Mundarija: kirish asosiy qism I bob. Tovar ishlab chiqarish har qanday boylikning asosidir


II BOB. TOVAR ISHLAB CHIQARISH ASOSLARI


Download 431.69 Kb.
bet10/18
Sana23.12.2022
Hajmi431.69 Kb.
#1047646
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
ohhhhhhhiri

II BOB. TOVAR ISHLAB CHIQARISH ASOSLARI

2.1. Xaridorlar tomonidan tovarga qo’yiladigan talablar va tovarning hayotiylik davri
Bozorni o'rganish hammadan avval tovarning iste'mol xususiyatlari bilan pullik tanishishni koʻzda tutadi. Iste'molchilar ehtiyojini qanoatlantiruvchi tovarlar iste'mol qiymatining miqdori, tovarming ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi oʻrni, uning talab va taklifining xususiyatlarini aniqlashga imkon heradi.
Ishlab chiqarilgan tovarlarga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar:
1. Tovarning sifati uning raqobat qobiliyatining asosiy belgilaridandir. Tovar sifati o'z ichiga mahsulot sifatining texnik normativ ko'rsatkichlari; ishlab chiqaruvchi texnologiyasining sifati va mahsulotdan foydalanish tavsifi, ishonchlilik va uzoq muddatlilik, chidamlilik darajalarini oladi.
2. Tovarning raqobat qobiliyati mahsulotning iste'moli va xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq iste'molchilar ehtiyojini qanoatlantirishi, uni xarid qilish va undan foydalanish darajalari boʻyicha o'xshash mahsulotlardan farq qiluvchi ta'riflarining yigʻindisidir.
3. Tovarning ekologik tozaligi uning atrof-muhitni himoya qilish va ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga mos kelishi bilan belgilanadi.
4. Tovarning ergonometrik koʻrsatkichlari kishi organizmining fiziologik xossalari va xususiyatlarini hisobga olish bilan bogʻliq bo'lib, u gigiyenik (yorugʻlik, zaharlilik, shovqin, tebranish va boshqalar), antenometrik (buyum shakli va konstruksiyasining kishi gavdasi oʻlchamlari va konfiguratsiyasiga mosligi) talablarga rioya qilishga qaratilgan.
5. Tovarning estetik koʻrsatkichlarini mahsulotning tashqi shakli va koʻrinishi, uni joylash va oʻrash, iste'molchiga ta'sir etuvchi dizayni, jalb qilishi, ta’sirchanligi, hayajonlantiruvchanligi belgilaydi.
6. Tovarlar sifati darajasini aniqlashda mahsulotni tovar shaklida joʻnatishga mo'ljallangan omillar sherik mamlakatlar qonunchiligi tomonidan qabul qilingan sifat standartlari va sertifikatlariga albatta mos kelishi kabi me'yoriy, normativ va metodik hujjatlar hisobga olinadi.
7. Patent tozaligi va tovarning patent himoyasini ta’minlash uning sifatini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan oʻziga xos texnik qarorlar orqali faqat ishlab chiqaruvchi korxona ishlah chiqaruvchilari tomonidan yoki boshqa firmalarda litsenziya boʻyicha xarid qilingan patent tozaligi ta'minlanadi. Ushbu texnologiya boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga imkon beruvchi litsenziyali bitim mavjud boʻlganda ishlab chiqaruvchi korxona bitimda tovami cksport boʻyicha yetkazib berish huquqi kelishib olinmagan boʻlsa, uni faqat o'z ichki bozorida sotish uchun ishlab chiqarishi mumkin. Patent tozaligining yoʻqligi mahsulot raqobatdoshligini qobiliyatsiz qilib qoʻyadi, bu eksport faoliyatining rivojlanishi uchun jiddiy to'siq boʻladi.
8. Tovarning raqobat faoliyatida ushbu tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning, shuningdek, tovarni xaridorlarga sotuvchi firmaning tijorat va savdo xodimlarining imidji, nufuzi hamda tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatning obro'si muhim oʻrin egallaydi. Bozorda xaridorlar tomonidan tovar belgisining tan olinishi firma nufuzi koʻrsatkichlari darajasini ortishida katta rol oʻynaydi. Bunday firmaning bozorda shu tovarni sotishning umumiy hajmidagi ulushi sotuvning oʻsish tezligiga xizmat qilishi mumkin. Koʻrsatilgan barcha talablar tovar narxiga ta'sir etadi va uning raqobat qobiliyati darajasini aniqlashga imkon beradi.
Tovarning hayotiylik davri
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har bir tovar ilmiy-texnik rivojlanish orqali yangilanish va oʻzgarishga ega ekanligidan kelib chiqadi. Tovar bozor barqarorligini ta'minlash bilan birga bozorda ma'lum belgilangan vaqt ichida «yashaydi», soʻng ertami yo kech yanada mukammalroq va nufuzliroq yangi, boshqa tovar tomonidan bozordan siqib chiqariladi. Tovarning hayotiylik davri oʻz ichiga:
- tovarning yaratilishi va tatbiq etish;
- yuksalish;
- yetuklik;
- toʻyinish;
- pasayish kabi bosqichlarni oladi.
Tovarning yaratilishi va tatbiq etilish bosqichida, odatda uning savdosi zarar keltiruvchi hisoblanadi. Sotish hajmi qoidaga koʻra marketing va reklama xarajatlari yuqori boʻlganligi uchun uncha katta boʻlmaydi. Shu bilan birga davrning foydaliligi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishda keyingi bosqichlarning natijaligi bilan belgilanadi. Yuksalish tovarning xaridorlar tomonidan tan olinishidir. Shundan soʻng bu tovarga talab kuchayadi, sotish va foydalilik ortadi,xarajatlar, ayniqsa, reklama barqarorlashadi.
Tovarning yetukligi xaridorlar tomonidan xarid qilib boʻlganligi bilan ta'riflanadi. Shuning uchun sotishning oʻsish sur'ati pasayadi, marketing tadbirlariga xarajatlarning o'sganligi sababli foyda sekinlik bilan oʻsadi. Tovarning bozor talablariga toʻyinishi, narxlarning pasayishi tovar sotilishi oʻsishining pasayishiga olib keladi. Savdo foydaliligi ishlab chiqarish xarajatlarining kamayganligi, texnologiyadan yanada toʻliqroq foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, yaroqsiz. mahsulotni kamaytirish hisobiga davom etishi mumkin.
Sotishning pasayishi tovarni sotish va foydani keskin qisqartirish davridir. Tovarni zamonaviylashtirish, narxlarni kamaytirish, servis xizmatini yaxshilash va boshqa tadbirlar vositasida alohida hollarda toʻliq pasayishning oldini olishga va hatto tovarni ikkinchi toʻyinish bosqichiga olib chiqishga erishiladi.
Bosqichdan bosqichga oʻtish keskin sakrashlarsiz kechadi. Marketing xizmatida bosqichlar chegarasini payqab olish, firmaning marketing dasturiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish, marketing harakatini qayta taqsimlash uchun sotish va foyda sur'atining oʻzgarishini diqqat bilan kuzatish uchun oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlarni koʻrish kerak. Ayniqsa, toʻyinish va pasayish bosqichining oʻz vaqtida payqab olinishi muhim ahamiyatga ega, chunki bozorda ortiqcha tovarni ushlab turish firmaga zarar keltirib, uning obroʻsizlanishiga olib keladi. Tovarning hayotiylik davri muddatini aniqlash marketing elementlarini oʻz vaqtida tatbiq etishni ta'minlaydi.
Tovarning dizayni
Tovarga nafaqat iste'mol mahsulotlariga mos keluvchi, balki keyinchalik shu tovarga qaraganda koʻzlarni quvontiradigan tashqi shakl berish gʻoyasi deyarli yangilik emas.
Kishilik tarixining turli davrlarida tayyor tovarlar va buyumlarning sof texnik sifatlari va tashqi koʻrinishlari oʻrtasida vujudga kelgan nishatlarni kuzatish qiziqarli. Dastlab qilichlar, qurol-aslahalar faqat vazifaviy xarakter va shaklga ega edilar. Keyinchalik ularning ba'zilari qimmatli metall va toshlar bilan bezatila boshlandi. Vaqt oʻtishi bilan ular jang qurollaridan tantana marosimi jihozlariga aylandi.
Insoniyat doimo atrofidagi buyumlarning chiroyli, oʻz zamonasi, didiga mos boʻlishiga harakat qilgan. XX asrda texnikaning rivojlanishi xalqaro raqobatning kuchayishi va deyarli barcha bozorlarning tovarga toʻlib ketish holati katta ahamiyat kasb eta boshladi. Musavvirlar XX asrning 20-yillaridayoq yangi buyumlarning rivojlanishida faol ishtirok etdilar.
Ikkichi jahon urushidan keyingi yillarda sanoat dizayni mutlaqo mustaqil sohaga aylandi. U mohiyatiga koʻra yangi buyum va buyumning eskisini takomillashtirish jarayonida iste'molchining o'zaro moddiy, vazifaviy, madaniy, ruhiy aloqalariga mos kelishini ta'minlaydi. Yangi buyumni sanoat dizayniga moslab konstruksiya qilishda ishlab chiqarishning barcha tomonlari bevosita ta'sirga ega va aksincha, sanoat dizayni sanoat buyumiga, uning yaratilishi va sof texnik faoliyat yuritishiga ta'sir koʻrsatadi. Buyum staylingini ishlab chiqishda bu buyumdan foydalanish, uning xavfsizligi, qulayligi va foydaliligi kabi tomonlari katta rol oʻynaydi.
Sanoat dizayni oʻz ichiga inson va buyum oʻrtasida mavjud boʻlgan barcha oʻzaro aloqalar va oʻzaro bogʻliqliklarni oladi. Bu oʻzaro aloqalarni tahlil qilish uchun mutaxassislar kishining ruhiy va fiziologik tadqiqotlari ma'lumotlaridan foydalanadilar. Ularning maqsadi shaklni uning vazifasiga mos boʻlish kafolatini ta'minlashdir. Tovarni yaratishda tovarning shakli, koʻrinishi, uning vazifasiga bogʻliqligi hamda iste'molchi talabi hamma vaqt hisobga olinishi kerak.
Nufuzli tovarlar dizaynini ishlab chiqarishda kishilar aniq tovarlarni talablarga mos kelganliklari uchun emas, halki ushbu buyumlarning tashqi koʻrinishi xaridorning ijtimoiy holatiga javob berganligi uchun xarid qilishlarini unutmaslik lozim.
Texnik buyumlanga kelganda ularming tashqi koʻrinishi kasbning yuqori darajasi va texnikasiga mos kelishi lozimligini ta’kidlash joiz. Sanoat dizayni uchun rang tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu yerda albatta uning organizmga ta'siri, ruhiy holatlar muhim o'rin tutadi. Ranglarni tanlashda ularning xislatlari, turlari, ochiqligi va yaltirashiga e'tibor qaratish kerak. Ruhiy tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, oʻrtahol kishi uchun har qanday rang alohida xususiyatga ega.
Gap buyumning rangini tanlash haqida borar ekan, ba'zi korxonalarda alohida firma rangi mavjudligini qayd etib oʻtish lozim boʻladi. Masalan, G'arbiy Yevropaning ko'pgina firmalari oʻz buyumlari uchun aniq ranglarni tanlab olganlar. Germaniyaning “Nivea" firmasida pardoz tovarlari uchun koʻk-oq birikmadagi ranglar tanlangan. (1-2-rasm).









Download 431.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling