Mundarija: kirish. Bob. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni


Download 173.08 Kb.
bet6/10
Sana27.01.2023
Hajmi173.08 Kb.
#1129556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abdulla

UMUMIY QOIDALAR
Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.
Ko‘rsatilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish; barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish; aholining huquqiy savodxonligini oshirish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlash.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; demokratiyaga asoslanganlik; ijtimoiy adolat; ilmiylik; uzluksizlik; huquqiy tarbiyadagi vorislik
hamda umumiylik; huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi; huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: fuqaro, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash; aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish; yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish;
huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag‘batlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;
milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish.
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o‘zlashtirib olishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan — turli ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi. Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir:
- muayyan davlat jamiyat a’zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat va jamiyat hayoti bilan uzviy, chambarchas bog’liq ekanligini tushunib yetish;
- xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida bilish, ularga so’zsiz, qat’iy amal qilish;
- o’z xalqi, davlati o’tmishiga hurmat tuyg’usini qaror toptirish, shaxsiy manfattlaridan Respublika (Vatan) manfaatlarini ustun qo’ya bilish, xalq va Vatan ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt tinchligini himoya qilish, asrab-avaylash;
- davlat ramzlariga nisbatan cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ularning muhofazasi uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmati ekanligini anglash;
- ijtimoiy-siyosiy onglilik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;
- milliy va umuminsoniy axloq hamda huquq me’yorlarini buzilishiga nisbatan murosasiz kurashish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning a’zosi sifatida uning sha’ni, obro’-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur.
«Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi, Vatan tushunchasi ken va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir»1.
Vatanparvarlik shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
«Vatanparvarlik – o’z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan boqlagan barcha kishilrga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro’-e’tibori ham shu millat kishilar vatanparvarlik tuysusining darajasi bilan bog’liqdir»2.
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi:
1. Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
2. O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.
3. Vatan va millat tarixidan g’ururlanish.
4. YUrtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amxurlik qilish.
5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish.
6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
7. Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
8. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo’lishi.
Vatanparvar shaxs o’z vatanini uning boyliklari yoki vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o’zi uning bir bo’lagi, o’zi mansub bo’lgan millatning esa unda istiqomat qilishi uchun qadrlay olishi zarur.


Download 173.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling