Mundarija kirish atb “Agrobank” Buxoro hududiy filiali haqida umumiy ma’lumot


Download 266.5 Kb.
bet1/10
Sana04.02.2023
Hajmi266.5 Kb.
#1161979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amalyot hisoboti. Islomov Bekjon


MUNDARIJA
KIRISH………..………………………………………………..…. ...3
1.ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filiali haqida umumiy ma’lumot……………………………………………………………...5
2.ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filialining faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy asoslar ……………………………….………..…15
3. ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filiali iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlari……………………………………………………….19
4. ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filiali jismoniy shaxslaring kreditlash tizimi ……………………….…………………………….29
Xulosa va takliflar……………….…………………………………...31
Ilovalar


KIRISH
Men Islomov Bekjon ikki haftalik muddat; 28.11.2022yildan 13.12.2022-yilgacha malakaviy amalyotimni ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filialida o'tagan ikki haftalik amalyotimni hisobotda yoritaman.
Bank bu (italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, naqd pulsiz hisobkitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanadi.
Bankda qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pullik xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshirishiga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki bilan shugʻullanadi.
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan.
Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.

Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling