Mundarija: Kirish. Asosiy qism


Qalb tushunchasining tasavvuf ta’limotida talqin etilishi


Download 87.15 Kb.
bet5/5
Sana13.12.2022
Hajmi87.15 Kb.
#999233
1   2   3   4   5
Bog'liq
Din psixologiyasida teologik va psixologik qarashlar.

Qalb tushunchasining tasavvuf ta’limotida talqin etilishi.
Qalb - tasavvuf falsafasi markazida turadigan masalalardan hisoblanadi. Tariqat ahli qalbni inson borligining markazi hisoblab, u orqali inson G’ayb olamiga bog’lanadi, deb biladilar. Barcha tariqatlarda ikki xil qalb farqlanadi. Biri - tanada joylashgan yurak bo’lib, u faqat insonlardagina bo’lib qolmasdan, hayvonlarda ham mavjud. Ikkinchisi, Rabboniy ruhga makon bo’lgan latif qalbdir. Shu qalb yordamida inson Rabboniy olamga bog’lanib, hissiy va aqliy yo’l bilan ko’rib bilib bo’lmaydigan narsalarni anglaydi, ular haqiqatini biladi. G’ayb olamiga bog’lanish muddaosi bo’lgan sufiy o’z qalbiii yomonlik va gunohlardan poklashi, doimo qalbidan ogoh bo’lish, nafs tarbiyasi, Allax, roziligi, muhabbati uchun harakat qilishi qalb ko’zini ochib, Uning olamiga kirishga imkon beradi. Bunday qalb ichki Ka’badir.1 Bandaning hayoti davomida qilgan ishlari uchun javob beradigan mukofot yoki jazo oladigan ham udir. Uning moddiy qalb bilan aloqasi mustaxdam bo’lib, u orqali butun a’zolarni boshqarib turadi. G’azzoliy ham insonda ikki ruh bor, deb ko’rsatadi. Biri hayvoniy ruh deb ataladi va uning manbai yurak bo’lib, ko’krakning chap tomonida joylashgan. Inson va hayvonning tirikligi shundandir. Hayvoniy ruh tomirlar harakati vositasida barcha a’zolarga etib, ularni harakatga keltiradi. Ikkinchi ruh - Olami Oliy, farishtalar javharidan bo’lib, uni insoniy ruh deyiladi. U Haq taolo dargohidan bo’lib, Uning izni bilan osmon farishtalari nurlaridan qabul qiladi. Insoniy ruh moddiy emas va u hajm, shakl, rangdan xoli. Haq taoloning ma’rifati, ruhi insoniyda qaror topadi. Alloh taolo yagona, hajm, shakl va rangga muxdojligi yo’q. Yagonaning ma’rifati ham yagona bo’lib, uning mohiyatini o’zidan boshqa mukammal bilmas. Bu ikki ruh bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lsa ham insoniy ruh hayvoniy ruhga tobe emas. Aksincha, hayvoniy ruh insoniy ruh ulovi vazifasini bajaradi. Uning yordamida ilohiy ma’rifat o’zlashtiriladi. Agar hayvoniy ruh mijozida buzilish bo’lsa, u o’ladi. Insoniy ruh esa o’lmaydi. Pekin ulovsiz, qurolsiz qoladi. Haq taolo ma’rifatini hosil qilgan insoniy ruh uchun ulovning halok bo’lishi yaxshiliqtsirki, u vujud qafasidan xalos bo’ladi.1 Tasavvuf ulamolari insondagi hayvoniy va insoniy ruhlarning mohiyati va vazifalarini, o’zaro ta’sirini tahlil etganlar. Hayvoniy ruh vujud ehtiyojlariga xizmat qiladi. Buning uchun u eb-ichish va boshqa amallarga muhtoj. Uning holati va salomatligini tib ilmi bilan bilish mumkin. Insoniy ruhning ozuqasi ilohiy ma’rifat. Bu narsa ibodat va ilm riyozati bilan qo’lga kiritiladi va uni shariat bilan bilsa bo’ladi, Har bir shaxe insoniy ruh haqiqatini bilishi zarur. Aks holda Haq taoloni tanimay, bilmay qolishi mumkin. Shuning uchun o’zlikni tanish oxiratni tanish bosqichidir, deyiladi. “Ammo insoniy ruh asrorlaridan bir sirki, ani bayon qilmadim. Charoki, aii bayon qilmoqqa ruxsat yo’qturki, hech kishining fahmiga sig’mas”, deb yozadi G’azzoliy. Imom G’azzoliy insoniy ruh haqiqati to’g’risida fikr bildirib, ba’zi ulamolarning inson o’lishi bilan ruh ham yo’q bo’ladi. Undan keyin vujudga keltiriladi, degan fikrlariga raddiya beradi. Badanningo’lishi ruhhaqiqatini nobud qilmaydi. Buni oyatlar va hadislar mazmunidan bilsa bo’ladiki, inson o’lgandan keyin ham insoniy ruh yashayveradi. Shunga ko’ra ikki xil insoniy ruhni bayon qiladi. Bu said(baxtli)lar va shakiy (baxtsiz)larning ruhlari. Tasavvuf ilmining yana bir ulkan namoyandasi, yurtdoshimiz Shayx Aziziddin Nasafiydir (XIII asrning birinchi yarmi - XIV asr boshlari). Axloqiy, ma’naviy muammo va komil inson masalalari uning “Zubdat ul- haqoyiq” (“Haqiqatlar qaymog’i”), “Insoni komil” (“Komil inson”) kabi asarlarida bayon qilingan. Aziziddin Nasafiy tasavvuf hakdtsa fikr yuritar ekan, inson taraqqiyoti va ruhi to’g’risida shariat ahlining ham, hikmat (falsafa) ahlining ham fikrlarini qayd etib, ularni uchinchi darajaga - tasavvuf ahli tafakkuriga olib keluvchi yuksak pog’onalar tarzida talqin etadi. Nasaflik salafimiz ham Arastu izidan borib: “Inson maxluqot turlaridan biridir”, - deydi va so’ng shunday davom etadi. - Ey darvesh, aynan hayvon ruhi tarbiya topib, ta’lim va tahsil ko’rib, bilish, takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo’ylab rivojlanadi...”. Uning fikriga ko’ra, insonda ruh ham bitta, jism ham bitta, faqat ruhning darajalari har xil; jism ruhga, ruh jismga muvofiq, bir- biridan ajralmaydi; jism bilan ruh birga rivojlanadi va komillikka erishguncha kamolot bosqichlaridan ko’tarilib boraveradilar. Mutasavvif-faylasuf merosida komil inson muammosi ana shu ruh darajalari bilan bog’liq holda olib qaraladi. Shu sababdan Najmiddin Komilov Aziziddin Nasafiyni komil inson ilmining nazariyotchisi deyish mumkin, chunki uning barcha asarlarida bu mavzu markaziy o’rinni ishg’ol etadi, degan fikrni bildirib, allomaning bu boradagi qarashlarini tahlil qilgan. Aziziddin Nasafiy nazdidagi komil inson, eng avvolo yuksak axloq egasi; uning erdagi vazifasi halollik va rostgo’ylikni qaror toptirish, yomon rasmu rusumlarni yo’qotib, yaxshi, ezgulikka boshlaydigan qonun-qoidalarni joriy etish, odamlarni Xudo tomon da’vat qilish. Bu darajaga yetishish uchun esa inson o’zini anglab yetishi kerak. Zero, allomaning fikricha, o’zini anglamagan kishi hech narsani anglamay dunyodan o’tadi. Inson o’zini to’la anglashi uchun to’rt maqomni bosib o’tishi kerak: xayrli so’z, xayrli ish, xayrli xulq, ma’rifat. Mazkur maqomlarga erishish oson emas. Butun borlig’i bilan berilib harakat qiladigan, o’zini unutib, o’zligiga erishadigan inson ularga muyassar bo’ladi. Inson komillikka qadam-baqadam etishib boradi. Lekin bu darajalar mutlaq diniylikni taqozo qilmaydi, balki dunyoviy hayotda ham pok bo’lishni talab etadi. Aziziddin Nasafiy buni shunday ifodalaydi: “Ey darvesh, ifrotiy (haddan oshiq) ro’za va namozga berilib, ketma-ket hajga borma, buyurilgan farzni ado etish bilan cheklan“, deb yozadi. Xo’sh, qolgan umrni nimaga bagishlash kerak, degan savol tugiladi. Faylasuf-shayx bunga, "... shunday yo’l tutginki, qalbing sahovat va hikmatga to’lgan bo’lsin, ezgulik sohibi bo’lgin... qalbing haqgo’ylik (rostlik) va ezgulik bilan bezansin, toki inson degan ulug’ nomga munosib bo’lsang, do’zax azoblaridan qutulasan... Sening haqiqating (mohiyating) to’g’rilik va xayrli ishlar ijod qilish bo’lsin”, deb javob beradi. Shayx Aziziddinning ta’rifiga kura, komillik - inson degan ulug nomga munosiblik, Alloh taolo insoniyatni ana shu komil insonlar borligi uchun yaratgan, odamlar orasida komil insonlar borligi uchun jami mavjudot odamzodga sajda qiladi, mavjudotlar ichida komil insondan ulug’roq, donoroq va oliyroq narsa yo’q. Odamlar koinotning qaymog’i, xulosasi bo’lsalar, komil inson odamlarning qaymog’i va xulosasidir. Tasavvufda komillikka erishmoqning bir yo’li, nafs darajalarini bosib o’tish orqali, “o’zlikni anglash”dir. Buni nafsning etti bosqichi orqali ko’rib o’tamiz: 1. Nafsi ammora - bu bosqichda solik tamoman hayvoniy va shahvoniy orzularning asiridir: jaholat, ochko’zlik, xusumat, gina, masharabozlik, hasad, loqaydlik va boshqalar. Tariqatga yangi qadam qo’ygan solik bumartabada bo’ladi. 2. Nafsi lavvoma - bu bosqichda solik ruhida, yomonliklardan yaxshiliklarga qaytish xohish-istagi tug’iladi. Shu bilan birga o’zidagi munofiq, amalparastlik, tuxmat, yolg’on guvohlik berish kabi illatlar ta’siridan qutilishga qattiq bel bog’laydi. Bu martabadagi kishi “Alloh” ismini zikr qiladi. 3. Nafsi mulhima - solik qilgan zikri, riyozati va mushohadasi soyasida yana bir bosqichni bosib o’tadi. Qalbida haqiqiy zavq va ilohiy ishq olovi yona boshlaydi. Allohga bo’lgan muhabbati unda sabr-qanoatni, muruvvatni, ilmga, vatanga bo’lgan muhabbatni shakllantiradi. Har bir qilgan zikrining zavqini butun vujudi bilan his etadi. 4. Nafsi mutma’ina - bu martabada inson o’z nafsini batomom jilovlab oladi, o’zida ilohiy ishqni butkul anglab etadi. Dunyoviy zavq-shavqdan yuz o’giradi, saxiylashadi, nurlanadi va har narsada Alloh tajallisini mushohada ztadigan holga keladi. 5. Nafsi roziya - bu martabada soliq butkul bashariy sifatlarini yo’qotib, “baqo” holatiga o’ta boshlaydi. Solik Alloxdan kelgan barcha ne’matlarga rozi bo’ladi. Shuning uchun bu martaba “roziya” deb ataladi. Bu martabadagi kishi “hayy”, “somad” va “sabur” ismi bilan zikr qiladi. 6. Nafsi marziya - bu martabadagi kishiga Allohning g’ayb sirlari eshik ocha boshlaydi va “Qayyum” ismini zikr qiladi. Allohdan kelgan barcha sinovlarga rozi bo’ladi va Alloh undan rozi bo’ladi. 7. Nafsi komila - bu maqomga zrishgan inson komillik darajasiga erishadi. U o’zining jismi ustidan hukmronligini his etadi. Go’yoki, shaklga kirgan farishta kabi mutlaq soflikka erishadi. Bu maqomdagi kishining har qadami hasanot va ibodatdan iborat bo’lib qoladi. Bu maqomda solik “Qahhor”ismini zikr etadi. Yuqorida zikr qilingan tariqatda komillikka erishuvning etti bosqichi, o’zida nafsni engish orqali ruhiyatda ma’naviy komillikni shakllantirishga qaratilgan muhabbat yo’lidir. Mutasavviflarning inson va komil inson haqidagi barcha izohlaridan chiqqan natija shuki, inson olamningyaratilish sababidir. U olamdagi mavjudotlar orasida eng kamolga etganidir. Moddiy tuzilishi jihatidan olamda mavjud har unsurdan bir namunaga egadir. Shu xususiyati sababli insonni “Olami sug’ro” (kichik olam) deyiladi.


Xulosa

Inson psixologiyasi juda murakkabdir, ko’plab olimlar qadimgi zamondan hozirgi kungacha bu sohani mukammal o’rganib chiqmagan va bunday bo’lmaydi ham. Din psixologiyasini teologlar ham faylasuflar ham o’z qarashlari bilan ifodalab berishadi. Bu fikrlarni har kim o’z dunyoqarshidan kelib chiqqan holda o’rganadi. Ammo manbalar bilan tanishayotgan vaqatda o’zga olimlarning fikriga qarama-qarshi fikrlar tug’ilsa ham ularni hurmat qilish kerak. Har kimning fikri uning bir necha yillik ilmiy izlanishlar va mehnat natijasida vujudga kelgan.




Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Frank S. L. Материализм как мировоззрение. Христианство, атеизм и современность.

  2. Islom ensiklopediyasi.

  3. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar.

4. Shayx Najmiddin Kubro. Tasavvufiy hayot.
5. Abu Hamid G’azzoliy. Kimyoyi saodat.
Download 87.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling