Mundarija kirish. Asosiy qism kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar O’quv didaktik materiallarning turlari
Download 220.04 Kb.
|
PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISHDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Қайси усуллар ёрдамида ўқитиш керак
- Kimlar
- Faoliyat sohasi” tushunchasi
Дидактик харакатлар:
тайёргарлик кўриш -ўтказиш-баҳолаш- Натижалар кандай баҳоланади? Укишни кандай ташкил килиш керак? Ўкишни қандай шароитда ўтказиш керак? Қандай мазмунларни ўқитиш керак? Кимлар ўқитади? Кимларни ўқитиш керак? Қандай мақсадларга эришиш керак? Қайси усуллар ёрдамида ўқитиш керак? Ular o’zaro bog’liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o’qitish tadbirlari modeliga asoslangan. Ya’ni ular mashg’ulot jarayonida yoki ish o’rnida o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. Ular biror jarayonning barcha elementlarini qamrab oladi, misol uchun aniq bir nazariy darsni yoki instruktajni o’tkazish uchun «Tayyorgarlik ko’rish-O’tkazish-Baholash» kabi harakatlar kerak. Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog’langan: Kimlar o’qitadi? Kimlarni o’qitish kerak? O’qitish orkali qanday maqsadlarga erishish kerak? Maqsadlarga erishish uchun qanday mazmunlarni o’qitish kerak? Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o’qitish kerak? Nazariy yoki amaliy dars qanday sharoitda o’tkazish kerak? O’qishni qanday tashkil kilish kerak? Ko’zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi? Nazariy bilimlarni o’qitish bo’yicha quyidagi didaktik xatti-harakatlarni ko’rsatish mumkin: Nazariy dars yoki instruktajga oid dastlabki shart-sharoitlar va tayyorgarlikni baholash O’quv maqsad va o’quv mazmunlarni belgilash Nazariy dars va instruktaj rejalarini ishlab chiqish O’quv-didaktik materiallarni tayyorlash Nazariy dars va instruktajlarni o’tkazish Nazariy bilimlarni baholash Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni o’qitish sohasida tegishli bosqichlarga bo’linishi mumkin. Bu yerda bizga «Mukammal kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida «Yo’naltiruvchi tekst usuli» nomi bilan aytiladi. Bu 6 bosqichni o’quvchilar har bir amaliy ish-harakatni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat (kerak bo’lganda) instruktorning rahbarligida: Ma’lumot yig’ish O’quvchi berilgan ish topshirig’ini taxlil qiladi va kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig’adi. Reja tuzish O’quvchi mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan iborat ish rejasini tuzadi Qaror qabul qilish O’quvchi o’qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qiladi. Amalga oshirish O’quvchi ish rejasi asosida ishni mustaqil bajaradi Tekshirish O’quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash varog’i»ni to’ldiradi. Xulosa chiqarish O’quvchi va o’qituvchi birgalikda ish jarayonini, shuningdek, ish natijalarini taxlil kiladi va xulosa chiqaradi. “Faoliyat sohasi” tushunchasi: Amaliyot o’qituvchisi va nazariya o’qituvchining turli hil vazifalaridan tipik vazifalalarini ajratish mumkin. Ular ta’limga oid faoliyat bilan o’zaro bog’liq. O’zaro bog’liq bilimlar, strategiya, texnika va tadbirlardan iborat bunday tuzilishni (strukturani) biz «faoliyat sohasi» deb nomlaymiz. Ammo buni o’qituvchi yoki instruktorning yuqorida ko’rsatilgan didaktik xatti-harakatlar bilan adashtirish mumkin emas, chunki didaktik xatti-harakatlar aynan nazariy dars yoki instruktajlarning sikli bilan bog’liqdir. Faoliyat sohasi ko’proq narsani o’z ichiga oladi. Faoliyat sohalarini belgilashdan maqsad - o’qituvchi va amaliyot o’qituvchining turli hil vazifalaridan tipik vazifalarini ajratish va ta’riflash. Bunday faoliyat sohasi turli vazifalar miqdorini o’z ichiga olishi mumkin, ya’ni u keng ham tor ham bo’lishi mumkin. Albatta, faoliyat sohasi o’z ichiga didaktik xatti-harakatlarni qamrab olgan, lekin bu harakatlar uning faqat bir qismini tashkil qiladi. Seminarning keyingi bo’limlarda o’quv materiali faoliyat sohalarga bo’lingan. Biz faoliyat sohalarini keng ko’lamli qilib tuzdik va ulardan mazmunlarni tuzish asosi sifatida foydalandik. Nega deganda, bu shakl bilimlarni amaliyotga yakin ravishda o’kitishni osonlashtiradi. Shuningdek, faoliyat sohalari esa o’z navbatida yanada bo’linib, o’qituvchi va instruktorning topshiriklarini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi. Download 220.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling