Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Tovar ishlab chiqarish har qanday boylikning asosidir


Download 431.69 Kb.
bet18/18
Sana23.12.2022
Hajmi431.69 Kb.
#1047646
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ohhhhhhhiri

Superkonservatorlar - bu iste'molchilarning shunday guruhiki, ular har qanday o’zgarishlarga shubha bilan qaraydilar, ular yangi tovarlarni faqatgina o’zlarining an'analariga va odatlariga mos kelgandagina sotib oladilar.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda supernovator va novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini o’rganishlari kerak.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, tovar bozorning eng muhim elementi bo‘lib xizmat qiladi. Tovar bo‘lmasa albatta bozor ham bo‘lmaydi, bozor bo‘lmasa iqtisodiyotda o‘sish ham bo‘lmaydi. Bozorga ta’rif berishda, uni sotuvchi va xaridorlarning munosabatlarini tartibga soladigan joy deyiladi. Bu munosabatlar esa tovar orqali yuzaga keladi.
Yuqorida kurs ishi orqali tovarning xususiyatlari, tovarga qo‘yiladigan talablar, tovar haqidagi nazariyalar, bozorga yangi tovar olib chiqishda nimalarga ahamiyat berilishi, xaridorlarning tovar tanlashdagi qarashlarini yoritdim.
Iqtisodiy nazariyada tovar deb mehnat faoliyati natijasida bozorda almashinuv uchun yaratilgan mahsulot yoki xizmat turlari tushuniladi. Hozirgi davrda tovar deb oldi-sotdi natijasida iste’mol qilish uchun xarid qilingan barcha narsalar tushuniladi. Bular tabiiy resurslar, ishchi kuchi, mehnat vositalari, mahsulot va xizmatlar, axborot va h.k.lardir. Har qanday mehnat natijalari ham bozorda tovar boʻlavermaydi. Bozorning mohiyati ham shundan iborat: taklif qilinayotgan barcha narsalarni xarid qilish mumkin, sotish esa birmuncha qiyin. Buning uchun sotuvchi mahsulotini maqtab, xaridorlarni oʻziga jalb qila bilishi kerak. Jamiyat boyligi uning a'zolari tomonidan yaratilgan barcha tovarlar va xizmatlar bilan oʻlchanadi. Alohida tovar esa boylikning elementar formasi, ya’ni tashkil qiluvchisidir. Tovarning bozorda tezda sotilib ketish yoki ketmaslik muammosi uning iste’mol qiymati, almashinuv qiymati va qiymati xususiyatlari bilan bogʻliqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


  1. Sh. Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – “Toshkent” nashriyoti, 2020-yil.

  2. Olimjon Abdullayev, Janoboy Isaqov, Doniyor Abdullayev, Odiljon O‘rinboyev. Makro-mikro iqtisodiyot asoslari: O‘quv qo‘llanma. – “Cho‘lpon” nashriyoti, Toshkent-2004.

  3. Sh.A.Tursunov, Sh.B.Rashidova. Menejment va marketing asosolari: O‘quv-uslubiy qo‘llanma: Toshkent, 2014-yil.

  4. Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.



  1. Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005.

  2. Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005.




  1. https//: stat.uz



  1. https//: fayllar.org



  1. Www.logaster.ru




1 Borisov. Y. F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-е izd., pererab i dop. - М.: TK Belbi, Izd-vо Prospekt, 2005, s.144.2 Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik. - Izd, ispr i dop. / Pod obsh. red. аkad. V.I. Vidyapina, А.I.Dobrinina, G.P..Juravlevoy, L.S.Таrasevicha. – М.: INFRA-М, 2005, s.143.

2 O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma‘lumotlaridan olindi

34 Tovar qiymatini mеhnat bilan aniqlashga yondashuvlarida ma'lum farqlar mavjud bo‘lsada, ularga A.Smit,
D.Rikardo, U.Pеtti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.
5 Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – М.: ТК Bebli, Izd-vо Prospekt, 2005, s.129.

46 Kеyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo‘llashda mualliflar tomonidan ko‘plab mulohazalarga borildi.
Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda bu atamaning turli variantlari («mе'yoriy naflilik», «mе'yoriy
foydalilik», «chеgaraviy naflilik», «chеgaraviy foydalilik» va h.k. ) qo‘llanib kеlmoqda. Biroq, bu atamalar lug‘aviy
tarjima sifatida o‘rinli qo‘llanilgan bo‘lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Kеyingi
qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko‘proq mos tushadi. Bobning bayon etilishini osonlashtirish
maqsadida kеyingi o‘rinlarda qo‘llaniluvchi «so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi», «qo‘shilgan miqdor nafliligi»,
«kеyingi qo‘shilgan naflilik» kabi iboralar bir xil ma'no kasb etadi.


Download 431.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling