Mundarija: Kirish. Asosiy qism
Din psixologiyasining ilohiyotchi, faylasuf
Download 87.15 Kb.
|
Din psixologiyasida teologik va psixologik qarashlar.
Din psixologiyasining ilohiyotchi, faylasuf
va psixologlar tomonidan o’rganilishi. Materialistlar o’rtasida «Qo’rquv xudoni yaratdi», degan fikr hukmron edi. Ularning ko’rsatishicha - qadimgi davr odamlari ilmsiz va tajribasiz bo’lganliklari bois, tabiatning qudratli kuchlari oldida ojiz qolib, tabiatda bo’layotgan hodisalar mohiyatini bilmasliklari natijasida, qudratli kuch egasi bo’lgan “Xudo”ni kashf etishgan. Gollandiyalik faylasuf B.Spinoza (1632-1677) esa, «Qo’rquv va xurofot har-xil irim-sirimlarni keltirib chiqaradi, ularni saqlab turadi va qo’llab turadi», deydi. Uning fikricha, «odamlar og’ir ahvolda qolganda, hech qanday yo’l-yo’riqlar topa olmagan vaqtda, hamma narsaga ishonaveradi». Har xil irim-sirimlarni tugdiruvchi insonlarning bunday hissiy holatini u «umid va qo’rquv o’rtasida tebranib turish», deb baholaydi. Nemis faylasufi L.Feyerbax(1804 - 1872) «Dinning asosida hissiyot, yoki qo’rquv, tobelikni anglash yotadi», deb yozadi. Lekin u bu tobelik kimga nisbatan, degan savolga javob bermagan. Shuning bilan birgalikda Feyerbax, boshqa ateistlardan farqli ravishda, dinni faqat salbiy voqelik sifatida emas, balki ijobiy tomonlarini ham, ya’ni qo’rquv vajohillikka qarama-qarshi bo’lgan ko’ngil xotirjamligini tug’dirishini ko’rsatib o’tadi. Qo’rquv va tobelikning diniy e’tiqodlar tug’ilishi- dagi rolini oshirib yubormaydi. Xudoni u, odamlarda qo’rquv, dahshat kabi tuyg’ularni tug’diruvchigina emas, shuningdek, ijobiy xususiyatlar - zavqlanish, xursandlik, shukronalik(minnatdorchilik), sevgi-muhabbat va hurmat kabi kechinmalarni tug’diruvchi sifatida tajassum etadi. Lekin ateistlar diniy e’tiqodlarning vujudga kelishida hissiyotlarni birinchi o’ringa qo’yishadi. Ular gnoseologik (bilish) va boshqa omillarning roliga kam e’tibor berganlar. Sharq Uyg’onish davrining buyuk allomalari Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar dunyoviy bilimlar rivojiga juda katta hissa qo’shish barobarida, ularning diniy e’tiqodlari va bilimlari ham yuqori bo’lgan. Forobiy fikricha, din va falsafa bir-biriga qarama-qarshi bo’lmay, yagona birlikning ikki xil jihati va haqiqatga etishishning ikki mustaqil usulidir. Falsafa ilmiy dunyoqarash bo’lib, ikki savolga javob izlaydi. Birinchisi, insonning mohiyatini nima tashkil etadi? Ikkinchisi, insonning yashashdan maqsadi nima? Bu muammo barcha davr faylasuflari oldida turgan va unga berilgan javoblarga qarab, ular turli yo’nalishlarga bo’linganlar. Qadimgi Hind jamiyagi haqidagi dastlabki manbalar eramizdan avvalgi 2000 yillarda yozilgan Vedalarda berilgan. Vedalarda oriylarning ibtidoiy dunyoqarashi aks ettirilgan. Ular orasida paydo bo’lgan jaynizm va buddaviylik yo’nalishi umumhind dini darajasiga ko’tarilgan. Jaynistlar (asoschisi «Jina»(g’olib) laqabini olgan Vartxamam ismli kohin) ta’limoti dualizmni targ’ib qiladi, ya’ni inson mohiyati ikki - moddiy va ruhiy xususiyatga ega bo’ladi. Ularni bir-biriga bog’lab turuvchi karma jismi nozik moddadan iborat bo’lib, ruhni modda bilan qo’shilishiga imkon beradi. Moddiy asos tananing, metafizik ruh bilan qo’shilishi, odam(shaxs)ning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ruh nomukammal vujud bilan qo’shilgach, o’zining avvalgi imkoniyati sifatlarini yo’qotib, azob-uqubatlarga duchor bo’ladi. Moddiylikdan qutulib yana mukammal borliqqa qaytishga harakat qiladi. Ilohiy dinlarning mohiyati bir. Ularning hammasida ham tavhid (yakka xudolik) g’oyasi, yaratganga e’tiqod, unga sig’inish, diniy amallarni bajarish uchun shariat ahkomlari mavjud bo’lib, ular asosan dunyoviy voqelik hisoblanadi. Jamiyatda din insonlarni samoviy olam bilan bog’lab turuvchi zanjir rolini bajaradi. Samoviy dinlardagi amaliy qism shariat deb, ataladi. Shariat hukmlari Qur’oni karim va hadisi sharif, ijmo’ va qiyosdan olinib, dinni, jonni, aqlni, naslni va mol-dunyoni asrashdan iborat. Insonning ruhiy va ma’naviy jihatdan shakllanishi hamda tarbiyalanishi, komillik darajalariga etishishi haqidagi qarashlar orasida tasavvufiy bilim va amallarningo’ziga xos o’rni bordir. Tasavvuf ta’limotiga ko’ra, Allohni tanishda, anglashda uning mohiyatiga etishda insonning aqliy, intellektual va ma’rifiy kamoloti muqim axdmiyat kasb ztadi. Inson qancha nodonu johil bo’lsa, u shu barobarda shaklga, turli irim- sirimlarga taqlidchan, ishonuvchan va beriluvchan bo’ladi. Tasavvuf ahli esa butun e’tiborni Haq taoloning o’zi, uning zoti va mohiyatini anglash va unga etishishga qaratganlari uchun bu rasm-rusum, qoidalarga, garchi, shariatni qattiq hurmat qilsalar ham, uncha e’tibor qilmaydilar. Shariatni mohiyatga etish vositasi sifatida qarashadi. Vosita esa turlicha bo’lishi mumkin, lekin maqsad bitta - Allohga etishmoqdir, deb hisoblashadi. Dunyoviylikdan kechib, faqat Allohga bog’lanish, unga etishish yo’lida cheksiz riyozatlar chekish, ulkan ishq bilan unga intilish, ruhiy va ahloqiy chiniqish tasavvuf ta’limotiga xosdir. “Islom entsiklopediya”sida, tasavvuf, sufiylik - ioyumda insonning ruhiy dunyosi to’g’risidagi karash, deb izohlanadi. Tasavvuf islom dini zaminida vujudga kelgan avliyo va shayxlar e’tiqodidan tug’ilgan ta’limot bo’lib, turli tariqatlar (yo’llar) asosida o’zini va Allohni anglash ilmi hisoblanadi. Shuning uchun bu nlmni "ruh ilmi” ham deyiladi. Buninguchun inson avvalo o’zining jismoniy, ruhiy olamini mushohada qilib, bilib va his etib boradi. Download 87.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling