Mundarija kirish atb “Agrobank” Buxoro hududiy filiali haqida umumiy ma’lumot


Download 266.5 Kb.
bet2/10
Sana04.02.2023
Hajmi266.5 Kb.
#1161979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amalyot hisoboti. Islomov Bekjon

Hisobotning obyekti : ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filiali
Hisobotning predmeti:
Innovasion rivojlanish sharoitida bankda xizmat ko’rsatish omillarining optimal birikishini ta’minlashning ahamiyati va uni tanlash asoslarini aniq misollar yordamida baholashdan iborat jarayonining mazmuni kabi masalalar o’rganilgan.


1.ATB “Agrobank” Buxoro hududiy filiali haqida umumiy ma’lumot
Iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab
chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida:

  1. “Paxtabank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining uni

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, “Agrobank” ATB ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilinadi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar bo‘yicha, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi talablar bo‘yicha “Paxtabank” ATBning huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar “Agrobank” ATBning asosiy vazifalari etib belgilansin:
-qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklariga kredit berish va kompleks tarzdagi bank xizmatlari ko‘rsatish;
-qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, shu jumladan paxta va g‘alla mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoati korxonalariga kredit berish va
moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish;
-erlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari va uskunalarini jalb etishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, shu asosda yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to‘ldirish;
-bankning shaxsiy resurslarini safarbar qilish, omonatlar va depozitlarning yangi jozibador turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalarning mablag‘larini jalb qilish, ulardan samarali, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda samarali foydalanish, qo‘yilgan mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlash;
-xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etib, keyinchalik qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari va respublika iqtisodiyoti agrosanoat sektori korxonalarini ana shu mablag‘lar hisobiga qayta moliyalashtirish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga bankning resurs bazasini mustahkamlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya-kredit tuzilmalarining imtiyozli kreditlari, investitsiya va

grantlarini jalb etishda yordam ko‘rsatsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Agrobank” ATB Kengashining tarkibini tasdiqlasin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 178 ta tuman (shahar) filiali, 248 ta minibanki, 102 ta maxsus kassasi, 231 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. Bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi.

Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling