Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Soliqning asosiy vazifalari va iqtisodiy ahamiyati
Download 154.01 Kb.
|
Soliq
30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish tartibini ishlab chiqish va bu me'yorlarni yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga kiritiladi.
Uchinchidan, ish haqi jamg‘armasiga soliq solishdagi farqlashlarga barham berildi. Jumladan, 2020 yildan budjet va ayrim darajadagi soliq to‘lovchilardan tashqari, barcha sub'yektlar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 4609 ta bunday korxonalarda mehnat qilayotgan 664871 ta fuqarolarning ish haqi jamg‘armasidan kelgusi yili o‘rta hisobda 3 trillion so‘mni tejab qolgan holda, ishlovchilarning real daromadlarini oshirishga yo‘naltirish imkoniyati yuzaga keladi. Prezidentning ushbu farmoni tadbirkorlik sub'yektlari uchun yanada yengilliklar yaratib, mamlakatimizda biznes jarayonlarining jadallashuvi, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va aholining daromadlarini oshishida muhim omil bo‘ladi. Tadbirkorlik sub'yektlari uchun to‘laqonli ravishda teng raqobat sharoitini yaratish uchun keyingi qadam, yaqin kunlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha mavjud imtiyozlarni bekor qilinishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, soliq organlari tomonidan soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish uchun zamonaviy IT-texnologiyalaridan keng foydalangan holda, ko‘proq ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va samarali (aqlli) soliq yig‘ishga o‘tish talab etiladi. Xulosa Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi. Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin: Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir. Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham o'zgarib boradi, soliq ob'ektlarini aniqlash, soliq to'lovchilami hisobga olish ishlari doimo nazorat sifatini rivojlanishi talab qiladi.Jarima va jazo choralari, soliq idoralari tomonidan qonunda belgilangan moddalarga binoan amalga oshiriladi. Soliq to'lovchilaming qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash, balki soliq qonunlami ularga bo'lgan ta'sirlarini qrganish orqali kelib chiqishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish lozimdir.Korxona va tashkilot awalo ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchidir, sqngra esa soliq to'lovchilar bo'lib hisoblanadilar. Davlat o'zining fiskal siyosatini amalga oshirishda asosiy bir soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlariga ro'baro' bo'ladi.Soliq to'lashdan bo'yin tovlash deyilganda keng ma'noda quyidagilar tushuniladi. olingan daromad va foyda yashirish; hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lamaslik yoki umuman to'lamaslik; imtiyozlardan noto'g'ri foydalanish; tegishli hisobotlarni o'z vaqtida to'lamaslik va umuman topshirmaslik; boshqa qoidalardan va taqiqlangan metodlardan bevosita va bilvosita foydalanish kabilardir. Soliqqa oid huquq buzilishi - huquqqa zid bo'lgan, aybli harakat yoki harakatsizlik bo'lib, bu bilan majburiyatlar bajarilmaydi yoki tegishlicha bajarilmaydi, soliq munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buziladi hamda ular uchun yuridik javobgarlik belgilangan. Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka ta'siri juda ham salbiyki, uning natijasida quyidagilarni kelib chiqaradi: davlat byudjeti defitsiti paydo bo'ladi; davlat soliq stavkalarini ko'tara boshlaydi, davlat byudjetini to'ldirish maqsadida yangi soliq va to'lovlar qylab chiqiladi; inflyatsiya darajasi ko'tarila boshlaydi; • davlatning ichki va tashqi qarzlari orta boshlaydi. Yuqorida qayd qilingan sabablarni inobatga olib, soliq to'lovchilarning soliq to'lashdan bo'yin tovlash va uni keltirib chiqaradigan sabablarni soliq xizmati xodimlari doimiy ravishda qrganishlari va bunday holatlarga olib kelmaslik uchun tegishli tashkiliy ishlar, chora va tadbirlarni ко'rib borishlari lozim. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash kabi munosabatlarning kelib chiqish sabablariga quyidagi omillar ta'sir qiladi. Ma'naviy omillar - bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va ta'sirini pasaytiradi. Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi. Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan boshlab hisobga olinishi va boshqalar. Iqtisodiy omillar - bunda soliq to'lovchilar soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida unga bo'ladigan ta'sirlarni qrganadilar. Agarda, soliq stavkasi qanchalik yuqori va qo'llaniladigan jarima summalari qanchalik past bo'lsa, soliq to'lovchi uchun shunchalik soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasi samarali bo'ladi. Albatta, bunday holatlarda soliq soliq to'lovchilar soliq to'lamaslik har qanday yo'llar bilan harakat qilishadi, chunki birinchi tomondan joriy etilgan barcha turdagi soliq va to'lovlarni to'lanishi soliq to'lovchining iqtisodiy holatiga katta ta'sir qilib, uni ahvolini og'irlashtirishiga olib kelishiga ta'sir qilsa, soliq to'lamaslik esa unga o'z iqtisodiy potentsialini saqlab qolishi uchun yagona iqtisodiy yo'l bo'lib xizmat qilishi mumkin. Soliq huquqining huquq tizimidagi tabiatini aniqlovchi me'zonlardan biri huquqiy tartibga solish metodidir, ya'ni bu degani ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta'sir etuvchi usul va turlarining yig'indisidir. Huquqiy tartibga solish metodlarining har biri o'ziga xos xususiyatga ega va ularni umumlashtirgan vaqtdagina huquqiy tartibga solishning maqsad va vazifalari amalga oshadi. Soliq tizimini huquqiy tartibga solish - soliq munosabatlarini tartibga solishni shunday shaklidirki, uning vositasida ular ishtirokchilarining xatti-harakatlari, ya'ni soliq huquqiy sohadagi qonun me'yorlarini ko'zda tutilgan talablariga majburiy talablari va huquqqa yo'l qo'yishlari ko'rinishida namoyon bo'ladigan davlat idorasi o'z ifodasini topadigan o'z huquqi va majburiyatlarining soliq huquqi sub'ektlari tomonidan bajarilishiga muvofiqlashtirdi. Soliq munosabatlarini huquqiy tartibga solish o'z ichiga huquq me'yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik ma'suliyat, huquqiy ong va boshqa shu kabi tarkibiy unsurlarni oladi. Ikkinchi tomondan moliyaviy jarimalarni iqtisodiy jihatdan kuchsiz bo'lgan sub'ektlarga qo'llanilishi, nafaqat uni rivojlanishdan balki undan keyin umuman faoliyat ko'rsata olmaslikka olib kelishi mumkin. Chunki barcha foydasini qarzlarni to'lashga sarflamasa, unga hisoblanayotgan ustama foiz summalar ham tobora oshib boraveradi. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, soliq to'lashdan bo'yin tovlashning barcha formalari, iqtisodiy qsish sur'ati pasayayotgan hamda tanazzulga uchrayotgan mamlakatlarda yuqori darajada bo'ladi. Download 154.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling