Mundarija kirish bob. Istemolchilar elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etish usullari
Download 1.04 Mb.
|
Dissertatsiya001
- Bu sahifa navigatsiya:
- DISSERTATSIYA ISHI
- MUNDARIJA KIRISH
- 2-Bob. KORXONADA O’RNATILGAN ELEKTR JIHOZLARNING XOLATI VA ULARNING AVARIYA DARAJASIGA BOG’LIQLIGI KIRISH
O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKАSI OLIY VА O'RTА MАXSUS TА'LIM VАZIRLIGI “ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI’’ Qo’l yozma huquqida UO’K 621.317.2 KARIMKULOV SARDOR YUNUSJON O’G’LINING “SANOAT KORXONALARIDA ELEKTR JIHOZLARINING AVARIYALAR DARAJASINI BARTARAF ETISH EVAZIGA ENERGETIK SAMARADORLIKKA ERISHISH” (“OOO WANGDA METAL” MCHJ qo’shma korxonasi misolida) 70710901 -Energiya tejamkorligi va energoaudit. (Issiqlik energetikasi) mutaxassisligi bo’yicha Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
Toshkent 2023 “ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI’’ Mutаxаsisligi____________________________________ Kаfеdrа __________________ Ilmiy rаhbаr _________________ O’quv yili ________________ Mаgistrаnt __________________ Mavzu: “SANOAT KORXONALARIDA ELEKTR JIHOZLARINING AVARIYALAR DARAJASINI BARTARAF ETISH EVAZIGA ENERGETIK SAMARADORLIKKA ERISHISH” MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………….. 1-Bob. ISTEMOLCHILAR ELEKTR JIHOZLARINING AVARIYALAR DARAJASINI BARTARAF ETISH USULLARI Istemolchilarda avariyalar darajasini bartaraf etish hisobiga energetik samaradorlikga erishish usullari Rivojlangan mamlakatlarda energiya samaradorligiga erishish bo’yicha olib borilayotgan ishlar Sanoat korxonalarida elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etish bo’yicha ilmiy va amaliy tahlilar Elektr jihozlarining avariyalar darajasini bartaraf etishda ishga tushuruvchi va himoyalovchi va himoyalovchi elektr apparatlarning o’rni 2-Bob. KORXONADA O’RNATILGAN ELEKTR JIHOZLARNING XOLATI VA ULARNING AVARIYA DARAJASIGA BOG’LIQLIGI KIRISH Bugungi kunda dunyodagi ko'pchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun barcha turdagi resurslardan, xususan energiya, xom-ashyo va materiallardan samarali foydalanish masalasi dolzarb hisoblanadi. O'zbekiston, tabiiy resurslarga boy mamlakat sifatida energiya tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish va keng joriy etishga, energiya resurslaridan samarali foydalanishda innovatsion yondashuvlarni qo'llashga manfaatdor [1]. Resurslardan energiya samarador foydalanish tamoyili nafaqat kelajak avlod uchun energiya zahiralarini iqtisod qilish, balki mahsulotning tannarxini pasaytirish, shuningdek mahalliy korxonalarning ichki va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga qodir, bu esa o'z navbatida iqtisodiyotning o'sishiga yordam beradi. Aynan mamlakatda turg'un iqtisodiy o'sishiga erishish maqsadida, O'zbekiston Respublikasining Hukumati energiyani tejash imkoniyatlarini kengaytirish sohasida va energiya samaradorligini oshirish yo'lida faol harakat qilmoqda. “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi shunday tashabbuslardan biri hisoblanadi. Zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog‘ida raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi faoliyatning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurligini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg'i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” (PQ-4779, 10.07.2020 y.) [2]. Ushbu qarorga muofiq: 2020-yil 1-avgustdan hududiy elektr korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1MVt gacha bo'lgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan o'z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish bo'yicha tarif sotish, tarqatish va yetkazib berish xarajatlarini chegirib tashlagan holda II tarif guruhi iste'molchilari darajasida belgilanadi; - Sanoat ko'lamidagi qayta tiklanuvchi elektr manbalari (gidroelektrstansiyalardan tashqari) loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlar auksion (tanlov) orqali aniqlanadi. 2018-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha 750 kVAgacha bo'lgan quvvatda ulangan hamda qo'shimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi iste'molchilar (Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha) uchun tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi bo'yicha 1,5 baravar kamaytirilgan koeffitsiyent qo'llaniladi; - Yuridik shaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to'lov kiritish to'g'risidagi majburiy talabni 30 foizgacha kamaytirish imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda yurtimizda ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni sanoat korxonalar misolida ko’rishimiz mumkin. Ushbu sohada ko’plab loyihalar ishlab chiqilmoqda. "Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish" loyihasi 2011 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Loyihada Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasining 125 mln. AQSh doll. ekvivalentidagi va O'zbekiston tijorat banklarining imtiyozli kreditlaridan foydalanilmoqda. Buning natijasida ko'p miqdorda energiya sarflaydigan yirik korxonalarning aksariyatida mahsulot ishlab chiqarishda elektr va tabiiy gaz iste'molini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyati yaratildi. 2011 yildan buyon 30 dan ortiq sanoat korxonalari bu yo'nalishdagi imtiyozli kreditlardan foydalandi. Bugungi kunga kelib, 82 ta subloyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Subloyihalar neft va gaz, konchilik, kimyo, elektro-energetika, qurilish va qayta ishlash kabi sohalarda amalga oshirilmoqda. Ushbu subloyihalarni amalga oshirilishi natijasida yiliga 500 million kilovatt-soatdan ziyod elektr energiyasi va 187 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi. Bundan tashqari, loyihada ishtirok etayotgan korxonalar tomonidan atmosferaga yiliga 580 ming tonna CO2 chiqindisini kamaytirilishiga erishildi[3]. Ushbu loyihaning O'zbekiston Respublikasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligini hisobga olib, Jahon banki 2018 yilda qo'shimcha 200 million dollar miqdorida mablag' ajratdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 785-sonli qarorida ushbu mablag'larni ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish va energiyani tejovchi texnologiyalarni kichik va xususiy sanoat korxonalarida ham joriy etish nazarda tutilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Presidentining Fransiyaga 2018 yil oktyabr oyidagi davlat tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi va Evropa investitsion banki (EIB) o'rtasida ushbu loyihaga 100 mln. Yevro ajratilishi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. Shu munosabat bilan, 2019 yil 28 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” (2-qo‘shimcha moliyalashtirish)” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya banki mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 541-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida sanoat mahsulotlarining narxi pasayib, uning raqobatbardoshligi ortadi, bu esa o'z navbatida, sanoatning eksport salohiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Energiya samaradorligini oshirish subloyihalarini amalga oshirishning yana bir natijasi energiya manbalarini shu jumladan elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash, bu esa eksportni oshirish imkonini beradi. Natijada ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan, korxonalarning moliyaviy holati yaxshilanadi, aholining farovonligini oshirishga imkon beradi. Jahon energetiklar kengashida energiya tejamkorlik sohasidagi asosiy atama va tushunchalar ko’rib chiqilib,tasdiqlangan edi. Energetiklar kongressi energiya tejamkorlikka tegishli atama va tushunchalarni asosan olti guruhga bo’lib qarashni tavsiya etadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling