Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Tovar ishlab chiqarish har qanday boylikning asosidir
Download 431.69 Kb.
|
ohhhhhhhiri
Mamlakatimizda tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashning rivojlanayotganligini chakana savdo aylanmasi va pullik xizmat ko‘rsatishning yildan-yilga oshib borishida ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etib turgan sharoitda tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida dunyoning hamma mamlakatlarida, hamma hududlarda va ulardagi hamma xo‘jaliklarda, shu jumladan, bizning mamlakatimiz xo‘jaliklarida ham ommaviy ravishda tovar ishlab chiqariladi va ayirboshlanadi, bu jarayondan hamma foydalanadi, oldi-sotdi qiladi. Lekin shu oldi-sotdi bo‘layotgan tovarning ikki xil xususiyatga ega ekanligini, bu xususiyatlarni bilishning bozor ishtirokchilari uchun o‘ta muhim ekanligini hamma ham tushunavermaydi. Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa: maxsulot yoki xizmat ham tovar bo‘lavermaydi. Masalan, dehqonning o‘z tomorqa xo‘jaligida o‘zining iste’moli uchun yetishtirgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ko‘pchilik oilada kishilarning o‘z oilasi uchun qilgan xizmatlari tovar bo‘lmaydi. Tovar bo‘lishi uchun eng avvalo, u bozorda sotish uchun boshqalarning extiyojini qondirish uchun ishlab chiqarilishi, unda ikki xususiyat: naflilik va qiymat mavjud bo‘lishi shart. Demak, tovar bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomonning qiymat va naflilikning birligidan iboratdir. Tovardagi bir-biriga qarama-qarshi turgan bu ikki xususiyat unda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan ya’ni aniq va abstrakt mehnatning natijasida kelib chiqadi. Bunda aniq mehnat tabiat ashyolaridan foydalanib tovarning nafliligini ya’ni kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojini qondirish qobiliyatini yaratadi, ya’ni yerning tuproq unumdorligidan foydalanib, turli xil qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaradi, yer qaridan olingan temirdan turli xil asbob uskunalar, buyumlar, mashinalar yasaydi. O‘rmonda o‘sib turgan yog‘ochlardan uylar quradi, yog‘och buyumlar yasaydi va h.k. Abstrakt mehnat esa uning qiymatini yaratadi. Gap shundaki, mehnatning ikki tomonlama tabiati bir vaqtning o‘zida ro‘y beradi va bir vaqtning o‘zida tovarning ikki xil xususiyati yaratiladi. Tovarning qiymatini va nafliligini, ularning bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomonini, bu ikki tomonning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lib, o‘zgarib turishini, ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda hamda o‘rin almashib, shakl almashib turishini bilmaslik natijasida sifat jihatdan bir-biridan farq qiladigan iqtisodiy jarayonlarni, ularning omillari, manbalari va natijalarini bir-biri bilan adashtirish, ularga bir xil tushuncha deb qarab, chalkashliklarga yo‘l qo‘yish xollarini keltirib chiqaradi. Masalan, tovarning qiymati va nafliligining farqiga bormaslik, ularni aniq ajrata bilmasdan bir xil tushuncha deb qarash nazariy va amaliy jihatdan zararli xulosalar va amaliy harakatlar qilinishiga sabab bo‘ladi. Bunday noaniqlik va chalkashliklar K.Marksgacha yashab, ijod qilgan va undan to hozirgacha iqtisodiy ta’limotlar tarixida ma’lum bo‘lib, ijod qilgan. Agar biz ikki tomonlama yondashuv va taxlil usulini qo‘llab, har bir tovarda va xizmat birligida, binobarin yaratilgan barcha tovarlarda qiymat va naflilik borligini mana shu qiymat va naflilik degan tushunchalarni, ularning kelib chiqish sababi bo‘lgan mehnatning ikki tomonlama tavsifini (aniq va abstrakt mehnatni) ularning harakatidagi o‘zgarishlarni bilsak, uni e’tiborga oladigan bo‘lsak va uni rivojlantirsak, o‘z faoliyatimizda qiymatni ko‘paytirishga emas, aksincha, uni kamaytirib naflilikni ko‘paytirishga harakat qilishimiz zarurligini anglaymiz. Bu narsani to‘g‘ri va aniq tushunish uchun yana bir bor misol bilan ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan, g‘alla, paxta, sabzavot ekayotgan xo‘jalik ularni ekish, o‘stirish, parvarishlash va nihoyat yig‘ib olish uchun mehnat, moddiy, pul xarajatlarini amalga oshiradi. Bunda turli darajadagi xo‘jalik uchun, jumladan dehqon uchun yetishtirayotgan turdagi mahsulotning hajmi va sifatini oshirish muhimdir, xarajatlarni esa iloji boricha kamroq sarflash, binobarin, qiymatni pasaytirish asosiy maqsad bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar bo‘lishi uchun unda ikki xususiyat mavjud bo‘lishi shart. Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan, ya’ni oldi-sotdi jarayonidan o‘ta oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Buyumning iste’molga yaroqli ekanligi uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Demak, tovarning nafliligi deb uning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojlarini qondira olish qobiliyatiga aytiladi. Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmonda yolg‘iz yashaydigan cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo‘llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Tovarlar nafliliigini to‘g‘ri tushunishda naflilikning ijtimoiyligini tushunish muhim hisoblanadi. Tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan maxsulotning hammasida naflilik mavjud bo‘lishi mumkin. Lekin tovar sifatida ishlab chiqarilgan maxsulot faqatgina o‘zining emas, boshqalarning extiyojini qondirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Chunki tovar o‘zi uchun emas, boshqalarga sotish uchun ishlab chiqariladi. Shuning uchun tovar ayirboshlash (oldi-sotdi) rivojlanishi bilan tovardagi naflilik ham ijtimoiy tus oladi, ya’ni u oddiy naflilik tushunchasidan “ijtimoiy naflilik” tushunchasiga aylanadi. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday tovar ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. Masalan, sifatsiz, keraksiz ishlab chiqarilgan yoki keragidan ortiqcha ishlab chiqarilgan tovarlar nafliligi jamiyat uchun, bozor uchun keraksiz bo‘lib, tan olinmaydi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi. Download 431.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling