Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining joriy faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi va normalarini takomillashtirish.
|
1. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmining samaradorligi va oqilonaligi nuqtai nazaridan qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, shuningdek, moliyalashtirishning eng kam normalarini aniqlashning asosliligini tahlil qilish.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, moliyalashtirishning ustuvorligini aniqlashtiruvchi mezonlarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish.
3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.
|
2017-yil
1-oktabrga qadar
|
14.
|
Shaffof markazlashtirilgan ta’minot tizimini yaratish, yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazish va narx siyosatiga rioya qilish bo‘yicha faoliyatini samarali nazorat qilishni nazarda tutgan holda, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish.
|
1. Qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, shuningdek mazkur sohada xorijiy davlatlarning ilg‘or ijobiy tajribasini tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlashning yangi tizimini sinab ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida joriy etishning eksperimental loyihasini amalga oshirish.
4. Komissiyaga eksperiment natijalari asosida ishlab chiqilgan aniq takliflarni kiritish.
|
2017-yil
1-oktabrga qadar
2017-yil
sentyabr — dekabr
2018-yil
15-yanvarga qadar
|
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Bosh prokuratura, “Ijtimoiy fikr” markazi,
vazirliklar va idoralar
|