Mundarija: kirish. Bob. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni
Tanlangan mavzuning dolzarbligi
Download 173.08 Kb.
|
abdulla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsad va vazifalari
- Kurs ishning maqsadi
- Kurs ishi
- Huquqiy talim
Tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagicha belgilanadi: - jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy tarbiyasi va huquqiy bilimlarini har tomonlama oshirishni talab etmoqda. Shu talabdan kelib chiqqan holda, huquqiy tarbiya tizimini shakllantirish va uni takomillashtirish masalalarini ilmiy tadqiq etish zarur.
Ishning maqsad va vazifalari: Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixini o'rganish; Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tiborni aniqlashtirish; Huquqiy ta'limning mavjud holatini o'rganib, tahlil qilish; Huquqiy ta'lim samaradorligini oshirishda innovatsion metodlardan foydalanish yo'llarini yoritib berishdan iborat. Kurs ishning maqsadi: O'zbekistonda huquqiy ta'lim - tarbiya va va uning yo'llari, usul va qurollari masalalarini nazariya va amaliyot bilan birgalikda, huquqiy tarbiya tarkibida huquqiy ong, huquqiy ta'lim va boshqa omillarning ta'sirini aniqlash, hamda kelajak avlodning huquqiy tarbiyasini ta'minlovchi samarali yo'l va fikrlarni ko'rib chiqib, bu tarbiyaning mohiyati va o'ziga xos tomonlari, jarayonlarini o'rganishdan iborat. Kurs ishi kirish, ikki bob, to'rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tizimidan iborat. I-BOB. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni 1.1. Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixi Bugungi kunda huquqiy demokratik davlat haqida ko'p gapirilyapti. Bunday davlatning fuqarolari esa huquqiy madaniyatli bo'lmog'i uchun huquqiy tarbiyaga ega bo'lishlari lozim. Huquqiy tarbiyasiz fuqarolar jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Shuning uchun jamiyatimizda har bir shaxs huquqiy madaniyatli bo'lishi shart. Ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shallantiriladi. Huquqiy ta'lim - hayotiy-amaliy faoliyatda qo‘llaniladigan va egallanishi zarur bo‘lgan huquqiy ma'lumot va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan, tizimli, rejali va muayyan maqsadga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy faoliyat jarayoni. Ta'limning barcha turlari kabi, huquqiy ta'limning ham o'ziga xos xususiyatlari mavjud. B.Ziyomuhammedov va SH.Abdullaeva huquqiy ta'limtarbiyani shunday ta'riflaydilar: “Huquqiy ta'lim-tarbiya insonda huquqiy bilimlarni oshirish, qonunlarni yaxshi o'zlashtirib, ularga to'liq rioya etish ko'nikmasini hosil qilishdir”. Darhaqiqat, huquqiy ta'lim huquqiy bilimlarni o'zlashtirishni, amaliy ko'nikmalar va malakalar shakllanishini nazarda tutadi. Bu esa yoshlarning huquqiy jihatdan har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlari uchun zamin tayyorlaydi. Huquqiy ta'lim nafaqat bilim berish, balki huquqbuzarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish kabi vazifalarni ham o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Huquqiy ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya'ni unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, o'quvchi esa uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Huquqiy tarbiya, umumiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Download 173.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling