Mundarija kirish. Asosiy qism


Download 1.22 Mb.
bet1/7
Sana27.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1130224
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bobomurod pidaraz


MUNDARIJA

  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM.

  1. Kasallik haqida umumiy ma’lumot.

  2. Kasallikning odamlarga yuqishi va iqtisodiy zarari

  3. Epizotologiyasi, Kechishi va klinik belgilari

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonuni 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan. Veterinariya to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 5-oktabrda qaror qabul qilingan Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni ta’minlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, chorva mollarining naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik yo‘nalishidagi chorvachilik xo‘jaliklari faoliyatini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yirik tadbirkorlik sub’ektlari ko‘paytirilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.
Respublikada naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sun’iy urug‘lantirish ishlarini tizimli tashkil etish, qishloq xo‘jaligi hayvonlari orasidagi epizootik osoyishtalik hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari sifatida belgilansin:
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish;
veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
epizootik osoyishtalikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish;
ASOSIY QISM
Cho’chqalarning yuqumli kasalligi bo’lib, ko’pincha 3 oylikdan bir yoshgacha bo’lgan cho’chqalarda uchraydi. O’tkir va surunkali kechib, ba’zan qoramollar, qo’zilar, parrandalar, mo’ynali hayvonlar, kemiruvchilar hamda odamlarda kuzatiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling