Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Tovar ishlab chiqarish har qanday boylikning asosidir


Download 431.69 Kb.
bet1/18
Sana23.12.2022
Hajmi431.69 Kb.
#1047646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ohhhhhhhiri




MUNDARIJA:

KIRISH................................................................................................3
ASOSIY QISM
I BOB. TOVAR ISHLAB CHIQARISH HAR QANDAY BOYLIKNING ASOSIDIR

    1. Tovar tushunchasiga umumiy tavsiflar....................................5

    2. Qiymat to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar................................13

    3. Tovar va uning xususiyatlari haqidagi nazariyalar................19

II BOB. TOVAR ISHLAB CHIQARISH ASOSLARI

2.1. Xaridorlar tomonidan tovarga qo’yiladigan talablar va tovarning hayotiylik davri..................................................................27
2.2. Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning o’rni..............33
2.3. Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi...................................41

XULOSA...............................................................................................46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................47
KIRISH

Isoniyat tarixiy taraqqiyotining ko‘pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo‘ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi yemirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.


Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o‘rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha bo‘ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Ana shunday tarixiy iqtisodiy jarayonlardan biri tovar-pul munosabatlari bo‘lib, hozirgi davrda uning o‘rni va roli yanada oshib dolzarblik kasb etmoqda.
Tovar murakkab, koʻp nuqtai nazarli tushuncha, tovarning iste'mol xususiyatlari insonlar biror bir chtiyojini qondirish qobiliyatini tashkil ctadi.Tovar tahlilida vazifaviy belgilanish – inson organizmi uchun zararsizliligi, muddatliligi, foydalanishda qulayliligi, tashqi koʻrinishining estetikliligi, ekologik tozaligi, idishga joylanishi, xizmat koʻrsatish, kafolat, normativ texnik hujjatlar, yoʻriqnomalar kabi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Tovarning iste'mol qiymatiga tovarning barcha xususiyatlari kiradi. Xaridorlar ehtiyojlarini qondirishi va boshqa xususiyatlarini tahlil qilish natijasida aniqlangan tovar sifat koʻrsatkichlari talablarga qanchalik mos kelsa, uning iste'mol qiymati shunchalik baland bo ladi. Tovar bilan bogʻliq holdagi muhim masala uni normativ texnik talablar asosida ishlab chiqarish va oldindan aniqlangan, boʻlajak xaridorlarning ayrim maqsadiy guruhlariga aniq moʻljallab loyihalashtirishning zarurligidir. U tor yoki keng guruh boʻlishi mumkin. Bundan tashqari tovar xaridorlar segmenti talablariga javob berishi zarur. Eksport tovarlarini ishlab chiqarishda kelajakda bu talablarning oʻzgarish ehtimollari borligini koʻzda tutish zarur. Faqat shundagina tovar muvaffaqiyatli eksportni, uning yuqori iqtisodiy samaradorligini kafolatlashi mumkin.
Marketingda tovar avvalo kerakli ehtiyojni qondirish uchun “vosita" sifatida koʻriladi. Bu talabga muvofiq tovarlar ikki guruhga boʻlinadi:
- shaxsiy iste'molga moʻljallangan;
- ishlab chiqarish uchun moʻljallangan.
Tovarshunoslik nuqtai nazaridan ishlab chiqarishga moʻljallangan tovarlarni qanday texnologiyalar asosida ishlab chiqarilishini koʻzda tutgan holda nisbiy qiymatlari boʻyicha guruhlarga ajratish mumkin. F.Kotler oʻzining “Marketing asoslari" kitobida ishlab chiqarishga moʻljallangan tovarlarni uch guruh, ya'ni materiallar va detallar, kapital mulklar va yordamchi materiallar hamda xizmatlar guruhlariga ajratgan. Materiallar va detallarning oʻzi 3 guruhga boʻlinadi: xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va detallar. Bular tovarlar ishlab chiqarilishida toʻliq ishlatiladi. Yarim tayyor mahsulotlar va detallar yakuniy mahsulot tarkibiga hech qanday oʻzgarishsiz toʻliq kiritiladi. Kapital mulklar tayyor buyumda qisman mavjud boʻlgan tovarlardir. Ularni ham 3 guruhga boʻlish mumkin: koʻchmas inshootlar, koʻchmas uskunalar va yordamchi uskunalar. Koʻchmas inshootlar imoratlarni namoyon qiladi. Koʻchmas uskunalar oʻz ichiga generatorlar, kompyuterlarni oladi. Yordamchi uskunalar esa zavodning ko'chib yuruvchi uskunalarini oladi. Yordamchi materiallar 2 turga boʻlinadi: (moylovchi moy, koʻmir, qogʻoz va hokazolar) shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish va ta'mirlash uchun foydalaniladigan materiallarga (boʻyoqlar, mixlar, choʻtkalar va hokazolar).

Download 431.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling