Mundarija: Kirish Bank haqida ummumiy tushuncha atb uzmilliy bankning tashkil topish tarixi


ATB Uzmilliy bankning funksiyalari va operatsiyalari


Download 137.09 Kb.
bet5/9
Sana22.12.2022
Hajmi137.09 Kb.
#1042334
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uzmilliy bankning

4. ATB Uzmilliy bankning funksiyalari va operatsiyalari.
Tashqi savdo faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllaniladi:

  • avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;

  • veksellarni diskontlash;

  • faktoring;

  • bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;

  • loyihaviy moliyalashtirish;

  • eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;

  • muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshiriladi.

Investitsion faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi.
Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.
Yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalq xoʻjaligining yuqori texnologik va ijtimoiy ahamiyatli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy xom ashyo resurslariga asoslangan isteʼmolchilik tovarlari ishlab chiqarilishini yaratish va rivojlantirish.
Bankning asosiy qarzdorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznes korxonalari hisoblanadi.
Investitsiyalarning aksariyat qismi neft qazib olish va neftni qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora mettalurgiya, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Umummilliy ahamiyatli obʻektlarni moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy bankning kreditlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlariga jalb qilingan. Iqtisodiyotning tuzilmaviy oʻzgarishlarida kommunikatsiyalar - temir yoʻl, avtotransport va aviatsiya tizimlarining rivojlanishi ulkan oʻrinni egallaydi. Shuningdek, kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangi yuqori samaralilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga, isteʼmolchilik tovarlarining mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Bank koʻpgina strategik muhim xoʻjalik obʼektlarining rivojlanishi uchun moliyalashtirishni taʼminladi:

  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish.

  • „Toshgʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon“ temir yoʻl liniyasini qurish.

  • Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini qayta taʼmirlash.

  • Navoiy IESni modernizatsiya qilish.

  • Navoiy shahri aeroportini qayta taʼmirlash va modernizatsiya qilish.

  • "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiya qilish.

  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchun togʻ-qazilma uskunalarini yetkazib berish.

  • "Ohangaron - Pungon" magistral gaz quvurini qurish.

  • „Oʻzagromashservis“ Assotsiatsiyasi va „Oʻzsanoatmashimpeks“ DATSK uchun „CASE“ kompaniyasining qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilish.

  • "Muborak GQZ" UShKda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun propan-butan aralashmasi uskunasini qurish.

  • "Toshshaharyoʻlovchitrans" Assotsiatsiyasi uchun "Daymler-Kraysler" markasidagi avtobuslarni xarid qilish.

  • "Temir yoʻllar" DATK uchun yoʻlovchi elektrovozlarini xarid qilish.

  • "Oʻzbekneftgaz" MXKning amaldagi burgʻilash uskunalari parkini yangilash va jihozlash.

  • "Qoʻngʻirot" KSda gazni quritish uskunasini qurish.

Va boshqa bir qator amalga oshirilgan investitsion loyihalar.
Moliyaviy barqarorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
OʻMB „Moodyʻs Investors Service“, „Standard and Poorʻs“, „Fitch Ratings“ va „AKRA“ kabi xalqaro agentliklarning reytingiga ega boʻlgan mamlakatning kredit-moliya instituti hisoblanadi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori bahosini olish va tasdiqlash masalasi OʻMB uchun dolzarb va muhim boʻlib qoladi.
2018-yilning 24-dekabrida Standard and Poorʼs xalqaro reyting agentligi tomonidan uzoq muddatli kredit reytingi "V+" darajasidan "VV-" darajasigacha oshirildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga teng.

Oʻzbekiston Respublika tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining kredit reytinglari (2019-yil 1-iyul holatiga)

Agentlik

Reyting

Qiymati

Moodyʼs

Barcha reytinglar boʻyicha prognoz

Barqaror

Milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha

B1

Xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha

B1

Standard & Poorʼs

Uzoq muddatli reyting

BB-

Qisqa muddatli reyting

B

Fitch

Uzoq muddatli reyting

BB-

Qisqa muddatli reyting

B

AKRA

Xalqaro shkala boʻyicha

BB

Milliy shkala boʻyicha

A-

  • „The Banker“ jurnalining reytingiga koʻra,1993-yildan Milliy bank dunyodagi eng yirik bank institutlarining birinchi mingtaligiga kirib, 862 oʻrinda turadi .

  • 1998-yil - „Euromoney“ jurnali OʻzR TIF MBni Oʻzbekistondagi eng yaxshi bank deb eʼtirof etdi, 2002-yili esa shu jurnalning versiyasi boʻyicha OʻMB respublikada "Yil banki" deb eʼtirof etildi .

  • 2000-yil - „Thomson Bank wath(TBW)“ xalqaro agentligi kredit reytingini „LC-1“ darajada va mamlakat reytingini „IC-B/C“ darajada tasdiqladi .

  • 2001-yil - „The Banker“ dan "Oʻzbekistonning eng yaxshi banki" eʼtirofi .

  • 2002-yil — „Euromoney“ va „Global Finance“dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ .

  • 2004-yil — „Global Finance“ dan "Oʻzbekistonning eng yaxshi banki" .

  • 2012-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha tanlovda eng yaxshi bank deb eʼtirof etilgan . "RIA Reyting" reyting agentligining MDH mamlakatlari bank sektorini oʻrganishi boʻyicha "MDH mamlakatlarining eng yirik banklari roʻyxati"da bank 50-chi pozitsiyani egallagan . 

  • 2013-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlovda "jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi bank" va "eng innovatsion bank" deb eʼtirof etilgan . "RIA reyting" maʼlumotlariga koʻra "MDHdagi eng yirik banklar roʻyxati"da bank 55-chi pozitsiyani egalladi .

  • 2021-yil - OʻMB olib borayotgan faoliyatining va Oʻzbekiston aholisiga taqdim etayotgan xizmatlarining sifati uchun Yevropa sifatni oʻrganish jamiyatining (European Society for Quality Research) xalqaro konvensiyasida „Quality Achievements Award 2021“ mukofotini oldi.

Filiallari va boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekistonning barcha hududlarida 67 ta filiallari mavjud.
Shoʻba korxonalari va tashkilotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asia-Invest Bank[tahrir | manbasini tahrirlash]
1996-yili Rossiya hududida (Moskva shahrida) Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida "1996-1997-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikning asosiy tamoyillari va yoʻnalishlari toʻgʻrisida"gi huqumatlararo Kelishuvga binoan, moliya-bank sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida birinchi Oʻzbekiston-Rossiya banki - "Aziya-Invest Bank" Aksiyadorlik tijorat banki (yopiq aksiyadorlik jamiyati) taʼsis etildi. 
NBU Invest Group[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yil 31-mart kuni 25 mln AQSh dollari miqdoridagi ustav fondi bilan "NBU Invest Group ochiq aksiyadorlik jamiyati" shoʻba kompaniyasi tuzildi. NBU Invest Group kompaniyasini tuzishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston korxonalarining qayta tuzilishini va aktivlarini boshqarishni taʼminlashga hamda mamlakat iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qodir boʻlgan kompaniyani taʼsis etishdan iborat edi. Faoliyatning asosiy yoʻnalishi boʻlib aktivlarni boshqarish hisoblanadi. Sanoat korxonalarini amaliy boshqarish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan va biznes-rejalashtirish, marketing, korxona faoliyatini monitoring qilish, realizatsiya kanallarini va yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni boshqarish, kadrlarni boshqarish, xarajatlar va unumdorlikni tahlil qilish kabi sohalarni oʻz ichiga kiritadi. OʻMB investitsion loyihalarida ishtirok etish hisoblanadi.
Bank tarkibi


Download 137.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling