Mundarija kirish. Bob. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Al-Buxoriyning hayoti va faoliyati haqida


Bob. Qur’oni karimdan keyin turuvchi muqaddas kitob. Imom Buxoriy hadislaridan na’munalar, muqaddas kitobni anglash


Download 69.76 Kb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi69.76 Kb.
#1175468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Imom Al-Buxoriyning

2. Bob. Qur’oni karimdan keyin turuvchi muqaddas kitob. Imom Buxoriy hadislaridan na’munalar, muqaddas kitobni anglash.
2.1 Qur’oni karimdan keyingi turuvchi muqaddas kitob. "Sahih Buxoriy" (asl nomi "Al-Jomeʼ as-sahih" — "Ishonchli toʻplam") — 6 ta ishonchli hadis toʻplamlaridan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar toʻplagan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Toʻplamda fiqh, oila, nikoh, meros, ilm-maʼrifat, imon, eʼtiqod, axloqodob, taʼlim-tarbiya va boshqa masalalar yoritilgan. Unda islom arkoilariga aloqador mavzular bilan birga oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga oid koʻpdan-koʻp maʼlumotlar mavjud. Imom al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadis toʻplab, ulardan takrorlanadiganlari bilan 7397 tasini ishonchli deb hisoblab kitobiga kiritgan. Toʻplamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 taga yaqin. "Sahih", yaʼni ishonarli hadislarni boshqa hadislardan ajratib, alohida toʻplam shakliga keltirish anʼanasini birinchi boʻlib Imom al-Buxoriy boshlab bergan. Shundan keyin Imom Muslim, Imom at-Termiziy, Imom an-Nasoiy, Imom Abu Dovud, Ibn Moja kabi yirik muhaddislar ham uning izidan borib, sahih hadislarni alohida toʻplam shaklida tasnif etishni boshlaganlar. Imom al-Buxoriyning bu shoh asari dunyo yuzini koʻrganiga qariyb 1200 yil boʻldi. Lekin u to shu vaqtgacha ham islom manbalari boʻyicha Qurʼoni karimdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Ushbu asarning koʻplab nusxalari islom olami boʻylab keng tarqalgan. Hatto oʻrta asrda yashagan ayrim adib va xattotlar uchun bu asardan nusxa koʻchirib berish anʼanasi boʻlgan. Asarning asrlar osha bizgacha yetib kelgan turli arab yozuvi uslubida bitilgan qoʻlyozma nusxalari mamlakatimizda va xorijiy yurtlarda mavjud. "Sahih Buxoriy" asariga koʻpdan-koʻp sharhlar yozilgan. Muqim manba sifatida u qaytaqayta nashr etilib kelinmoqda. 1974 - yil Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari tashabbusi bilan mamlakatimizda islom dunyosi vakillari ishtirokida asar muallifi — Imom al-Buxoriyning 1200 yillik yubileyi nishonlangan edi. Shu munosabat bilan "Sahih Buxoriy" arab tilida Toshkentda qayta nashr etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻnggina toʻlaligicha oʻzbek tiliga oʻgirildi. Hozirgi "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 4 jildda (1-jild 1991-yil. 2-jild 1996-yil. 3-jild 1994-yil. 4-jild — 1992), 2-nashri esa 1997 - yilda chop etildi. Shuni ham qayd etish lozimki, asarda hadisning naql qiluvchi roviylariga katta ahamiyat berilgan. Lekin hadislardan olinadigan sharʼiy hukmlar toʻgʻrisida muallif aniq koʻrsatma bermagan. Shuning uchun asardagi barcha hadisni kitobxon oʻzicha hayotga tatbiq etmasdan, islom huquqiga oid fiqhiy kitoblar orqali amal qilishlari tavsiya etiladi. Masalan, mazmuni bir-biriga zid boʻlgan ikki hadisning, albatta, biri keyinroq aytilgan boʻlib, oldingisida aytilgan hukmni bekor qiladi, yaʼni amaldan qoldiradi. Lekin qaysinisi birinchi, qaysinisi ikkinchi ekani toʻplamda koʻrsatilmagan. Uni faqat fikhshunos mujtahid olimlargina ajrata oladilar. Bundan tashqari, toʻplamda mamlakatimiz musulmonlari amal qilib kelayotgan hanafiylik mazxabiga toʻgʻri tushmaydigan, balki boshqa uch mazhabga asos sifatida xizmat qiladigan hadislar ham talaygina. Binobarin, ibodat qoidalariga doir hadislar ichida shunga oʻxshashlari uchrab qolganda, mazxabimizga shubha qilmaslik, balki bizning qilayotgan amallarimiz uchun boshqa hadis toʻplamlarida asos boʻladigan hadislar borligini unutmaslik lozim6.
“Al-Jomiʼ as-Sahih” asari yozilishiga nima sabab bo‘lgan?
Tarixda ko‘plab buyuk mutafakkir va allomalarning nodir asarlarini tasnif etilishida muayyan bir sabab bo‘lgan. Bu ularning pokiza niyati, chiroyli amali va ilm yo‘lidagi tinimsiz xizmati bilan nodir asarlar yozishga undagan. Buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayotida ham xuddi shunday ulug‘ ustozlari tomonidan buyuk asarni yozishga targ‘ib bo‘lgan. “Sahih Buxoriy” asarining tasnif etilish tarixi hamda uning roviy va kotiblarining hayoti o‘rganilishi ham muhim ahamiyatga ega. Imom Buxoriyni shoh asarni tasnif etishda ilhomlantirgan voqea ham ajib ibratli tarixga ega. Ibrohim ibn Maʼqal Nasafiy: “Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan eshitdim, u kishi: “Isʼhoq ibn Rohavay huzurida edik. Shayximimz bizlarga “Sizlardan birontangiz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlarini qisqa muxtasar holda kitob qilsangiz” dedilar”. “Bu taklif mening qalbimdan joy oldi va “Jomeʼ” (“Sahih al-Buxoriy”) kitobimni jamlashni boshladim” dedilar” deb taʼkidlagani.
Ibn Hajar Asqaloniy o‘zining “Hadyi-s-Soriy” asarida ishonchli sanad bilan Muhammad ibn Sulaymon ibn Foris tomonidan aytilgan Imom Buxoriydan shunday rivoyatni keltiradi: “Men tushimda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ni ko‘rdim, u kishi go‘yo-ki, uyquda edilar. Men u kishining oldida turibman qo‘limda bir yilpig‘ich u bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning muborak yuzlaridan pashshalarni haydayapman. Bu tushning taʼbirini tushni taʼbir qiladiganlardan so‘radim. Ular: “Siz Rasululloh (sollalloh alayhi vasallam)ning sunnatida paydo bo‘lgan yolg‘onlarni ketgizasiz” dedilar. Bu menga “Al-Jomiʼ as-Sahih”ni tasnif etishimga sabab bo‘ldi” dedilar7.
Buyuk asar “Sahih al-Buxoriy”ni tasnif etilishiga bo‘lgan bu ikki sabab ham shubhasiz, Imom Buxoriyning o‘zi tomonidan rivoyat qilingan. Bu uning ustozi marvlik buyuk muhaddis, musnid imom, hofiz Isʼhoq ibn Rohavayning bergan taklifi va Buxoriyning tushiga Alloh taolo tomonidan berilgan ilohiy rag‘bat. Bu ikki sabab ham 20-22 yoshdagi Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga kelajakda “Sahih al-Buxoriy” asarini yozishga katta rag‘bat bergan. Bu ilohiy rag‘bat va ustozining irshodi uning keyinchalik buyuk asarni tasnif etishi va bu asar Qurʼoni karimdan keyingi maqomda bo‘lishida ishorat bo‘lgan. Shundan so‘ng Imom Buxoriy shoh asarni yozishga kirishib, uni 16 yilda yozib bitirgan. Asarni boshlanishi 217/833-yilda bo‘lib, bu vaqtda Imom Buxoriyning yoshi 23 yoshda bo‘lgan. Buyuk muhaddis 39 yoshida 233/849-yilda yozib bitiradi. Bu ulug‘ ishni bajarish Alloh taoloning buyuk marhamati bilan yer yuzida faqat Imom Buxoriyga nasib etgan.
Imom Buxoriy “Sahih al-Buxoriy” asarini jamlash uchun o‘zining xolis mehnati, mustahkam taqvo va zuhdi hamda o‘n olti yillik vaqtini sarflagan. Abu Isʼhoq Zanjoniy shunday dedi: “Abdurrahmon ibn Rasoyin Buxoriydan eshitdim, u Imom Buxoriydan eshitganligini shunday deb aytib berdi: “Sahih” kitobimni o‘n olti yilda yozdim. Men kitobdagi hadislarni olti yuz ming hadislardan tanlab oldim va uni (kitobni) Alloh taolo va o‘zim o‘rtamda hujjat qilib bitdim” deb aytdi”. Imom Buxoriyning bu so‘zi haqiqatdan o‘z isbotini topdi, o‘z davrida aytilgan bu bashorat asrlar osha butun islom ulamolari tomonidan ittifoq bo‘lindi. Ko‘plab hadis borasida asarlar tasnif etilsada, bu kabi asarni dunyo yuzi qaytib ko‘rmadi.
“Sahih al-Buxoriy” asarining nomlanishi borasida muhaddis va muarrixlarning bir nechta qarashlari mavjud. Asarning mashhur bo‘lgan nomi “Al-Jomeʼ as-Sahih” bo‘lib, asosan ushbu nom bilan tarix va hozirgi davrda yuritilib kelinadi. Imom Buxoriy bu shoh asarini aslida “Al-Jomeʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” (Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sunnatlari va u kishining hayotlari haqida qisqa, sahih, sanadi uzluksiz, barcha islom ahkomlarini jamlovchi) deb nomlagan. Bu nom bilan kelganligini ko‘plab muhaddis va allomalar taʼkidlaydi. Jumladan, Abu Nasr Kalaboziy “Rijolu Sahih al-Buxoriy”, Abduxoliq ibn G‘olib ibn Atiyya “Fihrist ibn Atiyya”, Hofiz ibn Xoyr Ishbiliy “Fihrist mo ravo an shayxihi”, Hofiz Badruddin Ayniy “Uʼmdat al-Qoriy” asarlarida “Al-Jomeʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” deb nomlanganini tasdiqlaydi. Muhaddisning “Sahih al-Buxoriy” asarini bunday nomlanishida quyidagi sabablar keltirib o‘tiladi:
“Al-Jomiʼ” – deb nomlanishi asar islom ilmlaridan bo‘lgan imon, tavhid, ibodat va muomalat hukmlari, jihod va g‘oziylik, tarix, fazoil, manoqib, tafsir, nikoh, odob-axloq, zuhd kabi masalalarni qamrab olgan. Hadis ilmida bu masalalarni o‘z ichiga olgan asar “Jomeʼ” deb nomlanadi.
“Al-Musnad” – asarda hadislarning muttasil sanad bilan kelgani, har bir hadis marfuʼ yaʼni sanadining Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga borib ulanishiga aytiladi. Imom Buxoriy asaridan oldin tasnif etilgan hadis asarlarida sahih hadislardan boshqa zayif, munqatiʼ- roviyning bir joyda tushib qolishi va muʼzal - bir joyda ikki roviyning tushib qolishiga o‘xshash hadislar ham kiritilgan. Bu asarda bu kabi hadislarning uchramasligi bilan muhim ahamiyatga ega.
“As-Sahih” – mazkur asarda faqat sahih hadislar saralab olingan. Imom Buxoriy o‘z asarida oldingi asarlardan farqli bo‘lgan yo‘nalishga asos solgan. Muhaddisgacha bo‘lgan davrda jamlangan kitoblarda sahih, hasan, zayif, mavzu hadislar birga jamlangan. Imom Buxoriy hadislarning fiqhiy mavzusi, turi, sahihligiga qarab tasniflash metodiga birinchi bo‘lib asos solgan muhaddisdir8.
“Al-Muxtasar” – Imom Buxoriy yod bilgan yuz ming sahih hadislar ichidan 7397 tasi tanlab olingan. Asarni hajmi katta bo‘lib ketishidan saqlangan va hadislarning takrorlanmaslik va ularning nodir jihatiga alohida eʼtibor qaratgan. Asarni boshlashda muhaddisning niyati ham ustozi Isʼhoq ibn Rohavayning taklifi asosida butun sunnat va hadislarni jamlovchi qisqa-muxtasar asar yaratish bo‘lgan9.
“Min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi”- asarda jamlangan hadislarning barchasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlari, bajargan ishlari, sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlashlari va u zotning ulug‘ shamoillari, tarixi va chiroyli xulq-odoblarini qamrab olganligidir10.
Islom tarixida buyuk maqom kashf etgan muhaddisning shoh asari asrlar osha o‘rganilib, islom taʼlimotida Qurʼoni karimdan keyingi manba sifatida foydalanib kelinmoqda. “Sahih al-Buxoriy” asarining yaratilishi va uning keyingi avlodlarga yetib kelishida ham buyuk bir ibratli tarix bor. Zero, bu asarning butun musulmonlar qalbidan joy olishi bejiz emas. Imom Buxoriyning tinimsiz ilm yo‘lida chekkan mashaqqati, qirq yil sahroi-shaharlarni kezib qiyinchiliklarga sabr qilishi, tunu-kun qilgan ilmiy mehnati, sof eʼtiqodi va xolis amalining buyuk samarasidir. Imom Buxoriy bu asarni yozib tarixning oltin sahifasiga muhrlashi bilan faqat orzu havas va shirin xayol bilan ulug‘likka erishib bo‘lmasligini isbotladi. Ilm yo‘lidagi buyuklik ilm-maʼrifat va xolis xizmat bilan bo‘lishini o‘zining ibratli hayoti bilan ko‘rsatib berdi11.

Download 69.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling