daromadning oshishiga qarab pasayib boradigan soliqlar regressiv soliqlar deb ataladi. O'zbekistonning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bozor iqtisodiyoti bilan ifodalar ekan uning soliq tizimi xam bozor munosabatlari bilan aniqlanadi. Xozirgi davrda O'zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarni mablag' bilan ta’minlash bilan ifodalanadi. Amaliyotda soliq deganda ayrim iqtisodchilar byudjetga tushadigan pul yoki majburiy to'lov deb ta’rif beriladi. Bu soliqlarning to'la mohiyatini ochib bermaydi. Ya’ni ayrim iqtisodchilarning fikrlaricha, soliqlar bu byudjetga tushadigan pul (iqtisodiy) va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to'lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxs) bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Soliq to'g'risidagi qonunlar Oliy majlis tomonidan tasdiqlangan demokratik munosabatlardir. Soliqlar milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir. Soliq davlatning markazlashgan pul fondi (davlat byudjeti) ni tashkil etishning asosiy vositasi xisoblanadi. Shunday qilib, soliqlar bu - davlat sarf xarajatlarini asosiy manbai bo'lib, u iqtisodiyotni tartibga solishni asosiy instrumentidir. Soliqlarning o’ziga xos belgilari bo’lib, majburiyligi, xazinaga tushishi, qat’iyligi va doimiyligi, aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgisidir. 1. Soliq va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalgam oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlangan. 2. Soliqlar xazinaga ya’ni davlat byudjetiga tushadi. Agar to’lov biror boshqa jamg’armalarga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi. 3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo’lsa, shuncha qat’iy vauzoq yillar o’zgarmasdan harakat qiladi. 4. Davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir. Masalan, soliq to’lovchi joriy yili davlatning sog’liqni saqlash va maorif xizmatlaridan foydalanmagan bo’lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to’lovchilarning to’lagan soliq va yig’imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizom o’rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali qaytadi. Demak, soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan olganda, bozor iqtisodyoti sharoitida hamma soliqlar davlatning ko’rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun to’lanadigan haqdir. Soliqlar eng avvalo davlatning ijtimoiy zaruriy vazifalarni moliyaviy mablag'lar bilan taminlashning zarurligidan keltirib chiqariladi. Davlat oldida turgan umumiy vazifalarni bajarishga xizmat etadi, bu vazifalar quyidagilardan iboratdir: aholining kam ta’minlangan tabaqalarni (talabalar, nafaqaxo’rlar, nogironlar va boshqalar)ni ijtimoiy ximoya qilish; mamlakat mudofaasini ta’minlash; mamlakat fuqarolarining tinch mexnat qilish va erkin yashash muxofazasini ta’minlash; mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, ijtimioy ta’minot va boshqalar) amalga oshirish; xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalarni o'rnatish; bozor infrastrukturasini yaratish, boshqa tadbirlar va ishlarni amalga oshirish uchun. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun nixoyatda ko'p moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslar soliqlar va yig'imlardan tashkil topadi. Endi biz soliqlarni iqtisodiy moxiyatini ochishga xarakat qilamiz. Xar qanday buyum, narsa, voqelikni chuqur bilish uchun uning moxiyatini ochish zarur bo'ladi. Soliqlarning moxiyati soliq voqeligini, Ya’ni soliqlar va soliq to'lovchilar o'rtasidagi voqelik munosabatlarini ifodalash zarur. Shunday ekan, biz soliqlarning moxiyatini ochayotganda uni qat’iy, doimiy takrorlanib turadigan voqelik Ya’ni iqtisodiy voqelik deb tushunishimiz kerak. Demak, soliqlar sevgi, diniy yoki falsafiy kategoriya bo'lmasdan iqtisodiy, shu mahnoning ichida moliyaviy kategoriyadir. Demak, soliqlarda moliyada bo'lgani singari doimiy qaytarilib turadigan moliyaviy voqeliklar, aniqrog'i pul munosabatlari bo'ladi. Ana shu pul munosabatlarini mazmunini ochish orqali soliqlar moxiyati ochiladi. Amaliyotdagi raxbarlarning ba’zilari va xatto iqtisodchi olimlarning ba’zilar o'zlarining chop etgan maqolalarida soliqlar moxiyatini bu quroldir yoki vositadir deb ochish bilan kifoyalanadilar. Qurol va vositalar soliqlar foydalanishni bildiradi va moxiyatini ocholmaydi. Soliq moxiyatini ochishda esa soliqchi va soliq to'lovchilar o'rtasidagi obyektiv pul munosabatlarini xarakatini o’rganish bilan amalga oshiriladi. Soliqlar xamma pul munosabatlarini emas, balki soliq obyektlari bo'lmish daromad, qiymatni taqsimlash, qayta taqsimlashdagi pul munosabatlarini bildiradi. Soliqlarning moxiyatini ochishda ularning eng avvalo majburiy to'lovlar ekanligi ko'p iqtisodchilar tomonidan ko'rsatiladi. To'g'ri soliq munosabatlarida majburiylik mavjud, bu majburiylik demokratiyaning oliy timsoli bo'lmish parlament qarori, qonuni bilan kiritiladi, davlatning qattiq talabi e’tiboriga olinadi. Demak, soliqlardagi majburiylik huquqiy-demokratik me’yorlar asosida Oliy Kengash tomonidan kiritiladi. O`zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa yig`imlar Oliy Majlis tomonidan belgilanadi va bekor qilinаdi. Soliqlаr va yig`imlar bo`yicha imtiyozlar ham O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki u vakolat bergan davlat organlari tomonidan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi hududida umumiy belgilangan soliqqa tortish tartibi, shuningdek, soliq to`lovchilarning ba`zi toifalari uchun belgilangan alohida (maxsus) soliq tartibi amal qilаdi. Soliqqа tortishning umumiy belgilangan tartibi umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar hamda yig`imlarni to`lashni o`z ichiga oladi. Soliq o'z moxiyatidan kelib chiqib uzoq yillarga mo'ljallangan majburiylik munosabatlarini ifodalaydi. Masalan, sovetlar davridagi oborot solig'i 62 yil o'zgarmasdan iqtisodiyotga xizmat qilgan. Respublikamizning soliqlari xam ana shunday uzoq yillarga xizmat qiladigan oddiy, hammaga tushunarli soliqlar bo'lishi kerak. Buning uchun ular Respublika iqtisodiyoti xususiyatlarini to'liq ifoda eta oladigan ilmiy asoslangan bo'lishi kerak. Demak, soliqlar mazmunida uzoq muddatlarga mo'ljallangan majburiy munosabatlari etadi. Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, bu munosabatlar bir tomonda davlat va ikkinchi tomonda soliq to'lovchilar Ya’ni, korxona, birlashma, tashkilotlar va axoli turadi. Shu munosabatlarni tashkil qilishni davlat o'z qo'liga olgan, chunki soliqlar byudjetga daromad bo'lib tushadi, soliq to'lovchilar uchun xarajat bo'ladi. Odatda bu ish to'lovchilar uchun norozilikni tug'dirishi tabiy. Lekin davlat bilan soliq to'lovchilar o'rtasidagi munosabatni xalq saylagan noiblar Oliy Kengashda qonun asosida xal qilib beradilar. Shu bilan soliq to'lovchilarning roziligi olingan xisoblanadi. Shuning uchun xam bozor iqtisodiyotiga o'tgan mamlakatlarda byudjetga to'lovlar soliq asosida bo'ladi. Bunday xolatda xar qanday ishbilarmon ilgaridan qanday soliqlar to'lashligi va uni o'zgarmasligiga ishonadi. Ana shunday sharoitni aniq bilgandan so'ng bizning respublikamizga xam xorijiy ishbilarmonlar kela boshladi. Chunki bizning respublikamizda ular uchun soliq bo'yicha eng qulay sharoit yaratilgan. Soliqlar obyektiv taqsimlash munosabatlari orqali ijtimioy ishlab chiqarishning xamma jabxalarida qatnashadi va ishlab chiqarish munosabatlariga aylanadi. Shunday ekan, ular iqtisodiy bazasini ifodalaydi. Shuning uchun soliqlar orqali ishlab chiqarishni qiziqtirish, tovar ishlab chiqarish va iste’mol ni ko'paytirish yoki bahzi xolatlarda kerak bo'lsa, cheklash maqsadida foydalanish mumkin. Soliqlar faqat davlatniki bo'lganidan ular markazlashgan pul fondiga (byudjetga) tushadi. Boshqa fondlarga tushmasligi kerak. Bizning respublikamizda xamma soliqlar umumiy fondiga tushadi. Undan davlat asosan ijtimioy ximoya va boshqa ijtimoiy zaruriy maqsadlarda foydalanadi. Soliqlar davlatning barcha yo’nalishdagi faoliyati uchun zarur bo’lgan asosiy moliyaviy manbalardan biridir. Soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar davlat va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantiruvchi asosiy vosita xisoblanadi. Byudjet daromadlarining barqaror safarbarligini ta’minlash davlatning moliyaviy mustahkamligidan dalolat beradi va uning zimmasiga yuklangan majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishiga zamin yaratadi. Davlat byudjeti bu davlat pul mablag’larining markazlashgan jamg’armasi bo’lib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlaridan iborat. Davlat byudjeti: respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Respublika byudjeti bu davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdorini o’zida mujassamlashtiradi. Mahalliy byudjet bu davlat byudjetining tegishli viloyat, shaxar va tuman pul mablaglari jamg’armasini tashkil etuvchi, uni shakllantiruvchi bir qismi. Davlat byudjetiga soliqli va soliqsiz daromadlarni o’z vaqtida to’liq tushirish, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, soliq to’lovchilardan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish soliq organlari tomonidan ta’minlanadi. Soliqlar davlat va mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etib, byudjetning xarajat qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy ta’sir ko’rsatish imkonini beradi. . Soliq islohotlari to`g`risida oldindan ogohlantirishlar zarur. Кo`p hollarda tadbirkorlar moliyaviy yil davomida qonungа kiritilgan soliq o`zgаrishlаri to`g`risida kapitallarini joylashtirib va moliyaviy hamda savdo bitimlarini tuzib bo`lganlаridаn keyin biladilar. Bunday soliq o`zgаrishlаri natijasidagi yo`qоtishlаr nаfаqаt biznes sohasida, balki byudjetga soliq tushumlari hajmida ham o`z aksini topadi. Barcha bu omillarni hisobga olish soliq to`lovchilargа soliqlarni rejalashtirish jarayonida moliyaviy mablag`larini tаqsimlаshni mo`ljаllаsh imkonini beradi. Bugungi kunda soliqlarni rejalashtirish imkoniyati soliq qonunchiligining barqaror emasligi va soliq yo`riqnomalаrigа ko`p martalab, yana moliyaviy yilning o`rtasidа, tuzatishlar kiritilishi sababli deyarli yo`qqа chiqаrilаdi. Natijada korxonalar mablag`larining anchagina qismini soliq majburiyatlarini to`lash uchun ajratib, o`zlаri uchun zarur аylаnmа mablag`lar zahirasini o`z vаqtidа to`plаb olish imkoniyatiga ega bo`lmаydilаr. Soliqlar moxiyatini chuqurrok ochishda ularni iqtisodiy moxiyatiga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lishlik maqsadga muvofiqdir. Soliqlarning moxiyatini amaliyotdagi xarakati ularning bajaradigan funksiyalarida ochib beriladi. O’rganish oson bo'lishi uchun soliqlarga qisqacha ta’rif beramiz. Soliqlar faqat byudjetga tushadigan majburiy to'lov bo'lib, davlat bilan soliq to'lovchilar o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimioy, demokratik taqsimlash munosabatlaridir. Soliqlar davlatning paydo bo'lishi Ya’ni quldorlik tuzumidan boshlab mavjuddir. Lekin xususiy mulkchilik tugatilib asosan davlat mulkchiligi bo'lgan sovet davrida soliqlar o'rniga markazlashgan rejalashtirish moxiyatiga mos keladigan majburiy to'lovlar va ajratmalar bo'lgan. U davrida soliqlarni tamomila qoralagan, ularni qo'shimcha ekspluatasiya quroli deb atalgan. Shuning uchun xar qanday iqtisodiyotni boshqarishda xam soliqlarni zarurligini faqat davlatni paydo bo'lishi bilan bog'lash ko'p to'g'ri bo'lmaydi. Soliqlarning zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo'ladi. Shu davrda davlat o'z funksiyalarini to'liq bajarish uchun albatta moliyaviy manbalarga byudjetga jalb qilishning asosiy, balki kelajakda yagona davlatning ananaviy funksiyalaridan tashqari Ya’ni ta’lim tarbiya, xalq xo'jaligini boshqarish, mexnatkashlar xavfsizligini ta’minlashdan tashqari ularni ijtimoiy ximoya qilish xam zarurdir. Buning ustiga mustaqil O'zbekiston o'zining mudofaa kuchlariga xam mablag' bermog'i kerak. Ana shu funksiyalarni moliyaviy mablag' bilan ta’minlash uchun soliqlar zarurdir. Ikkinchi tomondan soliqlarning zarurligini bozor iqtisodiyotining iqtisodiy qonunlari talabidan keltirib chiqarmok zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari nixoyatda xilma-xil bo'ladi va xar bir mulk egasi xox xususiy bo'lsin, xox shirkat bo'lsin teng huquqlidir. Mulk egalarining mulki daxlsizdir. Bunday sharoitda davlat o'z xoxishicha va istagancha ular mulkini davlat mulkiga ajratma yoki boshqa to'lovlar bilan jalb qilib ololmaydi. Bozor iqtisodiyotining moxiyati yuqori erkinlik, demokratiyani ifoda etganligi uchun xar xil mulk egalarining mulkini umumdavlat mulkiga aylantirish yo'li xam faqat demokratik yo'l - soliqlar jalb qilish bo'ladi. Aks xolda bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos kelmaydi. Shunday ekan bozor iqtisodiyoti qonunlarining moxiyatiga tushungan davlat uning binafsha strukturasini yaratadi, turli mulk shaklidagi korxona, birlashma, firma, shirkat, ijara, xususiy korxonalarni ko'paytiradi. Bu esa o'z navbatida davlatga soliq to'lovchilarni ko'paytiradi va soliq obyektini kengaytiradi. Download 154.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling