Mundarija kirish. Asosiy qism kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar O’quv didaktik materiallarning turlari


Download 220.04 Kb.
bet2/14
Sana19.06.2023
Hajmi220.04 Kb.
#1612459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISHDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH

Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunga kelib uzluksiz ta’lim sharoitida pedagog kasbi eng ommaviy kasbga aylanib qoldi. Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonga tajribali va iste’dodli pedagoglarni jalb qilishni taqozo etadi. Ushbu dolzarb muammoni hal etishda, ya’ni davlat ta’lim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari «oddiy» pedagoglar tomonidan faqatgina zamonaviy o’qitish texnologiya va o’quv-didaktik hamda vizual vositalarni qo’llab didaktik jarayonni tashkil etish va obyektiv boshqarish orqali ijobiy amalga oshirilishi mumkin.
Tadqiqot obyekti – Pedagogikani o’qitishda foydalaniladigan didaktik materillar va ularning turlari
Tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonida sifatli natijaga erishishga imkon yaratadigan didaktik qoidalar va vositalar
Tadqiqot maqsadi – pedagogika fanini o’qitishda o’quv-didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikka erishishning pedagogik jihatlarini o’rganish
Tadqiqot farazi – didaktik jarayonning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash o’qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi. O’quv jarayonini loyihalashning asosiy bosqichi hisoblangan maqsadga erishilganlikni obyektiv nazorat qilish shakl va uslublarini yaratish va uni amalga oshirish kafolatli natijaga erishishni ta’minlaydi, ya’ni:
- o’quvchilarda nazariy materiallarni tasavvur qilib o’rganish imkoniyati yuzaga keladi;
- o’quv materiallarini vizuallashtirish orqali o’quv materialini o’rganish nisbatan motiv yuzaga keltiriladi;
- ta’lim-tarbiyadan kutilgan natijalarga erishish barcha o’qituvchilar uchun yetarli darajada ta’minlanadi.
Qo’yilgan maqsad va farazlarga asoslangan holda tadqiqotning vazifalari quyidagicha belgilandi:
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalarni yoritish;
O’quv - didaktik materiallarning turlarini o’rganish;
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash va foydalanish yo’llarini o’rganish.


ASOSIY QISM
1.Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar

Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi -pedagogikaning bir bo’limi bo’lib, u ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, sosiologiya va mehnat ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Bugungi kunda unga sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining maxsus savollari qarashlidir.


Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining bo’limlari juda keng.
Bu bo’limlar umumiy kasb-hunar ta’limi pedagogikasining asoslarini va asosiy savollarini, kasb-hunar maktab ta’limi pedagogikasi, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi qiyosiy pedagogikasi, hunar yo’nalishi didaktikasi, mutaxassislikni qayta tiklash (reabilitasiya), shuningdek uchinchi dunyo mamlakatlaridagi kasb-hunar ta’limining asosiy masalalarini o’z ichiga qamrab olgan.
Bundan tashqari, ular kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixilogik shart-sharoitlarini, kasb-hunar ta’limi nazariyasini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi huquqini ham qamrab olgan.
Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda «Educational Technology» (ta’lim texnologiyasi) deb nomlanuvchi «kasbiy pedagogikasiga» o’xshash fan mavjud, ammo ularning mazmunida hyech qanday bevosita o’xshashlik yo’q. Bu fanda ham shunday mavzular berilgan: masalan, «audio-vizual vositalar», «o’quv jarayoni», «ta’lim metodlari va strategiyasi», «baholash texnikasi» va boshqalar.
«Ta’lim texnologiyasi» - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning sistematik yo’li bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda, insonlarning o’rganish qobiliyati va insonlar o’rtasidagi muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirish uchun jonli, jonsiz resurslar bilan shug’ullanishga asoslangan."
«Didaktika" tushunchasi nimani bildiradi?
«Didaktika» tushunchasi (grekcha «didaskein») «O’qitish va o’qish nazariyasi» degan ma’noni bildiradi.
Didaktika nazariy dars va instruktaj o’tkazishning maqsadi, mazmuni, metod va shart-sharoitlarini belgilaydi.

Download 220.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling