Maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy Ustavi, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini takomillashtirish.
|
1. Amaldagi maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy Ustavi, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini tanqidiy o‘rganish.
2. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.
|
2017-yil
1-oktabrga qadar
|
Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Bosh prokuratura
|
II. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash
|
8.
|
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularning moddiy-texnik jihozlanishi ahvolini o‘rganish, yangi maktabgacha ta’lim muassasalariga, shu jumladan, turar joy massivlari va ko‘p qavatli uylarning qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilayotganligini hisobga olgan holda real ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarni aniqlash.
|
1. Respublika hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash.
2. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan joyga chiqqan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish.
3. Inventarizatsiya yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga aniq takliflar kiritish.
|
2017-yil
1-dekabrga qadar
|
Xalq ta’limi vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,
Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
9.
|
Yuridik va jismoniy shaxslarga 1991 — 2017-yillar davomida davlat maktabgacha ta’lim muassasalari binolari berilishi (sotish, bepul berish, boshqacha o‘zgaga berilishi)ning qonuniyligi va asosliligini kompleks o‘rganish.
|
1. O‘rganish o‘tkazish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari binolari begonalashtirilishining qonuniyligi va asosliligini o‘rganish.
3. O‘rganish yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.
|
2017-yil 1-noyabrga qadar
|
Xalq ta’limi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi,
Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar
va idoralar
|
10.
|
Xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish.
|
1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining inventarizatsiyasi natijalariga asosan maktabgacha ta’lim obyektlari qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
2. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2018-yil 1-martga qadar
|
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
11.
|
|