Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Soliqning asosiy vazifalari va iqtisodiy ahamiyati


Download 154.01 Kb.
bet9/14
Sana08.05.2023
Hajmi154.01 Kb.
#1446091
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Soliq

2.Soliqlarning turkumlanishi
Soliqlarni turkumlash – soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni undirish usullari, qo‘llaniladigan stavkalar turi, soliqlar imtiyozlari va hokazolar bo‘yicha guruhlashdir.
Soliqlarni turlari bo‘yicha turkumlashga bir necha belgilar asos qilib olingan. Xalqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan bevosita va bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish obyektiga va to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liqdir.
Bevosita soliqlar o‘z navbatida, real va shaxsiy bevosita soliqlarga bo‘linishi mumkin. Bevosita real soliqlar deganda shunday soliqlar tushiniladiki, ular mol-mulk yoki daromadlarning turli xillariga solinadi hamda obyektning haqiqatda keltiradigan daromadini hisobga olmasdan, uni taxminiy baholash asosida undiriladi. Hozirgi vaqtda real soliqlarning roli katta emas. Bevosita soliqlarga, masalan, yer solig‘i, hunarmandchilik solig‘i, pul sarmoyalari (qimmatli qog‘ozlar) daromadlariga solinadigan soliqlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning turkumlanishining tasviri quyidagi 22-rasmda aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning turkumlanishi


Bevosita soliqlar bevosita daromad va mol-mulk belgilanadi (soliqqa tortishning bevosita shakli), ya’ni bevosita soliqlarni o‘zil-kesil to‘lovchisi daromad oluvchi (mol-mulkka egalik qiluvchi va h.k.) xo‘jalik subyekti hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va boshqalar) va mol-mulki (erlar, uylar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati bevosita soliqlar obyektidir.
Bevosita real soliqlar o‘rnini borgan sari bevosita shaxsiy soliqlar egallab bormoqda, ular ham jismoniy, ham yuridik shaxslarning hisobga olingan daromadlariga solinadi. Bevosita shaxsiy soliqlar deklaratsiya bo‘yicha undiriladi. Asosan ular uchun progressiv stavkalar xosdir. Bevosita shaxsiy soliqlarga daromad solig‘i, korxonalar foydasidan olinadigan soliq va hokazolar kiradi.
Daromad solig‘i va korxonalar foydasidan olinadigan soliq davlat budjetiga tushumlarning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Korxonalarda shaxsiy daromad solig‘i alohida siylov (chegirma) va imtiyozlarni chegirgan holda undiriladi. Ko‘p mamlakatlarda shaxsiy daromad solig‘i stavkalari 15% dan 40 % ga qadar doirada o‘zgaradi.
Korxonalar daromad (foyda) solig‘iga odatda yuridik shaxslar tortiladi. Odatda qishloq xo‘jaligi korxonalari pasaytirilgan soliq stavkalariga egadir. Daromad (foyda)ga soliq u korxona tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun taqsimlanishiga qadar solinadi. 80-yillardan boshlab amalda barcha mamlakatlarda daromad (foyda) solig‘i stavkalarini anchagina qiskartirish tamoyili ko‘zga tashlanyapti. Chunonchi, AKShda ular 47% dan 34% ga, Yaponiyada 42% dan 37 ga, Buyuk Britaniyada 52% dan 35% ga qadar pasaytirildi.
Bilvosita soliqlar - narx yoki tarifga ustama ko‘rinishida belgilanadigan, tovar va xizmatlardan olinadigan soliqlar. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to‘lanadigan yoki tarifga kiritilgan, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko‘zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, so‘ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli budjetga o‘tkazadilar.
Bilvosita soliq solishda davlat amalda yangi qiymatni taqsimlash ishtirokchisiga aylanib, tovar yoki xizmatlarni sotish paytida ushbu qiymatning bir qismiga bo‘lgan o‘z huquqlarini e’lon qiladi.
Bevosita soliqlardan farq qilib, bilvosita soliqlar bevosita to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bog‘lanmaydi.
Haqiqatda bilvosita soliqni xaridor-iste’molchi to‘laydi. Tovarni ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi shaxs, aslini olganda, soliq yig‘uvchi hisoblanadi. Bilvosita soliqlarning kattagina qismi tovar yoki xizmatlarni narxiga kiritiladi.
Bilvosita soliqlar na daromadni, na oilaviy ahvolni hisobga oladi. Barcha fuqarolar, o‘z daromadlari miqdoridan qat’i nazar, haqiqatda bilvosita soliqlarni to‘laydilar, bilvosita soliq solinadigan hayotiy zarur tovarlarni iste’mol qiladilar va maishiy xizmatlardan foydalanadilar.
Bilvosita soliqlar stavkalari qat’iy (tovar o‘lchov birligida) va foizli (tovar narxi muayyan xissada) ko‘rinishda bo‘ladi. Foizli stavkalar davlatga foydaliroqdir, chunki narx oshirilganda soliq tushumlari ko‘payadi. Soliq stavkalarining ko‘payishi tovarlar narxida ular xissasining o‘sishiga olib keladi.
Bilvosita soliqlar o‘z ichiga aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlarini oladi.
Stavkalarga bog‘liq ravishda soliqlar mutanosib, progressiv va regressiv turlarga bo‘linadi.

Download 154.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling