Mundarija: Kirish bet bob
Download 358.94 Kb.
|
kurs ishi menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- I BOB
Kurs ishining maqsadi:Ushbu qabul qilingan qonunning amaliy ahamiyati va shu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish hamda olib borilayotgan ishlar haqida talabalarga tushuncha berish va tanishtirish.Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo’lish.
Kurs ishining vazifalari: Ushbu qonunga hamda unga aloqador bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ularni yanada chuqurroq o’rganish . Ularning amaliy ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish. Kurs ishining obyekti:Qonunning amalda tadbiq etilishini o’rganish va nazariy bil Ishning tuzilish va umumiy hajmi:25 bet Ishga kirish. -2 asosiy bob -umumiy xulosa -foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib ,hajmi 25 bet I BOB. 1.1“2017-2021-yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qaror mazmun – mohiyati. 1.1.Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida batafsil ma’lumot. Barchamizga malumki , maktabgacha ta’lim – talim sohasing asosiy bo’g’ini hamda poydevori hisoblanadi.Poydevori qanchalik mustahkam bo’lsa keyingi ta’lim bosqichlari ham samarali va mustahka, bo’ladi. Shu boisdan mamlakatimizda Maktabgacha tal’lim va tarbiya sohasiga keng ko’lamli e’tibor hamda rivojlanishi uchun shart -sharoitlar yaratilmoqda . Shuni aytish joizki, Shahar va qishloq maktabgacha ta’lim ,uassalari o’rtasida katta tafovut mavjud bo’lib , uning asosiy sabablari sirasiga quydagilarni kiritish mumkin: -olis tuman va qishloqlarda ijtimoiy infrastrukturaning talab darajasida emasligi. -qishloq hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaring binolarini eskirganligi yoki binolarning yetishmasligi. -maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oylik to’lovlarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar. -joylardagi maktabgacha ta’lim tashkiloting moddiy-texnik bazasini nochorligi. -malakali kadrlar yetishmasligi. - sifatli oziq-ovqat taminotining pastligi. -malakali kadrlarni yetishmasligi oqibatida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan ota-onalarda ishonchsizlikning paydo bo’lishi. Ushbu holatlarni bartaraf etish va bolalar qamrovini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016-yil 29-dekabr kuni “2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qaror tasdiqlandi. “2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qaror mazmun –mohiyati. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o’z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotlarni 70% 5 yoshgacha bo’lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi , o’z ona tilini o’zlashtiradi, ota-ona ,oila , mahalla, Vatanga mehr uyg’onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin tayyorlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o’ynasa , maktabgacha ta’lim tashkiloti ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi . Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tiziming ajralmas bo’lagiga , tabir joiz bo’lsa , uning debochasiga aylangan. Shu ma’noda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 30-dekabr kuni matbuotda e’lon qilgan “2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko’tarish , sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz. Albatta , mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo’lib qolgani yo’q.Orqaga nazar tashlaydigan bo’lsak , o’tgan 25yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta’limning tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib,mohiyatan hech qaysi davlatda mavjud bo’lmagan uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirdi.Ya’ni yosh avlodning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo’lgan uzluksiz bilim olishlari , kasb o’rganishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanlandi. Bu borada,ayniqsa, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimini rivojlantirish , bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga jalb etish , maktabga tayyorlash masalalarini ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodnitarbilash uchun, eng avvalo qulay , tashkiliy-huquqiy shart sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tarmog’gini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish , ularni rekontruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotga e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo’lmay ulg’ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munposib voris bo’lib voyaga yetishlarini taminlashdek ezgu maqsad mujassam .Jumladan , davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan dasturda keng ko’lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilanganligi bilan ahamiyatlidir. Xususan , hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada yechimini kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi.Ayniqqsa, kelgusi 5yillikda 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash , jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar , uskunalare, o’quv-metodik qo’llanmalar , multmedia resurslari bilan ta’minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami 2,2 trilion so’m mablag’ ajratilishi ko’zda tutilayotgan ushbu qaror o’z ichiga nechog’lik keng ko’lamli vazifalarni qamraganligini ko’rsatadi.Haqiqatan ham, bugungi kunda qishloq joylarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini keskin oshirish zarurati ko’rinmoqda. Ayrim qishloq sharoitida yashaydigan yosh onalar uchun bolar bog’chasi hayotiy ehtiyojga aylangan.Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchidan, maktab yoshiga qadar bo’lgan bolalarni ununiy savodini chiqarish , bolarda vatanni sevish , u bilan g’ururlanish hissini uyg’otish, Konstitutsiyani o’rgatish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo’lsa, ikkinchidan, yosh bolali onalarning mehnat qilishga oid kostitutsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishga ham xizmat qiladi.Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlarida yosh oilalar farzandlari uchun bolalar bog’chalari sonini ko’paytirish zarurati paydo bo’lmoqda. Qarorga muvofiq, ayni shu maqsadda joylarda xorijiy tajribadan va mamlakatimizninh iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda , namunaviy loyiha asosida 70 va 120 o’rinli 50ta zamonaviy MTT bunyod etish hamda mavjud muassasalarning 1167tasini rekonstruksiya qilish , 983tasini mukammal tamirlash orqali kengaytirish nazarda tutilmoqda . Bu orqali bolalarning maktabgacha ta’limga bo’lgan qamrovini 1,5barobarga oshirishga erishiladi. Shu bilan birga , qarorga ko’ra qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to’lovini 30% facha kamaytirish nazrada tutilayotgani, kam taminlangan va ko’p bolali oilalar uchun yengillik yaratiladi.Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to’liq javob beradigan kadrlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli Tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg’or usullar orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish,axbarot – telekomunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tadbiq etgan holda , uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi. Ayni shu omillarni inobatga olgan holda qarorda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun peadagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish vazifasi belgilanganligi ayni muddaodir. Chunki, biz o’z oldimizga farzandlarimizning har tamonlama inteliktual , axloqiy , estetik, jismoniy rivojlanishi uchun zarur shart sharoitlar yaratish maqsadini quygan ekanmiz, shubhasiz, pedagog- tarbiyachilarning malakasini oshirish borasida mavjud tajribalarni zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishimiz zarur. Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim tashkilotini psixolog, defektolog kabi mutaxassislar bilan taminlash ham bugungi kun talabidir. Shuning barobarida , maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olinmgan bolalarni maktabga tayyorlasgda qisqa muddatli tayyorlov guruhlarining roli muhim sanaladi. Ayni shu sababli kelgusida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100ta qisqa muddatli guruhni tashkil etsh ko’zda tutilgan.Qolaversa, Maktabgacha ta’lim tashkilotiga jalb qilinagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Davlatimiz rahbarining mazkur qarorda 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo’llanmalar bilan taminlash orqali maktab talimiga tayyorlashni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgani bolalarni talimning keyingi bosqichga tayyorlash darajasini yuksaltiradi. Shu o’rinda MTTda tarbiyalanuvchilar intellektual , jismoniy, axloqiy jihatdan tarbiyalash , umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish , bolalarni maktabga sifatli tarbiyalash maqsadida turli to’garaklar, manaviya va ekologiya xonalari,kichik muzey, kutubxonalar tashkil etish borasidagi an’analarni izchil davom ettirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, kitobga, san’atga , ilmga , umuman, kelajakda muayyan kasbni egallashga bo’lgan qiziqish bolalarni ayni shu davrda shakklanadi. Muxtasar qilib aytgada, Maktabgacha talim uzluksiz talim tizmining boshlangich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini taminlab , o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otadi , tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish , MTTda har tamonlama qulay shart – sharoit yaratish , ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb qilish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaks bo’lib shakllanishida muhim o’rin tutadi. Download 358.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling