Mundarija: Kirish Asosiy qism


Neft va gaz quduqlarini ishlatish usullari


Download 116.79 Kb.
bet5/11
Sana31.01.2024
Hajmi116.79 Kb.
#1829527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi nasoslar

Neft va gaz quduqlarini ishlatish usullari

Quduqlarni ishlatish jarayonini asosi neft yoki gazni yer yuzasiga ko’tarib
chiqarish bilan bog’liq. Neft yoki gazning quduqqa nisbatan oqimi qatlam va quduq tubi bosimi ayirmasi orqali ta’minlanadi. Quduqdan mahsulot ko’tarilishi tabiy energiya Wtab yoki tashqaridan beriladigan Wtash energiya ta’sirda bajariladi. Suyuqlik gaz aralashmasi quduqdan ko’tarilgach, maxsus ustki uskunalardan o’tib gaz ajratgichga, saqlagich-o’lchov moslamasiga va undan kon quvurlarigayo’naltiriladi. Aralashmaning kon quvurlari orqali harakatni ta’minlash uchun quduq ustida teskari bosim saqlab turiladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib quyidagi energetic balans (muvozanat)ni tuzish
mumkin:

W1 + W2 + W3=Wqat+Wtash

Bu yerda: W1 – suyuqlik va gazning quduq tubidan quduq ustigacha sarflanadigan energiya; W2 – suyuqlik va gazning quduqning ustki uskunasidan o’tishga sarflangan energiya; W3 – quduq ustidan keying quvurlar orqali suyuqlik va gazharakatini ta’minlashga sarflanadigan energiya. Agar gaz –suyuqlik aralashmasi yer yuzasiga faqat tabiy energiya hisobiga ko’tarilsa (yani, Wtash =0) quduqlarni ishlatishning bunday usli favvorali usul deyiladi. Agar quduq mahsuli yer sirtiga qatlam energiyasi yordamida ko’tarilmasa, yani mahsulni ko’tarishda turli mexanizimlardan foydalanilsa yoki, tashqaridan energiya kiritlsa (yani, Wtash ≠ 0) qazib olishning bunday usuli quduqlarni ishlatishning Mexanizasiyalashtirilgan usuli deyiladi. Agar suyuqlik ko’tarish uchun quduq siqilgan gaz yoki havo haydalsa, gaz yoki havo kompressorlar yordamida siqilgani sababli ishlatishning kompressorli usuli deyiladi. Quduqlarni kompressorli ishlatishda ishchi agent sifatida gaz qo’llanilsa gazlift(gas-gaz, lift- ko’targich, gazlift- gazli ko’targich )quduqlari ishchi agent sifatida havo qo’llanilsa erlift(air-havo, liftko’targich, havo ko’targich) quduqlari deb yuritiladi. Gazlift quduqlarini ishlatishda yuqori bosimli gaz do’ppisi energiyasidan foydalanib, quduqqa siqilgan gaz haydab ishlatish kompresor gazlift usuli deb yuritiladi. Suyuqliklarni turli nasoslardan foydalanib ko’tarishga asoslangan ishlatish usuli quduqlarni ishlatishning nasosli usuli deyiladi. Agar ishlatilayotgan nasoslar muayan chuqurlikkacha tushurib ishlatish usuli quduqlarni ishlatishning chuqurlik nasosli usuli deyiladi deb yuritiladi. Gazlift quduqlarini ishlatishda yuqori bosimli gaz do’ppisi energiyasidan foydalanib, quduqqa siqilgan gaz haydab ishlatish kompressor gazlift usuli deb yuritiladi. Suyuqliklarni turli nasoslardan foydalanib ko’tarishga asoslangan ishlatish usuli quduqlarni ishlatishning nasosli usuli deyiladi. Agar ishlatilayotgan nasoslarni muayyan chuqurlikkacha tushirib ishlatish usuli quduqlarni ishlatishning chuqurlik nasosli usuli deyiladi.





Download 116.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling