O’quv va didaktik materiallar amaliyot o’qituvchisi tomonidan qanday qilib tayyorlanishi mumkin?
O’quv va didaktik materiallar umuman olganda tijorat firmalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Deyarli har bir kasb sohasi uchun kamida bitta o’quv kitobi yaratilgan. Hattoki, ham milliy, ham xalqaro bozorda amaliy kurslar uchun bir qancha kurs materiallari mavjud. Amaliyot o’qituvchisi vazifasi birinchi galda kutubxonalarda istalgan materiallar borligini tekshirishdan iboratdir.
Agar manbalar mavjud bo’lsa...
Agar o’quv va didaktik materiallar mavjud bo’lsa, u holda amaliyot o’qituvchisi ushbu mavjud mavzularning rejalashtirilgan maqsadlari va mazmunlariga mos kelish-kelmasligini tekshirishi kerak.
Moslashtirish paytida quyidagi savollarga e’tibor qaratish lozim:
Manbalarda mauayyan mehnat sohasi uchun dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar kabi mazmunlar bormi?
Manbalar „o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar“ va „o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar“ darajalaridagi mazmunlarga egami yoki yo’qmi?
Materiallar bilim berishga qaratilganmi yoki ko’nikmalar hosil qilishga mo’ljallanganmi?
Ushbu mulohazalardan keyin amaliyot o’qituvchisi materialning dars uchun yoki instruktaj uchun mosligini belgilaydi. Materiallar (kurrikulumda ko’rsatilgan) maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishi lozimligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |