Mundarija: kirish. Bob. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni
T- chizma grafik organayzeri
Download 173.08 Kb.
|
abdulla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki qismli kundaliklar
- Aqliy hujum” metodi
- “Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat
- “Kichik guruhlarda ishlash” metodi
- Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat
- “Davra suhbati” metodi
- Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat
- MENYU ” metodi
- Qarorlar shajarasi” (“qaror qabul qilish”) strategiyasi
- "HUQUQ TV" telekanilini tashkil etish kerak.
T- chizma grafik organayzeriT- chizma munozara vaqtida qo‘shaloq javoblar (ha/yo‘q, tarafdor/qarshi) yoki taqqoslash zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. Masalan “Iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar” matnini “tarafdor va qarshi” tamoyiliga asoslanib o‘qilganidan so‘ng, bir juft o‘quvchi quyida keltirilganidek T-chizmani tuzishi va besh minutdan keyin, chizmaning chap tomonida iqtisodiy huquqlarni besh minut ichida qancha o‘ylab topish mumkin bo‘lsa, shunchasini yozishi mumkin. So‘ngra besh minut mobaynida ular bu fikrga qarshi iloji boricha ko‘p sababni keltirishlari kerak. Ana shu vaqt oxirida ular yana besh minut mobaynida o‘z T-chizmalarini boshqa juftlik chizmalari bilan taqqoslashlari mumkin Ikki qismli kundaliklar Ikki qismli kundaliklar talabalarga matn mazmunini o‘z shaxsiy tajribasi bilan chambarchas bog‘lash, o‘zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkonini beradi. Ayniqsa, talabalar qandaydir katta matnni uyda, o‘quv auditoriyasidan tashqari o‘qib chiqish topshirig‘ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir. Ikki qismli kundalik uchun talabalar yozilmagan qog‘ozning o‘rtasidan tik chiziq o‘tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Kog‘ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko‘p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg‘otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubgasolar. YOxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg‘otar. O‘ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu sitatani yozishga ularni nima narsa majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg‘otdi? SHu munosabat bilan ularda qanday savol tug‘ildi? Qisqasi, matnni o‘qirkan, talabalar vaqti-vaqti bilan to‘xtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo‘yib borishlari kerak. “Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish jarayonlarini vaqt bo'yicha bir qancha bosqichlarga (g'oyalarni generasiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta'lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta'lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. YOzma shaklida esa berilgan savolga ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligita'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta'lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: Ta'lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda -yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. “Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: Ta'lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi; Ta'lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi; 3. Ta'lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi; Fikr-g‘oyalar ma'lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi; Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi - ta'lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Kichik guruhlarda ishlash o'quvchilarning darsda faolligini ta'minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfda o'rganishga imkoni tug'ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o'rgatadi. Ushbu metod qo‘llanilganda ta'lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta'lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. CHunki ta'lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta'lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta'lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. Ta'lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi. Kichik guruhlar baholanadi. “Davra suhbati” metodi - aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta'lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish metodi orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir. bo‘yicha ta'lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir. Bu metod yordamida o'quvchilarga muayyan muammo bo'yicha to'liq axborotlar etkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni o'quvchilar ayovsiz “shturm” qiladilar va pirovard natijada mogategishlima'lumotlarniatroflicha o'rganadilar. “Bahs-munozara”muam Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosidamuhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta'lim oluvchilarning biriga topshirishiyoki ta'lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta'lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta'lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak. “Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: Ta'lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi. Ta'lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya'ni turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta'lim oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi. “ MENYU ” metodi - Yakka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib borishni xoxlagan ijodkor o'qituvchiga “Menyu” metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruh (o'quvchi) ga aniq topshiriq beriladi. Misol, “O'zbekiston fuqarolarining huquqlari” tasnifi xilma-xil. O'qituvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi. SHaxsiy huquqlar Siyosiy huquqlar Iqtisodiy huquqlar Ijtimoiy huquqlar Fuqarolarning burchlari Har bir guruh topshiriq oladi va 3 minut davomida muhokama qilishadi, so'ngra har guruhlardan bittadan vakil o'qituvchi stoliga kelishadi va tayyor “Menyu”ni olib qaytishadi. Bu uzun qirqilgan qog'ozlar - “Tillar” bo'lib, ularda xilma-xil huquq normalari bayon qilingan bo'ladi. Guruh vakili tillardan tanlab oladi va o'z guruhiga olib keladi, keyin boshqa o'quvchi shu ishni bajaradi va zaruriy materiallar yig'ilguncha bu holat davom etadi. 10 minut davomida topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu jadval qo'lda tayyorlanishi ham mumkin yoki javoblar og'zaki og'zaki ham bo'lishi mumkin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi, o'qituvchi esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab beradi. “Qarorlar shajarasi” (“qaror qabul qilish”) strategiyasi Strategiya muayyan fan asoslariga oid bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma'lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, muammo yuzasidan bildirilayotgan bir nechta xulosa orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. U avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qarorlarni yana bir bora tahlil qilish, uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Ta'limda strategiyani qo‘llash o‘rganilayotgan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish) uchun talabalar tomonidan bildirilayotgan har bir variantni tahlil qilish, maqbul va nomaqbul jihatlarini aniqlashimkoniyatini yaratadi. Unga ko‘ra mashg‘ulotlarda talabalar quyidagi chizma asosida ishlaydi (u yoki bu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadi): Strategiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, u bevosita ma'lum loyiha asosida qo‘llaniladi. Loyiha quyidagi ko‘rinishga ega:
Innovatsion metodlarni qo‘llashda talabalarning yosh, psixologik xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, dars samaradorligi yanada oshadi. Bu esa o‘qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo‘lishni taqozo etadi. XXI asr bo’sag’asida jahonda ro’y berayotgan barcha jarayonlar “inson o’lchovlari” orqali baxolanadi. Huquqiy madaniyat nazariyasi fanining metodologiya asoslarini huquqiy madaniyat masalasiga, birinchidan, insoniylik nudtai nazaridan yondashish, insonga “barcha narsalarning o’lchovi” sifatida qarash; ikkinchidan, shaxsga davlat mashinasining bir vinti sifatida qarashga asoslangan mustabid tushunchadan voz kechib, unga (shaxsga) ijtimoiy sub’ekt sifatida qarash tashqil etadi. Huquqiy madaniyat nazariyasi fanining metodlari huquqiy madaniyatni o’rganish usullaridir. Har qanday fandagi kabi, huquqiy madaniyat nazariyasida ham turli yondashuvlar, har xil qarashlar mavjud. Huquqiy madaniyat nazariyasining metodlari huquqiy madaniyatning moxiyati, turli jixatlari va xususiyatlarini, rivojlanish qonuniyatlari va prinsiplarini, uni shakllantirish va yuksaltirishni ta’min etadi. Huquqiy madaniyat nazariyasining metodlari huquqiy madaniyatning ko’p qirralari va qatlamlarini ochib berishga yordam beradi. Ular huquqiy madaniyat to’g’risidagi bilimlarni o’rganish, to’plash va umumlashtirish kalitidir. Huquqiy madaniyat nazariyasining metodlari huquqiy madaniyatni boshqa ijtimoiy xodisalar bilan uzviy aloqadorlikda, harakatda, miqdoriy va sifat o’zgarishida o’rganishni taqozo etadi. Huquqiy madaniyat real xodisa sifatida muayyan vaziyatda, muayyan vaqtda, muayyan jamiyat va davlatda mavjud deb o’rganilishi lozim. Binobarin, huquqiy madaniyatni tushunish uchun u shakllanayotgan sharoitni, mavjud bo’lgan tarixiy davrning xususiyatlarini bilmoq va e’tiborga olmoq kerak. Huquqiy madaniyat nazariyasining metodlari huquqiy madaniyat shakllanishi va rivojlanishining qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ular huquqiy madaniyatning moxiyati va vazifalariga, funksiyalari va taraqqiyoti tamoyillariga ilmiy yondashish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Huquqiy madaniyat nazariyasining metodlari (usullari)- o’zaro bog’liq bo’lgan muayyan bir tizimni tashqil qiladi. Bu tizimga quyidagi metodlarni kiritish mumkin: mantixiy metod, diyosiy metod, tarixiy metod, sotsiologik metod, sistemali metod, kibernetik metod. Albatta, huquqiy madaniyatning o’rganilayotgan jixatlariga qarab, ilmiy bilishning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin. Mantiqiy metod huquqiy madaniyatni o’rganishda odilona, to’g’ri xulosa chiqarishga imkon beradi. U ilmiy bilishning mavhum shaklidir. U huquqiy madaniyatni mantiqiy o’rganishning usul va vositalarini ifodalaydi hamda tafakkur shakllariga, mantiq qonunlariga asoslanadi. Huquqiy madaniyatni o’rganishda mantiqiy usuldan foydalanish huquqiy madaniyat bo’yicha qonun hujjatlarini qo’llashda ziddiyatlardan xoli bo’lish imkonini beradi. Qiyosiy metod turli xil guruhlarning, davlatlarning huquqiy madaniyatidagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini bilish va shu asosda huquqiy madaniyat taraqqiyoti qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod huquqiy madaniyat haqidagi tushunchalar, xodisalar va jarayonlarni o’zaro solishtirish va shu asosda ular o’rtasida mavjud bo’lgan o’xshashlik va farqlarni aniqdashdan iborat. Turli mamlakatlarning huquqiy madaniyati haqidagi qonun xujjatlari ham taqqoslab o’rganiladi. Tarixiy metod huquqiy madaniyat taraqqiyotini muayyan tarixiy izchillikda o’rganishni taqozo etadi. Ushbu metod qo’llaniladigan huquqiy madaniyat nazariyasi fanida huquqiy madaniyatning qaror topishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyotning murakkab jarayonlari bilan bog’liq holda o’rganiladi. Bunda ko’pincha kishilik jamiyatining turli davrlarida ro’y bergan voqealar, xodisalar haqida bilim olish imkonini beradigan tarixiy manbalar, qonunlar, maxsus hujjatlar, muayyan ishlarga doir sud qarorlari va boshqalarni tahlil qilish usuli qo’llaniladi. Sotsiologik metod huquqiy madaniyat darajasini anidlashda keng qo’llanilishi mumkin. Sotsiologik metod suro’vlar orqali o’rganishni, anketalar yordamida ma’lumotlar to’plashni, huquqiy statistika natijalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bu usul huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan huquqiy ta’lim- tarbiya va tadbirlarning samaradorligini aniqlashda yordam beradi. XULOSA Mamlakatimizda davlat qurilishi, siyosat, iqtisodiyot, ma’naviyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu vazifani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Bu maqsadga erishishda xalqning huquqiy jihatdan bilimli bo‘lishi, jamiyatning siyosiy faolligi, demokratik tamoyillarning kishilar ongiga teran singib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.Qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari odamlarga yetib borishi, xalqimiz islohotlarning mohiyatini teran tushunib yetishi uchun avvalo aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo‘lga qo‘yish, bu orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu jamiyatning to‘g‘ri, demokratik yo‘ldan rivojlanishi uchun zarurdir.Huquqiy ong shakllanishida va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda juda ko‘p omillar huquqiy bilimga tayanar ekan, bugungi kunda huquqiy ta’limni bir tizimga solish, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish va huquqiy ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta’sirini isbotlash asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta’sirini isbotlash asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Huquqiy ta’lim asosida o‘z huquqlari, erkinliklarini va burchlarini yaxshi bilgan kishilargina jamiyat ijtimoiy hayotining hamma sohalarida ongli ravishda mehnat qiladilar va ularning yaratuvchanlik faoliyati yuqori bo‘ladi.Huquqiy ta’lim-tarbiya demokratik huquqiy davlatning poydevori ekanligi bilan hamda O‘quvchilarning huquqiy ta’limining ilmiy-amaliy muammolari bilan belgilanadi. Huquqiy ta’lim yurtboshimiz ta’kidlaganidek, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi.Huquqiy ta’lim asosida o‘quvchilar huquqiy ongini rivojlantirish hamda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, burchlarini amaliy ta’minlash ehtiyojlari bilan bog‘liq. Demokratlashayotgan, erkinlashayotgan ijtimoiy-milliy ong sharoitida aholining ayniqsa yoshlarning mustaqil yangicha huquqiy tafakkurini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Majlisning «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi» shular jumlasidandir. Ushbu dasturning maqsadidan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy ongiga, ruhiga mustaqil va erkin tafakkurni singdirish, ularning huquqiy dunyoqarashini keskin o‘zgartirish muhim bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda huquqiy ta’limdagi o‘qitish texnologiyasi birinchi navbatda insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada ushbu yo‘nalishning o‘ziga xos jihati umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining, ya’ni huquq sohasidagi bo‘lajak mutaxassisning individualligiga, uning O‘quvchilarningiga alohida e’tibor berish, uning yosh xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil o‘rganish faoliyatiga aniq yo‘naltirishdir. Huquq fanlarini o‘qitish jarayonida ko‘pgina usullar, texnik vositalar qo‘llaniladiO‘zaro faol (interfsol) usullar jamiyat va davlat faoliyatining o‘zaro faol turlarini o‘quv maqsadlarida ko‘rsatib berish (imitatsiya)dir. Ushbu usul asosida demokratik tizimlarga xos sharoitlarda muayyan vaziyatlarni o‘ylab topish, ularni modellashtirish, ularning yechimi yuzasidan tegishli qarorlar ishlab chiqish va hal qilish yotadi. O‘quv mashg‘uloti jarayonida o‘quvchilar ishlashning jamoaviy shakli ishtirokchilariga aylanadilar va jamiyat, davlat tuzilmalari oldida turgan ijtimoiy ahamiyatli tipik muhim vazifalarni hal qiladilar. Interfsol usullar uchun tashqi shartlarga rioya etish yoki imitatsiya shakllariga rioya etish, masalan, sud majlisi, qonunchilik loyihalari munozaralarini tinglash, shuningdek, ichki mantiqni qo‘llash, murakkab vaziyat yechimlarini topish, qaror qabul qilish mexanizmiga, mantig‘iga izchil rioya etish xosdir. Ko‘rgazmali qurollar sifatida so‘zga chiqish mavzusi bilan bog‘liq har qanday vositalar - sxema, chizma, jadval, diagramma, fotorasm, videotasmalar bo‘lishi mumkin. Bu yerda «Yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi» prinsipi amal qiladi. Ko‘pincha tinglovchilar ko‘z o‘ngida so‘zga chiqish rejasi, tezislar, hujjatlar, slaydlar turishi foydali bo‘ladi. Bular esa o‘ziga xos tarzda ma’ruzachi uchun qulaylik tug‘diradi, ma’ruza matniga bog‘lanib qolishni istisno qiladi va tinglovchilar bilan muloqotni kuchaytiradi. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning samarasi sifatida shakllangan uzluksiz ta'lim tizimi muhim o'rin tutadi. Mazkur o'quv yurtlari faoliyatining bosh g'oyasi - ma'naviy axloqiy jihatdan etuk, zamonaviy bilim asoslaridan xabardor, shuningdek, muayyan kasb- hunarni puxta o'zlashtirgan, kasbiy faoliyati yo'nalishini aniq belgilab olgan kichik malakali mutaxassislarni tayorlashdan iboratdir. Ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Mazkur tadqiqot o'quv muassasalarida amalga oshirilayotgan huquqiy tarbiya samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan dastlabki ilmiy izlanishlardan biridir.Ta'lim muassasalari da huquqiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan tegishli muassasalar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi, Respublika o'quv-uslubiy Markazi, yangi turdagi o'quv muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlab beradigan hamda o'quv manbalari bilan ta'minlashga mas'ul bo'lgan etakchi pedagogika oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaz va boshqa tashkilotlar tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramay, bu sohada o'z echimini kutayotgan ayrim muammolar ham mavjud. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan omillar qatorida o'quv yurtlari huquq fani o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish ham alohida o'rin tutadi. Zero, huquqiy ta'limni texnologik yondashuv asosida olib borish bu o'quvchilarning huquqiy bilimlarni puxta o'zlashtirishlari, bu sohada muayyan ko'nikma va malakalar hosil qilishlari o'z vaqtlari va kuchlarini tejashlariga imkon beradi. Shuning uchun ham o'quv yurtlari huquq fani o'qituvchilari orasida yangi pedagogik texnologiyalarga oid bilimlarni targ'ib etishga yo'naltirilgan maxsus metodikaning ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan huquqiy tarbiya samaradorligini oshirish bo'yicha quyidagi tavsiyalarni ilgari suramiz: Ta'lim muassasalarining mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olgan holda huquqiy ta'lim samaradorligini oshirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Huquqiy tarbiyani tashkil etish sohasidagi ilg'or tajribalarni barcha talim tizimida ommalashtirish, bu sohada Respublika, viloyat, shahar, tuman hamda mintaqalar miqyosida ko'chma seminar va treninglarni o'tkazish. Respublikadagi ilmiy jurnallarda huquqiy tarbiya samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik yondashuvlar, tavsiyalar, didaktik materiallarni muntazam chop ettirishga erishish. Huquqiy tarbiyani shakllantirishda, uni takomillashtirishda oila, mahalla va ommaviy-axborot vositalari o'zlarining tarbiyaviy sohasidagi vazifalariga mas'uliyat bilan qarashlari kerak. Huquqiy ta'lim va huquqga oid tushunchalar berish va turli huquqbuzarliklar aks etgan lavhalar va jinoyatga albatta jazo muqarrar ekanligini yoshlarga tushintirish va umuman olganda huquqni yoshlarimizga yaxshi o'rgatish maqsadida "HUQUQ TV" telekanilini tashkil etish kerak. Download 173.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling